Qiziqarli

Dasturxoningiz uchun eng ajoyib yeguliklar resepti

Dasturxoningiz uchun eng ajoyib yeguliklar resepti

Kerakli masalliqlar:

Korj uchun:

3 stakan un,

1 banka quyultirilgan sut,

1 dona tuxum,

1 choyqoshiqsoda.

Krem uchun:

750 ml sut,

200 gr. sariyogʻ,

1, 5 stakan shakar,

2 dona tuxum,

3-4 oshqoshiq un,

1 paket vanilin.

TAYYORLANISHI:

Korj uchunbarcha masalliqlar aralashtirilib, xamir qoriladi va u 8 boʻlakka boʻlinadi. Xamir boʻlaklari yoyilib, qizib turgan tovada pishiriladi.

Pishgan korjlar cheti bir xil kesib olinadi, qoldiqlari sepish uchun olib qoʻyiladi.

Krem tayyorlash uchun barcha masalliqlar aрalashtirilib, yaxshilab aralashtiriladi. Korjga krem surtilib, ustiga qoldiq xamir boʻlaklari sepiladi. Tort bir necha soat qoldiriladi.Yoqimli ishtaha!

Dasturxoningiz uchun eng ajoyib yeguliklar resepti

Kerakli masalliqlar:

3 dona tuxum,

0,5 choyqoshiq soda,

1 dona jele,

15 gr. jelatin,

0,5 stakan shakar upasi,

100 gr. shakar,

100 gr. un,

250 gr. qulupnay,

400 ml smetana.

TAYYORLANISHI:

Tuxum oqi sarigʻidan ajratiladi va oqiga shakar qoʻshib koʻpirtiriladi. Asta-sekin tuxum sarigʻi,soda, limon sharbati yoki sirka qoʻshiladi. Soʻng elangan un solib, aalashtirgach, qolipga quyiladi. Biskvit 180 daraja qizdirilgan gaz pechida 35 daqiqa davomida pishiriladi.

Jele oʻramida koʻrsatilgan tayyorlanadi va chuqur idishga plyonka solib, ustidan jeleni yarmi solinadi. Ustidan tozalangan va ikkiga boʻlingan qulupnaylar solinadi. Soʻng jeleni qolgan qismi solinib, biroz qotiriladi. Biskvit ikkiga boʻlinadi. Bir qismi qotgan jele ustiga joylashtiriladi va krem tayyorlanadi. Krem tayyorlash uchun smetana shakar upasi bilan koʻpirtiriladi va korj ustiga surtiladi. Krem ustidan yana qulupnayning qolgan qismi teriladi va krem surtiladi. Soʻng ikkinchi korj bilan yopiladi. Chetdan chiqib turgan plyonka bilan korj oʻraladiva 3-4 soat sovutgichga qoʻyiladi. 

Dasturxoningiz uchun eng ajoyib yeguliklar resepti

Kerakli masalliqlar:

500 ml yogʻsiz smetana,

200 gr. un,

1 oshqoshiq kakao kukuni,

200 gr. quruqsut,

250 gr. shakar,

1 choyqoshiq soda.

500 ml yogʻli smetana.

Tayyorlanishi:

Xamir tayyorlash uchun idishga smetana solinadi va ustidan shakar sepib aralashtiriladi. Soʻng soda va un solib, suyuq xamir qilinadi. Xamir ikkiga boʻlinib, bir qismiga kakao kukuni qoʻshiladi. Korjlar 180 daraja qizdirilgan gaz pechida 15-20 daqiqa davomida pishiriladi. Pishgan korjlar oʻrtasidan boʻlinadi, shunda jami 4 ta korj hosil boʻladi.

Krem tayyorlash uchun yogʻi smetana shakar bilan mikserda koʻpirtiriladi va har bir korj orasiga surtiladi. Tort usti taʼbga koʻra krem yoki yongʻoq boʻlaklari bilan bezatiladi. 

Dasturxoningiz uchun eng ajoyib yeguliklar resepti
Dasturxoningiz uchun eng ajoyib yeguliklar resepti

Kerakli masalliqlar:

4 dona tuxum,

300 gr. shakar,

1 oshqoshiq aroq,

360 gr.eritilgan sariyogʻ,

200 gr.maydalangan yongʻoq,

100 gr. shokolad qirindisi,

10 gr. vanillishakar,

150 gr. un,

2 oshqoshiq kakao,

2 banka quyultirilgan sut,

100 gr.uvalanuvchan pechenye,

200 gr. mevalar.

TAYYORLANISHI:

Tuxum mikserda koʻpirtiriladi va shakar, vanilli shakar qoʻshiladi. Soʻng qoʻshib asta-sekinlik bilan aralashtiriladi va 190 daracha qizdirilgan gaz pechida 15-20 daqiqa davomida pishiriladi. Pishgan korj uchga boʻlinadi.

Xuddi shu tariqakakao qoʻshilgan biskvit tayyorlanib, pishiriladi. Pishgan korj uchta boʻlinadi.

Krem tayyorlash uchun sariyogʻ quyultirilgan sut bilan koʻpirtiriladi. Krem korjlar orasiga(bitta oq, bitta qora qilib joylashtiriladi) surtiladi.

Tort usti taʼbga koʻra yongʻoq, shokolad qirindisi yoki maydalangan pechenye bilan bezatiladi. 

Dasturxoningiz uchun eng ajoyib yeguliklar resepti

Kerakli masalliqlar:

2 dona tuxum,

1 stakan shakar upasi,

120 gr. sariyogʻ,

2 oshqoshiq asal,

2 choyqoshiqsoda,

4 oshqoshiq olma sirka,

4 stakan un,

750 gr. smetana,

1,5 stakan shakar.

TAYYORLANSHI:

Tuxum shakar upasi bilan koʻpirtiriladi va unga asal, sariyogʻ qoʻshiladi. Soʻngra soda, sirka va un solib, xamir qoriladi. Xamir 12 qismga boʻlinadi va har bir boʻlak aylana shaklda yoyilib, 180 daraja qizdirilgan gaz pechida 5 daqiqadan pishirib olinadi. Pishgan korjlar cheti bir tekis aylana shaklda kesiladi. Chetlari tort ustiga sepish uchun uvalanadi.

 Smetana shakar bilan koʻpirtiriladi va krem tayyor! Har bir korj orasiga krem surtilib, tort teriladi. Tort kechasi bilan sovitgichda qoldiriladi. Ertalab uvoq sepiladi. Tort tayyor!

Dasturxoningiz uchun eng ajoyib yeguliklar resepti

Kerakli masalliqlar:

100 gr. qora shokolad,

2 oshqoshiq kakao kukuni,

500 gr. un,

1 oshqoshiq qavartma,

250 gr. sariyogʻ,

400 ml kefir,

300 gr. shakar,

5 dona tuxum,

500 ml qaymoq,

100 gr. shakar,

3 oshqoshiq kakao kukuni,

700 gr.shokoladli konfetlar.

TAYYORLANISHI:

Idishda un, qavartma va tuz aralashtiriladi. Sariyogʻ, shakar va tuxum koʻpirtiriladi. Soʻng unga unli aralashma solib, kefir solib, aralashtiriladi va yana bir bor koʻpirtiriladi. Xamir ikki qismga boʻlinib, bittasiga eritilgan shokolad va kakao qoʻshiladi. Korjlar 180 daraja qizdirilgan gaz pechida 30 daqiqa davomida pishiriladi. Sovigach, 2 qismga boʻlinadi.

Krem tayyorlash uchun qaymoq shakar va kakao bilan koʻpirtiriladi. Korjlar oq va qora qilib joylashtiriladi, orasiga krem surtiladi. Tort ustiga shokoladli konfetlar sepib bezatiladi. Yoqimli ishtaha!

Dasturxoningiz uchun eng ajoyib yeguliklar resepti

Kerakli masalliqlar:

2 dona tuxum,

1 stakan shakar,

2 oshqoshiq asal,

2 choyqoshiq sariyogʻ.

2 choyqoshiq soda,

3 stakan un,

600 gr. smetana.

TAYYORLANISHI:

Tuxum oqi shakar bilan koʻpirtiriladi. Asal, sariyogʻ qoʻshib, past olovga qoʻyiladi. Keyin soda, jem va un qoʻshib, xamir qilinadi. Xamir 10-12 boʻlakka boʻlinadi va yoyiladi. Xamir ustiga sanchqi urib chiqiladi. Korjlar 180 daraja qizdirilgan gaz pechida pishiriladi.

Krem uchun smetana shakar upasi bilan koʻpirtiriladi va korjlar orasiga surtiladi. Tort bir kecha qoldirilib, usti taʼbga koʻra bezatiladi. Yoqimli ishtaha!

Dasturxoningiz uchun eng ajoyib yeguliklar resepti

Kerakli masalliqlar:

1 choy qoshiq xamirturush,

1,5 stakan suv,

2 stakan un,

1 choyqoshiq tuz.

TAYYORLANISHI:

Iliq suvga xamirturush, tuz va un solib, quyuq xamir qilinadi. Idish qopqogʻi yopilib, tun boʻyi qoldiriladi. Soʻngra ziravorlar qoʻshib, 180 daraja qizdirilgan gaz pechida pishiriladi. Yoqimli ishtaha!

Dasturxoningiz uchun eng ajoyib yeguliklar resepti

Kerakli masalliqlar:

130 ml iliq suv,

240 gr. un,

1 choy qoshiq xamirturush,

4 osh qoshiq kepak,

1 choy qoshiq tuz,

50 gr. oʻsimlik yogʻi,

1 dona tuxum sarigʻi,

6 osh qoshiq kungaboqar.

TAYYORLANISHI:

Xamir tayyorlash uchun iliq suvda xamirturush boʻktiriladi. Tuz va oʻsimlik yogʻi qoʻshib aralashtiriladi. Soʻngra un solib xamir qoriladi. Xamir plyonka bilan oʻralib,iliq choyga oshishi uchun qoʻyiladi.

Xamirdan sharchalar yasab, yogʻlangan patnisga teriladi, ustiga tuxum sarigʻi surtib, oq kunjut sepiladi.

Bulochkalar 200-220 daraja qizdirilgan gaz pechida 20-25 daqiqa davomida pishiriladi. Yoqimli ishtaha!

Dasturxoningiz uchun eng ajoyib yeguliklar resepti

Kerakli masalliqlar:

100 ml sut,

100 ml suv,

120 gr. sariyogʻ,

4 dona tuxum,

130 gr. un,

1 choyqoshiq shakar,

300 gr. tvorog,

100 gr. shakar upasi,

1 dona laym mevasi,

1 chimdim tuz,

Bezak uchun bodom mevasi.

TAYYORLANISHI:

Kastryulkaga suv, sut, sariyogʻ, tuz va shakar solib aralashtiriladi va olovga qoʻyib qaynashgacha olib boriladi. Soʻngra elangan un solib aralashtirib, xamir koʻrinishiga kelgach, olovdan olinadi. Xamir tezda boshqa idishga olinadi va 1 dona koʻpirtirgan tuxum qoʻshib aralashtiriladi.

Xamir silikon qolipga solinib, 200 daracha qizdirilgan gaz pechida pishiriladi.

Tvorogli krem tayyorlash uchun blenderda xona haroratida eritilgan sariyogʻ va tvorog solib, aralashtiriladi. Boshqa idishda shakar upasi, limon sedrasi va sharbati mikserda yaxshilab koʻpirtirilib, kremga qoʻshiladi.

Keks oʻrtasidan boʻlinib, orasiga krem surtiladi va  ustiga shakar upasi sepiladi. Soʻngra bodom magʻzi sepiladi.

Yoqimli ishtaha! 

Dasturxoningiz uchun eng ajoyib yeguliklar resepti

Kerakli masalliqlar:

200 ml suv,

2 choyqoshiq xamirturush,

2 choyqoshiq shakar,

350 gr. un,

1/2 choy qoshiq tuz,

3 osh qoshiq zaytun yogʻi,

400 gr. pomidor,

2 dona sarimsoq boʻlagi,

1 dona piyoz,

300 gr. qoʻziqorin,

100 gr. pishloq,

Taʼbga koʻra murch va rayxon.

TAYYORLANISHI:

Iliq suvga xamirturush va shakar solib venchikda aralashtiriladi. 20 daqiqa dam beriladi. Soʻngra zaytun yogʻi, tuz va un solib xamir qoriladi. Xamir oshishi uchun iliq choyga 45-50 daqiqa qoʻyiladi.

Tomatli qayla tayyorlash uchun pomidorlar poʻsti archilib, mayda toʻgʻraladi. Piyoz, sarimsoq va rayxon mayda toʻgʻralib, tovadagi oʻsimlik yogʻida qovuriladi. Soʻngra pomidor boʻlaklari solinib, 15 daqiqa oʻrta olovda qovuriladi. Unga tuz vashakar qoʻshiladi.

Xamir ikkiga boʻlinib,qoʻlda aylana shaklda yoyiladi. Patnisga un sepilib, xamir joylashtiriladi. Ustiga tomatli qayla surtiladi va ustidan qirgʻichlangan pishloq sepiladi. Soʻngra yupqa qilib toʻgʻralgan qoʻziqorin boʻlaklari joylashtiriladi. Qoʻziqorin ustiga tuz, murch va boshqa quritilgan koʻkatlar sepib, 200 daraja qizdirilgan gaz pechida 15 daqiqa davomida pishiriladi. 

Dasturxoningiz uchun eng ajoyib yeguliklar resepti

Kerakli masalliqlar:

1 kg kartoshka,

400 gr. qoʻy goʻshti,

150 gr. piyoz,

150 gr. sabzi,

1 dona sarimsoq boʻlagi,

3 osh qoshiqtomat pastasi,

3 dona lavr yaprogʻi,

500 ml bulyon,

1 bogʻ koʻkat.

TAYYORLANISHI:

Goʻsht boʻlaklarga boʻlinadi, piyoz xalqasimon toʻgʻraladi. Sabzi qirgʻichlanadi. Kartoshka 4 boʻlakka boʻlinadi.

Goʻsht oʻsimlik yogʻida qovuriladi va unga piyoz, sabziva, tuz va murch qoʻshib aralashtiriladi va qopqogʻi yopilib, 7 daqiqa dimlanadi. Bulyonga tomat pastasi qoʻshiladi. Soʻngra goʻsht,kartoshka solib, past olovda 1 soat dimlanadi. Yarim soatdan soʻng sarimsoq va koʻkat qoʻshiladi.

Yoqimli ishtaha!

Dasturxoningiz uchun eng ajoyib yeguliklar resepti

Kerakli masalliqlar:

Xamir uchun:

600 gr tvorog,

4 oshqoshiq kraxmal,

6 oshqoshiq shakar,

1 choyqoshiq vanilli shakar,

150 gr. smetana,

0,5 choyqoshiq tuz,

2 dona tuxum,

4 oshqoshiq un,

0,5 choyqoshiq soda.

Nachinka uchun:

4 dona nordon olma,

2 oshqoshiq shakar.

Tayyorlanishi:

Tuxum shakar bilan koʻpirtiriladi. Keyin tvorog va smetana qoʻshib koʻpirtiriladi. Un, kraxmal, tuz, vanilin va soda qoʻshib mikserda aralashtiriladi. Olma boʻlaklarga boʻlinib, shakar sepiladi.

Xamirning yarmi yogʻlangan qolipga solinib, usti tekislanadi. Ustiga olmalar joylashtiriladi va xamirning qolgan yarmi solinadi. Pirog 180 daraja qizdirilgan gaz pechida 50 daqiqa davomida pishiriladi. Yoqimli ishtaha!

Dasturxoningiz uchun eng ajoyib yeguliklar resepti

Kerakli masalliqlar:

1 qism uchun:

6 oshqoshiq kakao,

60 ml qaynagan suv.

2 qism uchun:

200 gr. eritilgan sariyogʻ,

530 gr. mayda shakar,

4 dona tuxum,

150 gr. eritilgan qora shokolad.

3 qism uchun:

530 gr. elangan un,

1,5 choyqoshiq soda,

1,5 choyqoshiq qavartma.

4 qism uchun:

530 gr. kefir,

3 oshqoshiq oʻsimlik yogʻi,

vanilin.

TAYYORLANISHI:

Kakao stakanga solinib, ustidan qaynoq suv quyiladi. Quyuq massa hosil boʻlguncha yaxshilab aralashtiriladi.

Tuxum, shakar va sariyogʻ mikserda 8 daqiqa davomida koʻpirtiriladi. Soʻngra shakar qoʻshib yanakoʻpirtiriladi.

Shokolad suv bugʻida eritiladi. Erigan shokolad va  kakao tuxumli massa bilan aralashtirilib, koʻpirtiriladi.

Elangan unga soda, qavartma va vanilin qoʻshib aralashtiriladi.

Kefirga oʻsimlik yogʻi solinadi.

Hosil boʻlgan uchta massa aralashtirilib, koʻpirtiriladi. Xamir pishiriq qogʻozi toʻshalgan patnisga solinib, 180 daraja qizdirilgan gaz pechida pishiriladi.

Pishgan korj sovugach, piramida shaklida kesiladi. Tort orasiga tayyor krem surtiladi. Ustiga maydalangan yongʻoq sepiladi. Yoqimli ishtaha!

Dasturxoningiz uchun eng ajoyib yeguliklar resepti

Kerakli masalliqlar:

Oshirma xamir,

5 dona qaynatilgan tuxum,

100 gr. koʻk piyoz,

tuz, murch.

TAYYORLANISHI:

Tuxum va koʻk piyoz mayda toʻgʻraladi. Tuzlanadi, murchlanadi. Xamirdan kichik kulchalar yasalib, ichiga nachinka solinadi va chetlari birlashtiriladi. Pirojkalar yogʻlangan qolipga joylashtirilib, 180 daraja qizdirilgan gaz pechida 15-20 daqiqa davomida pishiriladi. Yoqimli ishtaha!

Dasturxoningiz uchun eng ajoyib yeguliklar resepti

Kerakli masalliqlar:

Korj uchun:

5 dona tuxum,

6 oshqoshiq shakar,

3 oshqoshiq tuyilgan qahva,

1 choyqoshiq qavartma,

2 oshqoshiq kraxmal,

5 oshqoshiq un.

Krem uchun:

500 gr. tvorogli pishloq,

500 gr. qaymoq,

4-5 oshqoshiq shakar,

1 paket vanilin,

Bezak uchun:

Yongʻoq.

TAYYORLANISHI:

Tuxum oqi sarigʻidan ajratiladi va sarigʻi 4 oshqoshiq shakar, kraxmal, qahva va qavartma bilan aralashtiriladi. Mikserda koʻpirtiriladi. Tuxum oqi shakar bilan koʻpirtiriladi. Soʻngra ikkala massa ehtiyotkorlik bilan aralashtiriladi. Un qoʻshib qoshiqda aralashtiriladi. Soʻngra qolipga solib, 150 daraja qizdirilgan gaz pechida 30-40 daqiqa davomida pishiriladi.

Krem tayyorlash uchun qaymoq shakar va vanilin bilan koʻpirtiriladi. Soʻng tvorogli pishloq qoʻshiladi va yana koʻpirtiriladi. Krem tayyor!

Pishgan biskvit 4 qismga boʻlinadi va damlangan shirin qahva shimdiriladi.  Soʻngra ustidan kerm surtiladi va korjlar birlashtiriladi. Krem tort usti va yonlariga surtilib, ustiga maydalangan yongʻoq sepiladi. Yoqimli ishtaha!

Dasturxoningiz uchun eng ajoyib yeguliklar resepti

Kerakli masalliqlar:

250 gr. un,

110 gr. sariyogʻ,

1 dona tuxum,

50 gr. shakar upasi,

2 qoshiq suv.

Tayyorlanishi:

Un sariyogʻ bilan uvalanadi. Tuxum shakar upasi bilan koʻpirtiriladi va suv qoʻshiladi. Soʻngra ikkala massa qoʻshilib, xamir qoriladi. Xamir 30 daqiqa sovutigichga qoʻyiladi.

Nachinka uchun olma kichik boʻlaklarga boʻlinadi va shakar, sariyogʻ qoʻshib tovada qovuriladi.

Sepish uchun 20gr. un 20 gr. shakar va 20 gr. sariyogʻ aralashtiriladi.

Xamir 0,5 sm qalinlikda yoyilib, ustiga olmali nachinka solinadi va chetlaridan 1,56 sm qoldiriladi.Xamir chetlari  birlashtirilib, ustiga uvoq sepiladi.

Pirog 180 daraja qizdirilgan gaz pechida 20-25 daqiqa davomida pishiriladi. Yoqimli ishtaha! 

Dasturxoningiz uchun eng ajoyib yeguliklar resepti

Kerakli masalliqlar:

Xamir uchun:

300 gr. smetana,

3 dona tuxum,

200 gr. shakar,

250 gr. un,

2 dona olma,

100 gr. mayiz,

50 gr. sariyogʻ,

1 choyqoshiq qavartma,

1 paket vanilli shakar,

tolqon.

TAYYORLANISHI:

Tuxum shakar bilan koʻpirtiriladi.soʻng unga eritilgan sariyogʻ va smetana qoʻshilib, yana koʻpirtiriladi. Keyin vanilin, un va qavartma qoʻshilib, yaxshilab aralashtiriladi. Olmalar yuvilib, poʻsti archiladi va urugʻlaridan tozalanib, boʻlaklarga boʻlinadi. Mayiz yuvilib,quritiladi. Qolip yogʻlanib, tolqon sepiladi va xamirning yarmi solinadi.

Xamir ustigaolma va mayiz joylashtiriladi. Soʻngra xamirning ikkinchi yarmi quyiladi.

Pirog 180 daraja qizdirilgan gaz pechida 20 daqiqa davomida pishiriladi.

Pirog ustiga sepish uchun uvoq tayyorlanadi. Buning uchun 20 gr. sariyogʻ va 3-4 qoshiq unuvalanib, unga 3 oshqoshiq shakar qoʻshib aralashtiriladi. Keyin uni pirog ustiga sepib, patnis yana 20 daqiqa gaz pechiga qoʻyiladi.

Yoqimli ishtaha!

Dasturxoningiz uchun eng ajoyib yeguliklar resepti
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar