Dala xovlini bezash uchun gʻoyalar

Dala xovlida gulxan yoqishning oʻziga yarasha ovoragarchiligi bor, bu ishga sarflangan vaqt esa har doim ham oʻzini oqlamaydi. Bu masalani xal qilishga gulxan koʻrinishidagi gulzorni tashkil qilish yordam beradi. Bunday bezak mutlaqo xavfsiz va uni barpo etish uchun kuch-quvvat sarfini bor-yoʻgʻi bir marta talab qiladi. Bundan tashqari, qoʻlga oʻrgatilgan olov, garchi u xaqiqiy boʻlmasa ham, doimo ijobiy xis-tuygʻular ulashadi.

Gulzorning oʻrtasida yoki daraxtning tagida turgan skameyka yetarlicha shinam va qulay boʻlmasligi mumkin. Uni orqasi bilan devorga qaratib ikki tarafiga esa ikki kichkina daraxt yoki buta ekib qoʻying. Shunday qilib dam olish joyi dala xovlin-ing boshqa xududlaridan ajratilgan va ulardan farqli oʻlaroq hilvat joyda boʻladi.

Ustida joy va shirinliklar oʻrniga gul oʻsayotgan stol juda yoqimli va kutilmagan boʻlib koʻrinadi, qolaversa, bunday qaror omilkorlikdir ham. U oʻzining katta maydoni bilan maqtana olmaydigan odmigina tomorqa hududida koʻproq oʻsimliklarni joylashtirishga yordam beradi.


Koʻpincha taxta devor dala xovlining manzarasini buzadi, chunki unga yetarlicha eʼtibor berilmaydi. Uni bezab, shu bilan bir vaqtda saqlash qurilmasiga aylantirish ham mumkin.Devor taxtada yashiklar yoki unga tiralgan xolda baland stellajlarni qoʻying . Ushbu stellajlarga oʻsimliklar ekilgan tuvaklarni yoki boshqa mayda-narsalarni joylashtiring.

Bolalar dala xovlida vaqt oʻtkazishdan kattalardan-da kam boʻlmagan xolda koʻngil ochishi uchun, ularning boʻsh vaqtini samarali oʻtkazishini tashkil qilish toʻgʻrisida qaygʻurish kerak. Masalan, qoʻl ostida bor materiallardan oʻziga xos bolalar maydonchasini tashkil qilish mumkin.
Tosh yotqizilgan maydonchada yer ichiga oʻrnatilgan bir necha katta emal idishlari bolangizga bir talay ijobiy xissiyotlar ulashadi. Bolalar maydonchasi dala xovlining bezagi boʻlib qolishi uchun unda nafaqat qumdon oʻrnating, balki oʻsimliklar ham ekib chiqing.

Kirish eshigi shunday narsaki, u birinchi taasurotni yaraтadi. Birinchi taasurot esa eng kuchli taasurotdir. Ertakona eshikni oʻrnatish uchun yogʻoch eshik va bir necha toshlar kerak boʻladi. Bu tabiiy materiallarning uygʻunligi doimo yangilik va hamisha eʼtibor jalb qiladi.

Qanday dala xovlini shashliksiz tasavvur qilish mumkin ekan? Gulxan uchun joyni tayyorlash, uni keyin oʻchirish ham kabi ishlar ham anchagina vaqt olishi mumkin. Olovda taom tayyorlash jarayoniga kichik chuqur koʻrinishidagi, tosh bilan oʻrab chiqilgan maxsus tayyorlangan joy yordam beradi. Uni tayyorlash oson! Foydasi va estetik jihatlari mislsiz va shubxasizdir.

Miniatyura koʻrinishidagi landshaftlar yaratish Yapon sanʼati koʻp asrlar avval paydo boʻlgan. Bunday mini-bogʻchalar insonning emotsional xolatiga muvofiqlashtiruvchi taʼsir koʻrsatish xususiyati xozirgi kunda ham yuqori baholanadi. Bunday sanʼat asarini tayyorlash juda oson. Asos-idish, tuproq, kichkina oʻsimliklar, toshchalar, cherepitsya qoldiqchalari va ajoyib bogʻcha tayyor. Uni ayvonga qoʻyib qoʻyish yoki maysazorga qoʻyib gulzor sifatida foydalanish ham mumkin.

Moviy rangdagi dekorativ shebyonka suvni aks ettiradi. Oqqushning bosh qismi daraxtdan yasalgan, tanasi esa yerga kovlab oʻrnatilgan . Shundan soʻng uning ustiga faqat mos keladigan rangdagi oʻsimliklarni ekib chiqish qoladi. Bunday gulli suv xavzasi juda chiroyli koʻrinadi. Uni parvarish qilish esa xaqiqiy suv xavzasidan farqli oʻlaroq juda kam vaqt talab qilinadi.

Gullarni oʻstirish uchun tuvaklar va idishlar turli balandlikda, birga yigʻilgan holatda ham hududning xaqiqiy bezagi boʻlib qoladi. Turli tuvaklarni yonma yon joylashtirishdan qoʻrqmang – bunday dekorativ kompozitsiya yanada jozibali va chiroyli koʻrinadi. Biroq, bunday xolatda kompozitsiyaga bir hil oʻsimliklar ekilgani maʼqul. Shunday gulzor toʻla-toʻkis boʻlib koʻrinadi.

Qushlarning sayrashi psixoemotsional sferaga oʻzining tinchlantiruvchi taʼsiri bilan maʼlum. Qiladigan ish andakkina - dala xovlingizga sayroqi qushlarni jalb qilish. Ularga uycha tayyorlash uchun koʻp vaqt sarflamaslik maqsadida uni boʻyalgan konserva bankalaridan tayyorlang va yorugʻ rangdagi lentalar bilan daraxt shoxlariga bogʻlab qoʻying.

Koʻpincha oʻsimliklar tartibsiz koʻrinishga ega boʻladi, bu esa tomorqaning estetik jihatini pasaytiradi. Ingichka yogʻoch reykalardan kvadrat katakchalarga ega, toʻrga oʻxshash qurilma tayyorlab chiqing. Yogʻochni boʻyang yoki tegishli himoya qatlami bilan qoplang. Endi qurilmani yerga qoʻyib, katakchalarga oʻsimliklarni ekib chiqish qoldi xolos.

Bir xil kattalikdagi toshlarni topish katta mehnat talab qilmaydi. Ularni yerga shunday qoʻyish kerakki, bir biriga tutashgan joylari orasida ochiq joy qolsin. Tupрoqqa urugʻ ekib oʻsimliklar unib chiqishini kutish koldi, xolos.

Agar toʻliq tomorqa hududiga maysa ekkingiz kelmasa, uni dumaloqlar shakli ekib chiqing. Bunday maydonchalar chiroyli koʻrinishi uchun, past, deyarli bilinmaydigan toʻsiqlar bilan toʻsib qoʻying.

Argʻimchoq nafaqat kattalar, shuningdek bolalar uchun ham ijobiy xis-tuygʻular ulashadi. Uni qurilish palletasidan daraxtning mustahkam shoxlariga bogʻlab qilish ham oson.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



