Donald Trampning 10 ta hashamatli "oʻyinchoq"lari

U shunchalik oʻz boyligiga xuruj qoʻyganki, hatto uni millioner deb aytishgani uchun sudga daʼvo qilgan. Trampning fikricha bu uning milliarderlik nufuziga "tekkan". Sizning eʼtiboringizga Amerika prezidentiga aylangan Donald Tramp boyliklarining katta boʻlmagan qismini taqdim etamiz.
Kolleksiyaga bir qancha Rolls-Roys, 2011-yilning eng qimmat Chevroleti va 1997-yilgi Lamborghinilar kiradi. Bundan tashqari 2003-yilda ishlab chiqarilgan McLaren markasidagi Mercedes-Benz SLR modeli ham eʼtiborimizni tortdi. Bu dunyodagi eng kuchli va eng tez supermashinalardan hisoblanadi. Mashina paydo boʻlganida uning narxi 445 million $dan boshlangan.

Phantom - ishlab chiqaruvchilar tomonidan eng hashamatli safar uchun oʻylab topilgan. Bu mashina zamonaviylikning barcha hashamatini oʻz ichiga olgan. Shubhasiz, uning narxi birinchi narxidan ham oshdi, bu yarim milliondan ham oshiq, degani.

Hozircha unda 3 ta vertolyot bor. Matbuotning eʼtiborini Sikorsky S-76 tortdi. Nimasi bilan? Albatta serhasham "Trump" yozuvi bilan emas, balki egasining shaxsiy dekor oʻylaridan yaralganligi bilan. Ichki tomoni 24 karat oltin bilan bezatilgan, ha bu hali hammasi boʻlmasa kerak. Shu narsa aniqki, Tramp vertolyotning takomillashishiga 750 ming dollar sarflagan.

Donaldning oʻzi Boing samolyoti uning eng "sevimli oʻyinchoq"i ekanligini va bu uning nufuzini koʻtarishini tan oldi. Hatto samolyot haqidagi rolik ham mavjud. Samolyotning ichida bir qancha yotoqxona, qabulxona, oʻyin-kulgu xonalari, oshxona va oltin rakovinali hammom bor. Donaldning aytishicha bunday samolyotga egalik qilish juda ajoyib.

Penthaus Tramp oilasi bilan koʻchib kelishga majbur boʻlgan Oq uy bilan solishtirganda "osmon va yer"kabi bir-biridan farq qiladi. Bu uyda koʻplab oltin, billur va olmoslar mavjud. Uyni qoʻriqlashning oʻziga har kuni 1 milliondan ortiq pul sarflanadi.

Bu uning eng qimmat koʻchmas mulki emas. Uning maydoni 100 ming kv. fut boʻlib, 200 million dollar turadi. Donald va Melanining nikoh toʻyi aynan shu yerda oʻtgan. Bundan tashqari u yerdagi hashamatli binolar ijaraga ham beriladi.

U faqatgina golf oʻyinining ishqibozi boʻlib qolmasdan, katta yer maydonlarini sotib olib ularni zamonaviy golf klublariga ega kurortlarga aylantirishni yoqtiradi.

Bu binoning faqatgina 300 million $ga baholangan qismigina Donaldga tegishli, qolgani uning farzandlariga. Donald binoni 1995-yilda sotib olgan va hozir egizak-minoralarning ayanchli yoʻq qilinishidan keyin Nyu-Yorkdagi eng baland inshoot hisoblanadi.

Uning shaxsiy mol-mulkiga Manhettandagi TrumpTower binosi ham kiradi. Zamonaviy bu inshoot "Betmen-3" kinosida ham suratga olingan. Hozir u yerda Trumpning oilasi yashaydi. Uning narxi 370 million $ deb baholangan.

Binoning umumiy qiymati 2 milliard $ turadi, lekin Donaldga biznes-markazning 30 %i tegishli. Bu ham kam emas, albatta!

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



