Dubay shahzodasining ertaklardagidek hayoti

Zamonamiz shahzodalarning hayoti sehirli ertaklardagiga oʻxshaydi: ularda qimmatbaho yaxtalar, oʻz samolyotlari va eng qimmat avtomashinalari bor. Shunday meʼrosxoʻrlardan biri - 32 yoshlik Dubay shahzodasi Xamdan bin Muhammad bin Rashid al-Maktum boʻlib, Instagram tarmogʻidan aktiv foydalanib, oʻzining hayotidan foto surʼatlar chop etib turadi. Keling, boyligi 18 milliard dollarni tashkil etuvchi bu shahzodaning hayratga soluvchi hayotini koʻrsatuvchi fotosurʼatlarni koʻraylik.
Sheyx Xamdan Dubayda Rashidning xususiy maktabini tamomlab, Sandxerstdagi quruqlikdagi xarbiy kuchlar xarbiy oʻquv yurtida oʻqigan. Bu xarbiy oʻquv maskani Buyuk Britaniyada juda nufuzli va obroʻli boʻlib, oʻqish 3 yilni tashkil etadi. Bundan tashqari, shahzoda London iqtisod kolledji va Dubay administrativ boshqaruv kolledjida tahsol olgan.

Dubay hokimining etti oʻgʻli orasida eng yorqini, otasi kabi sher yozadi. Uning sherlari asosan romantik, patriotik va oʻz oilasi toʻgʻrisida. U sherlarini Fazza, tezlik va xar ishda omadni anglatuvchi, tahallusi ostida chop etadi.

Sheyx Xamdan Dubay shahar komitetining vakili, Dubay sport komiteti prezidenti, Dubayning autizm tadqiqot markazi va yoshlar biznesi ligasining homiyidir.

Aʼlo hazratlari mohir chavandoz boʻlib, Osiyo Olimpiya oʻyinlarida oltin medalni qoʻlga kiritgan.


Shahzoda harakatlanishi uchun reaktiv samolyotdan to asl arab limuzinado otlargacha hamda oʻzi koʻpaytiradigan tuyalardan foydalanishi mumkin.








Shahzoda Xamdan nafaqat davlat ishlarida, shu bilan birga hayriya loyihalarida faol ishtirok etib, imkoniyati cheklangan odamlar huquqlarini himoya qiladi.





Sheyx Xamdan balandlikdan sakrash va avtomobillarga juda ishqivoz.







Shahzoda lochin ovi bilan qiziqadi. Lochin oviga Xamdan bu yili Oʻzbekistonga tashrif etgan edi.





Xamdan surʼatga olishga qiziqadi. Oʻz sahifasida koʻpincha surʼatga sifatli va toʻgʻti olish maslahatlari bilan boʻlishadi.




Shahzoda Evropaga tashrif etganida koʻpincha velosiped yordamida harakatlanadi.



Oliy hazratlari sportni juda yaxsh koʻradi. ayniqsa dayving va serfingni.



Yosh shahzoda baliq ovini ham hush koʻradi.


Dunyodagi eng baland binoning eng tepa nuqtasidan selfi.

Ukasi bilan.

Sahrodagi piknik.

Shahzodaning davlati 18 milliard dollarni tashkil etadi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



