Disney studiyasining goʻzal malikalari


-Oppogʻoy ilk Disney malikasi boʻlgan. Shu bilan birga “Oppogʻoy va yetti gnom” filmi birinchi toʻliqmetrajli film boʻlib, ushbu janrda birinchi qadam qoʻygan;
-U hayvonlar bilan muloqot qilgan birinchi malika boʻlgan;
-Malikaning terisi tabiiy koʻrinishi uchun upa hamda makiyajning boshqa vositalarini toʻgʻridan-toʻgʻri multfilm chizilgan plyonkaga tushirganlar;
-Oppogʻoy – barcha Disney multfilmlaridagi malikalarning eng yoshi hisoblanadi. U atigi 14 yosh!

-Uning tugʻilgan kuni – 30 iyun, burji – qisqichbaqa;
-Zolushka – turmush qurib, soʻng malika boʻlgan Disneyning toʻrtta bosh qahramomlaridan biridir (Bell, Mulan va Tiana singari);
-Disney multfilmlari ichida u ikkinchi malika hisoblanadi, biroq shunga qaramay u juda mashhur va surati hamisha diqqatimiz markazida;
-“Zolushka” (“Cinderella”) ismi fransuzcha “Cendrillon” soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, “irkit” degan maʼnoni anglatadi.

-Avroraning laqabi – Yovvoyi Atirgul – Aka-uka Grimmning tillasoch sohibjamol haqidagi ertagidan olingan;
-Butun film davomida malika kuylagining rangi doimo pushti, moviy rang boʻlib, oʻzgarib turaveradi. Bunga animatorlarning toʻxtovsiz bahslari va qaysi rang malikaga koʻproq mos kelishi haqida bir toʻxtamga kela olmaganliklari sababdir;
-Lotin tilida uning ismi “quyosh nuri” yoki “tong” maʼnosini anglatadi;
-Avrora – Disney multfilmlaridagi yagona mallasoch malikadir. Rapuntsel va Elzachi demoqchimisiz? Ular hisobga kirmaydilar – ularning sochi sehr va jodu tufayli shunday tusga kirgan va umuman olganda Elza – qirolicha, malika emas;
-Avroraning koʻzlari binafsha rang. Keyinchalik animatorlar shunday tusli koʻzlarni “Gerkules” dagi Megga ham ravo koʻrishgan, ammo u malika emas-da.

- U inson tomonidan tugʻilmagan yagona malikadir;
-Yosh jihatidan u ikkinchi oʻrinda turadi, axir uning yoshi – 16 da;
-Farzandli boʻlgan yagona malikadir (Arielning qizini “Suv parisi 2: Dengizga qaytish” lentasida koʻrish mumkin);
-Ariel oilada yolgʻiz farzand boʻlmagan birinchi malikadir.

-Hamma mutfilmlarda shahzodalar malikalarni qutqarsa, Bell aksincha oʻz shahzodasini yovuz sehru-jodudan xalos etadi;
-Jasur, qoʻrqmas va mustaqil malikalar davri aynan Belldan boshlandi;
-Fransuz tilida uning ismi “sohibjamolʼ degan maʼnoni anglatadi;
-Bell – jigarrang koʻzli yagona malikadir (Pokaxontas va Mulanning koʻzlari qora, Jasminda – toʻq jigarrang.)

-Kambagʻal yigitga turmushga chiqqan yagona malika;
-Jasmin – filmdagi yovuz qahramonga boʻsa ato etgan yagona malika;
-Kuylak kiymagan birinchi malika (ikkinchisi Mulan boʻlgan);
-Ikkinchi darajali qahramon hisoblangan yagona malika.

-Etnik kiyim kiygan yagona malika;
-Tatuirovkasi (badanga naqsh bilan chizish) boʻlgan yagona malika;
-Ertak emas, hayotiy voqealarga asoslangan birinchi obraz (ikkinchisi Mulan boʻlgan);
-Rivoyatlarda aytilishicha, Pokaxontasning asl ismi Matoaka boʻlib, Pokaxontas uning familiyasidir.

-Haqiqiy boʻlmagan yagona malikadir;
-Filmda Mulan sochlarini bekorga kesmaydi: Xitoyda bu belgi sharmandalik va oiladan haydalishni bildiradi;
-Erkak kʼorinishi tagida berkingan yagona malikadir;
-Filmda yovuz qahramonni yenggan birinchi malika;
-Xitoy tilida uning ismi “gullayotgan magnoliya” maʼnosini anglatadi.

-Disney malikalari ichida joduga ega boʻlgan yagona malika;
-Yashil koʻzli yagona malika;
-Rapuntsel sochining uzunligi – 70 fut (21 metr) ga teng;
-Qalligʻini sevib qolishdan avval bir necha marta urgan yagona malika.

-Butun film jarayonida Merida 22 ta kiyim oʻzgartirishga ulguradi;
-Shuningdek 5 marta soch turmagini ham oʻzgartiradi;
-Sochlari jingalak boʻlgan yagona malika.

-Ishlagan yagona malika (Zolushka hisobga kirmaydi , chunki u ishi uchun maosh olmagan);
-Faqatgina Tiananing tarixi zamonaviy hayotda sodir boʻladi;
-Tiana chapaqay va kulgichlari boʻlgan yagona malika.
Mana sevimli qahramonlaringiz boʻlgan ertakdagi goʻzal malikalar haqida qiziqarli maʼlumotlarga ega boʻldingiz. Ular sizga yoqdi, degan umiddamiz.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



