Dangasalik va noshukurlikka qarshi foyda beruvchi Bernard Shoudan 18 iqtibos

1. Hayot ishlamasdan turib pulga ega boʻlish istagidagi dangasalar va boy boʻlish haqida oʻylamay turib ishlayveradigan ahmoqlardan iborat.
2. Nafra t- qoʻrqoq inson tomonidan oʻzi boshdan kechirgan qoʻrquv uchun olinadigan qasos sanaladi.
3. Biz baxtni yaratmay turib, uni ishlata olmaymiz ham.
4. Ideal er - ayolini ideal xotin deb biladigan erkakdir.
5. Yolgʻiz boʻlish va yolgʻizlikdan lazzat ola bilish - juda katta inʼom.

6. Yaqinlarga qarshi munosabatdagi eng katta gunoh - nafrat emas, loqaydlikdir. Mana buni shavfqatsizlikning choʻqqisi deya atasa boʻladi.
7. Qoʻlidan ish keladigan odamlar uni amalga oshiradi, qoʻlidan ish kelmaydiganlari esa boshqalarga aql oʻrgatadi.
8. Barcha yaxshi koʻrgan narsalaringizni qoʻlga kiritishga harakat qiling. Yoʻqsa, bor narsalarni yaxshi koʻrishingizga toʻgʻri keladi.
9. Qarish – zerikarli jarayon, ammo bu uzoq yashashning yagona usulidir.
10. Tarixdan olinishi mumkin boʻlgan yagona saboq - bu insonlarning tarixdan heya qachon dars ololmasliklari sanaladi.

11. Inson - gʻishtga oʻxshaydi, pishganda toblanib boradi.
12. Hech narsaga ishonmaydigan odam hamma narsadan qoʻrqadi.
13. Biz havoda qush kabi uchishni, suv ostida baliq kabi suzishni oʻrganib boʻldik. Endi esa faqat bir narsa qoldi - yerda odamlar kabi yashashni ham oʻrganishimiz kerak.
14. Baxtsizliklarimizning asl sababi - baxtli yoki yoʻq ekanligimizni oʻylash uchun vaqtimiz borligida.
15. Sukut - nafratning eng oliy darajadagi koʻrinishidir.

16. Xatolarni qanday toʻgʻirlash kerakligi haqida bilmasangiz, ularni boshqalarga koʻrsatmang.
17. Odatda insonlar hech qachon oʻzlariga tengishli boʻlmagan narsalarga koʻproq qiziqadilar.
18. Biror narsani oʻrganishning yagona usuli - uni amalga oshirib koʻrishdir.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



