Kir yuvish vositalari va ulardan foydalanish usuli

1. Universal kukunlarda istalgan turdagi gazlamani kir yuvish mashinasida ham, qoʻlda ham yuvish mumkin. U matodagi kir dogʻlarni va kichik gardlarni osonlik bilan ketkazadi. Shuning uchun boshqa turlardan bir pogʻona yuqori turuvchi kukunlar idishida “universal” yozuvi koʻrsatiladi.

2. Yorligʻida “bio” yozuvi mavjud boʻlgan kukunlar sous, qahva, choy, mevalar va yogʻ dogʻlarini ketkazishga ham qodir.
3. “Avtomat” – tarkibida maxsus oqartiruvchi moddalar mavjud vosita boʻlib, koʻpirtirish hususiyati boshqa turlarga nisbatan pastroq koʻrsatgichga ega. Mazkur tur asosan kir yuvish mashinalari uchun moʻljallangan. Yorqin rangdagi ipak mato va paxta gazlamalarni bunday kukunda yuvish tavsiya etilmaydi.

4. Sovuq suvda yuvish tavsiya etilayotgan kukunlarda sintetik va qalin gazlamalarni yuvish mumkin. Bordiyu siz kir yuvish mashinasidan foydalanmoqchi boʻlsangiz, suvni isitishingiz ham shart emas. Bunday kir yuvish vositalari qadoqlangan qutida suv harorati 60 darajadan oshmasligi koʻrsatilgan.

5. Fermentlar oʻz navbatida turli dogʻlarni tarqatib yuborish, ovqat va ichimliklardan hosil boʻlgan dogʻlarni yoʻqotish hususiyatiga ega. Bio qoʻshimchalar 60 darajada taʼsir qiladi, undan yuqori haroratda parchalanib ketadi.
6. Kukun va bioqoshimchalar bilan tabiiy ipak, jun, shuningdek, boshqa tabiiy tolalardan tayyorlangan barcha buyumlarni yuvish mumkin.

7. Agar siz bio qoʻshimchali kir yuvish kukuni sotib olsangiz, uni ishlatish davomida xoh mashina boʻlsin, xoh qoʻlda, albatta, rezina qoʻlqopdan foydalanish lozim. Aks holda qoʻl terisi quruqlashib, poʻst tashlashi va terida alergik muammolar kuzatilishi mumkin.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



