Doʻstlik rishtalari bilan munosabatlarini bogʻlagan mashhur yulduzlar



Mixail Porechenkov bilan Konstantin Xabenskiy – uzoq vaqtdan beri qalin doʻstdirlar. Ular bir teatrda ishlaydilar, “Небесный суд” filmida birga suratga tushganlar. Deyarli bir vaqtning oʻzida ikkalasi oilasi bilan Sankt-Peterburgdan Moskvaga koʻchib oʻtganlar, Porechenkov esa shahar tashqarisidagi uyini Xabenskiyga muddatsiz vaqt davomida foydalanishga berib turgan. Ha, qiyin paytda suyanadigan doʻstning bori yaxshi, haqiqiy doʻstlik mana shunday vaziyatda sinaladi.


Sohibjamol aktrisalar Penelopa Krus bilan Salma Xayek “Bandit qizlar” filmining suratga olish jarayonida doʻstlashib qolganlar. Ular qalin dugonadirlar: sochlarini bir xil turmaklaydilar, bir-birlariga kulgili laqablar qoʻyadilar.Penelopaning aytishiga qaraganda, ular farzandli boʻlmagunlaricha deyarli butun boʻsh vaqtlarini birga oʻtkazganlar. Ularning oʻzaro chiqishib, bir-birlariga talpinishlariga mijozlarining oʻxshashligi sabab boʻlsa ne ajab – biri portlovchi ispancha feʼl-atvor egasi boʻlsa, yana biri oʻtkir meksikacha xarakteriga ega.


“Oushenning 11 doʻsti” filmi ustida hamkorlikda ishlaganlaridan keyin ularning doʻstlashmay qolishi mumkin emas edi. Koʻp yillar davomida aktyorlar bir-birlarini qoʻllab-quvvatlab kelmoqdalar, birga filmlarda suratga tushmoqdalar hamda doʻstliklaridan bahramand boʻlib kelmoqdalar. Bred Pitt eng yaqin doʻsti haqida shunday deydi: “U juda hushchaqchaq. Menga va atrofdagilarga quvonch ulashadi”. Moliyaviy masala boʻyicha “oralaridan qora mushuk oʻtib”, biroz san-manga borganliklariga qaramay, doʻstliklariga putur yetmadi.


Qorasoch hamda malla soch bu sohibjamollarning serialdagi doʻstliklari hayotda ham davom eta boshladi. Jenifer eng yaqin dugonasini mehribon va sadoqatli, deya taʼriflab, shunday deydi: “Tafsilotlarni aytib oʻtirmayman, ammo Kortni meni deb suvni ham, olovni ham yengib oʻtdi”.


Mett bilan Ben – koʻpchilik havas bilan qaraydigan haqiqiy doʻstlikning namunasidirlar. Ular yoshliklaridan beri tanishlar va koʻp vaqtlarini birga oʻtkazadilar. Ular qoʻshnichilikda yashaydilar, oilalari bilan bordi-keldi qiladilar va deyarli har kuni koʻrishadilar. “Aqlli Uill Xanting” ssenariysi ustida hamkorlikdagi ishlari ularni yanada jipslashtirgan koʻrinadi.


“Charli farishtalari” filmining suratga olish jarayonida tanishgan bu aktrisalarning doʻstligi hamon davom etmoqda. Yaqinda Berrimor dugonasini hazillashib “Pu Pu”, deb atashini aytib oʻtdi. Dugonalar bir-birlarini hafa qildirib qoʻymaydilar: radiodagi bir intervyu paytida Kameron dugonasi Dryu haqida berilgan beʼmani savoldan tutoqib ketib, intervyuni tashlab chiqib ketgan. Dryu shuningdek, Diasning nikoh toʻyida “kelinning dugonasi” vazifasini bajargan. Dugonalar uchun bu katta ishonchni bildiradi.


Bu aktyorlar ham uzoq yillardan beri qalin doʻst boʻlib kelmoqdalar. Birga ulfatchilik qilishni yoki birgalikda tennis musobaqasini tomosha qilishni xush koʻradilar. Boshqa yulduzlarga oʻxshab, ularni birlashtirib turadigan biror film yoʻq, shuning uchun ham ular birgalikda komediya yoki jangari janridagi filmda suratga tushishni orzu qiladilar. Batlerning soʻzlariga koʻra, munosabatlarni biroz chayqatib olish maqsadida, ular jangari filmda raqiblarni oʻynagan boʻlardilar.


Mashhur aktrisalarga aylanishdan oldin, Naomi Uotts bilan Nikol Kidman Avstraliyada boʻlib oʻtayotgan kastingda doʻstlashib qolganlar. Golluvud ulduzlari boʻlgandan keyin ham aktrisalarning munosabatlari davom etdi. Dugonalar hech qachon bir-birlarini ogʻir kunda tashlab qoʻymaganlar, suvni ham, oʻtni ham birgalikda yengib oʻtganlar. Naomi Avstraliyadan AQSH ga koʻchib oʻtganida Nikol uni qoʻllab-quvvatlab turgan, Naomi ham oʻz navbatida dugonasi Tom Kruz bilan ajrashayotganida unga dalda boʻlib turgan. Ayollar doʻstlashishni bilmaydilar, degan gap notoʻgʻri ekanda!


Tobi Maguayr bilan Leonardo Di Kaprio yoshliklaridan doʻst boʻlib kelganlar. Qariyb 25 yil davomida ular bila-birlarini qoʻllab-quvvatlab kelmoqdalar. Ular birgalikda suratga tushish kerak boʻlgan loyihalarini muhokama qiladilar. Ularning doʻstlik munosabatlari muvaffaqiyat sinovlarini yengib oʻta oldi: Di Kaprio “Titanik” ning olamshumul muvaffaqiyatidan keyin hammaning yoqimtoyiga aylandi, Maguayrga esa shuhrat biroz keyin “Oʻrgimchak odam” filmi orqali keldi. Ular bir-birlari uchun qaygʻuradilar ham, bir-birlarining yutuqlaridan quvonadilar ham. Bu mashhur aktyorlar hamisha katta loyihada birga ishtirok etishni orzu qilib kelar edilar va “Buyuk Getsbi” filmida bunday imkoniyat ularga berildi. Ikkala aktyor ham basketbolga qiziqadi: birga oʻynaydilar va tomoshaga ham birgalikda boradilar.


Madonna bilan Gvinet Peltrou shunchalik yaqinlarki, bir-birlarini opa-singil, deb hisoblaydilar. Ular oʻn yildan ortiq vaqtdan beri qalin dugona boʻlib kelmoqdalar. Madonna eri Gay Rich bilan ajrashayotganda esa Gvinet dugonasini qoʻllab-quvvatlab turish uchun Nyu-Yorkka koʻchib oʻtishga qaror qildi. Qiziq, janjalkash po-yulduz bilan haqiqiy ingliz xonimini nima birlashtirib turar ekan-a? Axir, ular bir-birlari uchun jonlarini berishga ham tayyordirlar.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



