Texnologiya

Bu yigit kimsasiz orolda - SOS signalini bir kishi Google da koʻrib qolguniga qadar - 9 yil oʻtkazdi...

Bu yigit kimsasiz orolda - SOS signalini bir kishi Google da koʻrib qolguniga qadar - 9 yil oʻtkazdi...

Ha, texnologiyalar pand berishi, hamda sizning hayotingizni saqlab ham qolishi mumkin. Shunday qilib, Adam Djons kimsasiz orolda uzoq toʻqqiz yilni oʻtkazdi. U u yerda halok boʻlishi yoki aqldan ozishi mumkin edi, lekin uni zamonaviy texnologiya - Google Earth - qutqarib qoldi. 

Bu yigit kimsasiz orolda - SOS signalini bir kishi Google da koʻrib qolguniga qadar - 9 yil oʻtkazdi...

Adam boʻm - boʻsh orolga 2006 yili ikki nafar doʻstlari davrasidagi dengiz sayohati davomida tushib qolgan. Yigitlar oʻzlarining ona vatanlari Liverpuldan Gavaylargacha suzib borishga qaror qiladilar. Avvaliga hamma narsa joyida boʻlgan edi: ular oʻz yaxtalarida Atlantikani kesib oʻtdilar. Biroq, Tinch okeaniga kelib kuchli dovulga tushib qoldilar.

Uning oʻzi taʼkidlashicha: "Birinchi ikki hafta eng qiyin boʻlgan edi. Menga suv yetishmas edi. Keyin men yomgʻir suvini yigʻuvchi moslama yasadim. Bu meni oʻlimdan saqlab qoldi". 

Bu yigit kimsasiz orolda - SOS signalini bir kishi Google da koʻrib qolguniga qadar - 9 yil oʻtkazdi...

Birinchi kunlarni Adam yaxtada oʻtkazdi, keyin yigit uy yasashga qaror qildi. Unga daraxtni har kuni oʻtkir chigʻanoq bilan arralab, yiqitishiga 11 hafta kerak boʻldi.

Ozuqa bilan boʻlgan vaziyat yanada qiyin edi. Yosh yigit qurolsiz oʻzi tomonidan topilgan yovvoyi echkilarga ov uyushtira olmas edi: ular juda epchil ekan. Keyinchalik Adamga omad kulib boqdi - bitta echki butalar orasida tiqilib qolibdi. 

Bu yigit kimsasiz orolda - SOS signalini bir kishi Google da koʻrib qolguniga qadar - 9 yil oʻtkazdi...

Malakasiz ovchiga xayvonni oʻldirish qiyin va yoqimsiz boʻlgan edi. Oʻzining butun irodasini yigʻish va bu ishni qilishga toʻgʻri keldi. Oqibatda u taxminan 50 kilogram goʻshtga ega boʻldi. Ov qilish katta jismoniy urinishlarni talab qilardi.

Adam oʻzini doimo yaxshi jismoniy formada ushlab turganini aytib berdi: har kuni otjimaniya qilgan, shoxda tortingan, qirgʻoq boʻylab yugurgan va toshlar bilan oʻtirib turgan, buni qilish avvaliga qiyin boʻlgan. 

Ammo orilning yagona ongli yashovchisining ruhiy holati yaxshi emas edi. Adam zerikishdan depressiyaga tushib qolib, bu yerdan xech qachon chiqib keta olmasligini oʻylardi.

Natijada Djons,  tepada uchib oʻtadigan qanfatdir vertolyot uni koʻrib qolishi uchun, toshlar yordamida SOS  kichik yozuvini terib chiqishni anglab yetdi. Keyin u qirgʻoqni tozalab chiqdi va oʻlchamlari yanada katta boʻlgan SOS yozuvini terib chiqdi. 

Bu yigit kimsasiz orolda - SOS signalini bir kishi Google da koʻrib qolguniga qadar - 9 yil oʻtkazdi...

Qanchalar ajablanarli boʻlmasin, lekin uning rejasi ish berdi. Kunlardan bir kun u motor ovozini eshtdi va qirgʻoqqa yugurib chiqdi hamda, yaqinlashib kelayotgan samolyotni koʻrdi. Yovvoyiga paket uloqtirishdi, unda aptechka va rasiya bor edi. 9 yilda birinchi bor u odam ovozini eshitdi.

Unga Minnesotalik qandaydir oʻquvchi Google Earth xaritalarida SOS yozuvini koʻrib qolganini va hukumatga xabar berganini aytishdi. 

Adamning sabr va bardoshi hayratga soladi. Yigit taslim boʻmadi, hamma yoʻqotishlarga chidadi, ishondi va kutdi. Axir zoya ketmadi, u evaziga ega boʻldi. Biroq, har kim ham tana va ruhning bunday sinovidan oʻta olmas edi. 

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar