Dayving haqida qiziqarli maʼlumotlar

Bugun biz har yili tobora ommalashib borayotgan suv ostiga shoʻngʻish - dayving haqida suhbatlashamiz. Dayving – bu suv ostiga shoʻngʻishning maxsus turi boʻlib, uning ostida odam nafas olish uskunasi – akvalangdan foydalanadi. Maʼlumki, sayyoramizning 2/3 qismi suv bilan qamrab olingan, demak bu ajoyib va hayratlanarli dunyoni oʻrganish uchun koʻplab imkoniyatlar mavjud. Dayving har bir odamga oʻzini sarguzasht ishqibozi sifatida his qilish imkonini beradi.

1.Suvga shoʻngʻigan dayverchilar tovush manbalarini aniqlay olmaydilar. Buning sababi, suvdagi tovushlarning tezligi quruqlikdagiga qaraganda taxminan 5 marta tezroq. Shuning uchun ham dayverchi har tomondan ovozni darhol eshitadi, lekin bu tovush qayerdan kelganini ilgʻay oʻlmaydi.

2. Odamlar koʻp yillar davomida suvga shoʻngʻimoqdalar. Eng uzoq shoʻngʻish 1992 yilda Richard Presli tomonidan amalga oshirilgan. U maxsus suv osti transport vositasi yordamida 69 kun davomida suv ostida qolishga muvaffaq boʻlgan.

3. Eng chuqur suvga choʻmish masalasiga kelsak, u 2005 yilda Paskal Bernabe tomonidan amalga oshirilgan. Bu dayverchi 330 metr chuqurlikka tusha olgan. Qiziqarli fakt! Dastlab Paskal 230 metr chuqurlikka tushishni moʻljallagan, ammo xavfsizlik arqoni tasodifan choʻzilgan. Bunday chuqurlikka shoʻngʻish atigi 10 daqiqa davom etdi. Ammo tashqariga qaytish safari dekompressiya bilan birga 8,5 soatga bordi.

4. Aslida, har qanday havaskorda 130 metr chuqurlikka shoʻngʻish imkoniyati mavjud, ammo endi shoʻngʻishni boshlayotganlar uchun bunday chuqurlikka tushish tavsiya etilmaydi. 40 metrdan chuqurga shoʻngʻimagan afzal. 30 metrdan chuqurroqqa shoʻngʻigan odamda turli xil gazlardan zaharlanish xavfi bor, shuning uchun 30-40 metr bilan cheklangan kifoya.

5. Dayverlarning shoʻngʻishlari uchun qulay boʻlgan bir nechta joylar mavjud. Bu Buyuk Toʻsiq rifi, Qizil dengiz, Maldiv orollari, Malayziya, Filippin va Galapagos arxipelaglaridir.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



