Dunyo boʻyicha eng keng tarqalgan ismlar roʻyxati

Soʻnggi yillardagi eng mashhur ayol ismi Sofiya ekanligi koʻpchilik uchun kutilmagan yangilik boʻldi. Ular bu mashhurlik uchun hech qanday izoh berolmadilar - bunga hech qanday tashqi sabablar yoʻq edi: na shunday nomga ega mashhur shaxslar, na kitoblar yoki filmlar qahramonlari ham paydo boʻlmadi. Shunga qaramay, odatda statistikani kuzatadigan dunyoning 25 mamlakatida Sofiya eng keng tarqalgan ism hisoblandi.
Ammo yaqin10-20 yil oldin, bu ism hatto eng mashhur ismlarning oʻntaligida ham mavjud boʻlmagan. 49 mamlakatda statistikani tahlil qilgan amerikalik sotsiologning soʻzlariga koʻra, tendensiya globallashuv bilan izohlanadi. Ushbu ism turli millat va madaniyat egalari tomonidan juda oson talaffuz etilishi ham uning mashhurligiga sabab boʻlishi mumkin.

Bu ism deyarli barcha tillarda va madaniyatlarda uchraydi. U deyarli oʻz shaklini oʻzgartirmaydi - faqat ozgina yangi elementlarni oladi, lekin har doim taniqli boʻlib qolgan (Enn, Xanna,Asya, Neta). Anʼanaviy hisob-kitoblarga koʻra, dunyoda bu ism bilan ataladigan100 milliondan ziyod ayol va qiz yashaydi.

Bu musulmon insonlar orasida uchraydigan eng mashhur ismdir. Bugungi kunda Daniya, Angliya, Gollandiya va Belgiyada ham yangi tugʻilgan chaqaloqlarning koʻpchiligiga ushbu ism berilmoqda. Hisob-kitoblarga qaraydigan boʻlsak dunyo boʻylab taxminan 150 million kishi ushbu ism bilan atalgan.

Yevropaning yirik davlatlarida va umuman ingliz tilida soʻzlashadigan hududlarda eng mashhur ismlardan biri Emma sanaladi. Bu ismning biroz oʻzgartirilgan variantlari bor: bu Amaliya, Emiliya, va Irma ismlaridir.

Yunoncha "himoyachi" soʻzidan kelib chiqqan holda, Aleksandr ismi juda keng tarqalgan ismlardan biridir. Ushbu ismning ayol versiyasi ham (Aleksandra) mashhurlikda erkaklarnikidan qolishmaydi.

Djek ismi qadimgi ingliz “Djankin” ismining “davomchisi” desak adashmaymiz. Fransuzlar orasida ham yaqin oʻrtada Djekka oʻxshash “Jak” ismi keng ommalashdi.

Andreas, Andre, Andy va Antti ismlari - bularning hammasi bitta Andrey ismidan kelib chiqqan. Ushbu dadil va jasur maʼnolarini anglatuvchi nom dunyodagi eng mashhur ismlarning yuqori qatorlarini hali beri tark etmasa kerak.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



