Devordagi koʻzgu, koʻzgujon, aytchi...: yigit oʻz qoʻllari bilan moʻjizaviy koʻzgu yasadi

Yaqin vaqtlarga qadar bunday koʻzgu haqiqatda ham fantastika edi. Lekin, progressning rivojlanishi bilan, bu kabi koʻzguni yaratish oddiy odamning ham qoʻlidan keladi. Reddit Toothie 96 nikli foydalanuvchisi buni uddaladi. Unda yaratgan asari aks ettiruvchi yuzasida soat va sana, ob-havo bashorati va yangiliklarni koʻrsatib turadi.

Toothie96 moʻjizaviy koʻzguni, oʻz yoqtirgan qizi uchun sovgʻa sifatida, oʻz qoʻllari bilan yasagan. U koʻzguni yuragi egasi telefonga kamroq chalgʻib, ketish uchun tayyorlanishga kamroq vaqt sarflashi uchun qilgan. Barcha kerakli maʼlumotlarni, qiz endilikda koʻzgu yonida turib koʻra oladi.


Gʻoyasini amalga oshirish uchun Toothie96 qaragʻay yogʻochidan, u yerga barcha elektronika sigʻishi uchun etarli darajada chuqur boʻlgan, ramka yashadi. Soʻng, u nachinkasini tayyorlashga kirishdi. Biroq, uni qaytadan qalaylashga va joylashtirishga toʻgʻri keldi.



Maʼlumotlarni aks ettirishda muammolar yuzaga keldi. Oddiy koʻzgular nurni oʻtkazmas edilar, shuning uchun yigit maxsus ikki tomonli koʻzgu buyurtirdi. Qoʻshimcha yorugʻlik manbai sifatida u svetodiod lentani qoʻshdi.


Nachinka sifatida u Raspberry Pi kichik kompyuterini oʻrnatdi. Toothie96 ning fikriga koʻra, koʻzguni yaratishda foydalanuvchining interfeysini kodlashtirish eng qiyin bosqich boʻldi. Chunki, u avval bu ish bilan xech qachon shugʻullanmagan.
Oʻz ixtirosini yaratish uchun yigit 200 funt sterling sarfladi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



