Dasturxoningiz koʻrkiga aylanuvchi 3 super salat!

Zaruriy mahsulotlar:
• 400 gr tovuq goʻshti filesi
• 4 dona tuxum
• 1 dona anor
• 400 gr lavlagi
• 300 gr kartoshka
• 300 gr sabzi
• 1 ta qizil piyoz
• ukrop va sarimsoq
• 250 gr mayonez
• limon sharbati
• zaytun yogʻi
• tuz va murch

Qaynatilgan lavlagi hamda kartoshkaning poʻstini tozalang va qirgʻichdan oʻtkazib oling. Tuxumni qaynatib, sovigach mayda toʻgʻrang.
Tozalangan piyozni mayda kubik shaklida toʻgʻrab, ustiga limon sharbati tomizib qoʻying. Ukropni maydalang, anorni esa tozalab, donalarini ajratib oling.
Tovuq goʻshtini mayda toʻgʻrab, sarimsoqni ezib oling. Sarimsoqni qizdirilgan zaytun yogʻida qovurib olgach, ustidan goʻsht qoʻshing va 5 daqiqa qovuring. Soʻng olovdan olib, soviting-da, sarimsoqni olib tashlang.
Likop markaziga stakan joylashtirib, salatni qavat-qavat koʻrinishda joylashtirib chiqish kerak boʻladi. Haр safar mahsulotlar qavati solinganda ustidan tuz hamda murch sepib, mayonez surtishni unutmang.
Birinchi qavatga kartoshka, ikkinchisiga sabzi, uchinchisiga tovuq goʻshtidan joylashtiring. Ustidan piyoz va koʻkatni qoʻyib, tuxum solib chiqing. Undan keyingi qavatga esa lavlagini joylashtirib, salatning har bir tomonini lavlagi bilan yoping.
Salatning ustidan yaxshilab bosing va plyonka bilan oʻrab, sovutgichga 3 soatga solib qoʻying. Soʻng ehtiyotkorlik bilan stakanni olib tashlaysiz va salatning ustki qismini anor donachalari bilan bezatasiz.
Zaruriy mahsulotlar:
• 300 gr kolbasa
• 4 dona pomidor
• 2 dona bodring
• 1 oʻram suxarik
• ¾ banka joʻxori
• 2-3 oshqoshiq mayonez

Kolbasa, pomidor va bodringni somoncha shaklida toʻgʻrab chiqasiz. Har bir mahsulotni katta lagan atrofiga oz-oz miqdordan joylashtirasiz va orasida ochiq joy qoldirasiz. Ochiq qoldirilgan joyga esa mayonez solib, salatni aynan shunday holatda dasturxonga torasiz. Ushbu salatning oʻziga hosligi shundaki, u aralashtirmagan holatda dasturxonga tortiq etiladi. Mahsulotlar dasturxonning oʻzida, salatni isteʼmol qilishdan avval aralashtiriladi.
Ushbu salatni tayyorlash juda ham oson. Buning uchun roʻyxatga keltirilgan barcha masalliqlarni likop ustiga yurakli qolipni qoʻyib olgancha ketma-ket tarzda terib chiqaverasiz. Masalliqlar ketma-ketligi esa quyidagicha:
1-qavat: Kartoshka + oʻsimlik yogʻi + piyoz
2-qavat: Tuzlangan bodring
3-qavat: Qaynatilgan tovuq goʻshti
4-qavat: Qoʻziqorin
5-qavat: Yangi bodring
6-qavat: Qaynatilgan tuxum
7-qavat: Qirgʻichdan oʻtkazilgan xom sabzi
8-qavat: Qirgʻichdan oʻtkazilgan pishloq
9-qavat: Yongʻoqlar
10-qavat: Anor donalari
Diqqat: Har bir qavat orasiga mayonez surtishni unutmang.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



