Charchoqdan holi boʻlishning 7 usuli

Bir kunda 8 soatdan kam uhlamaslik haqida koʻp eshitgan boʻlsangiz kerak. Uni doimiy tavsiya deb hisoblamang. Siz turli usullarni qoʻllashingizdan qatʼi nazar, agar toʻyib uhlamasangiz ular foyda bermaydi. Miriqib uhlash insonni nafaqat tetiklantiradi, balki kunduzi diqqatni jamlashga yordam beradi.

Boʻtqa – har bir inson uchun mukammal nonushta: yormadagi sekin hazm boʻluvchi uglevodlar uzoq vaqt quvvat berib turadi. Uning yoniga meva yoki yangi siqilgan sharbat (vitaminlar va kletchatkalar), yogurt yoki pishloq (oqsil) qoʻshish mumkin. Oʻzingizni uch marta ovqatlantirish vaqti bilan cheklab qoʻymang. Taom vaqtlari orasida yengil tamaddi qilib oling, ammo bu paytda shirinliklar emas, mevalar isteʼmoli foydalidir.

Namlikning yetishmasligi organizmda stressni yuzaga keltiradi. Ushbu havfni vujudga keltirmaslik uchun tarkibida kofein mavjud boʻlmagan ichimliklar: suv, sharbat, koʻk choy isteʼmol qiling.
Miya toʻqimalari suyuqlik yoʻqotishga juda taʼsirchan. Hattoki biroz chanqash ham aqliy faoliyat pasayishi, xotira yoʻqolishi va charchoqqa olib kelishi mumkin.

Ish jarayonining har bir soatida tanaffus qiling. Shu usul bilan charchoq yigʻilib qolmaydi. Yaxshisi, ushbu tannavuslarni jismoniy faoliyatga sarflang. Bu oʻrinda shunchaki aylanib yurish ham foydali.
Bilasizmi, Den Braun “Da Vinchi kodi” asarini yozayotganida har 50 daqiqada tanaffus qilgan. Shuning uchun kitobdagi boʻlimlar shunday qisqa yozilgan. Usul foyda berib, asar bestsellerga aylandi!

Ishingiz tanaffuslarsiz insonlar bilan muloqot qilishni talab qiladimi? Hamkasblar va mijozlardan ham dam olib turish zarur. Yolgʻiz qolish uchun biroz imkon toping. Bir necha mashqlar bajaring yoki qulay holatda oʻtirib, koʻzlaringizni yuming…

Derazaning tashqi tarafidagi yashil manzara yoki bogʻ charchoqni oladi, bosimni meʼyorlashtirib, yangi gʻoyalar sari ruhlantiradi. Agar ishxonangiz derazasidan qoʻshni binoning eskirgan devorlari koʻrinib tursa, oʻsimlik oʻstiring.

Ishxonani tark etib, ish muammolaridan oʻzingizni halos eting. Lazzatlanib yashang: yaqinlaringiz bilan muloqot qiling, bolalaringizning hikoyalariga eʼtiborliroq boʻlib, noodatiy taom tayyorlang. Aytganday, taom tayyorlash ham insonga orom beruvchi mashgʻulot sanaladi.

Hayot tarzingizni oʻzgartirib tursangiz, charchoq hissi yigʻilib qolmaydi. Tinchlangan holatda qiyin muammolar qarshisida turish osonroq boʻladi. Hayot goʻzal, undan zavqlanib yashash oʻz qoʻlingizda!
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



