Notogʻri isteʼmol qilinganda zarar keltiradigan 7 hil mahsulot


1.Banan
Banan bilan kunni boshlash yaxshi tanlovdek koʻrinsada, uni och qoringa qabul qilish aslida quvvatni pasayishiga sabab boʻlishi mumkun. Ehtimol avvaliga tarkibidagi shakar hisobiga kuchga toʻlgandek his qilasiz, ammo birozdan soʻng charchoq va ochlikni his qilasiz.
Agar nonushtangizni banansiz tasavvur qilaolmasangiz, tarkibida foydali yogʻ boʻlgan boshqa mahsulotlar bilan, masalan yeryongʻoq moyi bilan, birga isteʼmol qiling.

2.Qahva
Koʻpchilikka malumki, uygʻonish bilanoq qahva ichish tabiiy holdek koʻrinadi, aslida esa bu butunlay befoyda. Tadqiqotlar shuni korsatadiki, ovqatdan oldin qahva ichish kofeinga sezgirlikni pasaytiradi. Uygʻonganimizdan soʻng bir soat davomida tanamiz kartizol garmonini ishlab chiqaradi. Bu jarayon tabiiy biologik ritm boʻlib uni buzmaslik juda muhim.
Shuning uchun qahva ichishni biroz kechiktirganingiz maqbul. Biroq shuni yodda tutingki,tavsiya etilgan kunlik kofein meyorga amal qilish va uyqusizlikni oldini olish uchun bu ichimlikni kechga yaqin qabul qilmaslik afzalroq.

3.Guruch
Guruchli taomlarni uzoq ish kunidan soʻng isteʼmol qilishni yoqtirsakda, bu unchalik yaxshi odat emas. Guruch tarkibida uzoq hazm boʻladigan koʻplab murakkab uglevodlar mavjud. Bunday taom bizga koʻp quvvat bagʻishlasada, guruch oʻta kaloriyaga boyligi bilan ajralib turadi va kechki ovqatga isteʼmol qilinganda ortiqcha vazn toʻplashga olib keladi. Tushlik guruch isteʼmoli uchun eng yaxshi vaqt. Tushlik vaqtida metabolizm faollashuvi natijasida organizm bunday taomni yengil hazm qiladi. Undan tashqari kuningiz samarali oʻtishi uchun kuch-quvvat zarur. Uglevodlar esa bu jarayonda eng yaxshi yordamchi!

4.Shakar
Agar siz sogʻlom ovqatlanish tarafdori boʻlsangiz sizga qayta ishlangan shakardan uzoqroq yurishni maslahat beramiz. Biz yoʻl qoʻyadigan eng katta hato-shirinliklarni ermak uchun isteʼmol qilishimizdur. Buning natijasida qondagi shakar miqdori oshib ketadi, soʻngra sezilarli darajada kamayib bizni tez charchab qolishimiz va asabiy boʻlishimizga sababchi boʻladi.
Shirinliklar bilan oʻzingizni hursand qilishning eng yaxshi yoʻli - ularni asosiy taomdan soʻng isteʼmol qilish. Shu tarzda qon tarkibidagi shakar keskin koʻtarilishini oldini olgan boʻlasiz.

5.Sut
Bazi insonlar bolaligidan kunini bir stakan sut ichib boshlashga odatlanishgan, ammo bu odat kattalarga unchalik ham togʻri kelmaydi. Sut ogʻir hazm boʻlgani uchun uni nonushtaga isteʼmol qilish va boshqa mahsulotlar bilan aralashtirish jigʻildon qaynashi va oshqazondagi ogʻriqlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Kechki payt bir stakan iliq sut uchun ayni muddao. Bu organizmni tinchlantirishga va uyquni yaxshilashga yordam beradi.

6.Olma
Olma ovqat hazm qilishni va yoʻgʻon ichak faoliyatini yaxshilaydigan kletchatka va tabiiy kislotalarga boy. Biroq olmani kechki payt isteʼmol qilinishi natijasida uni tarkibidagi kislotalar oshqozonda yigʻilib noqulaylikka olib kelishi mumkin. Chunki tunda ovqat hazm boʻlishi sekinlashadi va har qanday taom hazmi uchun odatdagidan uzoqroq vaqt talab qilinadi.
Ertalab olma uchun eng yaxshi vaqt. Chunki oshqozon ichak faoliyati yaxshilanadi.

7.Dukkakli
Dukkakli taomlar kletchatkaga boy, shuning uchun ularni kechki payt isteʼmol qilish qorin dam boʻlishi va uyqu sifatini pasayishini keltirib chiqarishi mumkin.Ushbu mahsulot tushlik uchun ayni muddao: shu tarzda barcha foydali ingredientlar oʻzlashtiriladi va siz ortiqcha ogʻirlikni his qimaysiz.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



