Sayohat

Ona tili – millat xazinasi hamda dunyoda keng tarqalgan eng ommabop tillar oʻntaligi

Ona tili – millat xazinasi hamda dunyoda keng tarqalgan eng ommabop tillar oʻntaligi
Ona tili – millat xazinasi hamda dunyoda keng tarqalgan eng ommabop tillar oʻntaligi

Bundan roppa-rosa 30 yil muqaddam oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan edi. Bu oʻz davrida tom maʼnoda olamshumul voqea boʻlgan edi. Chunki, Beruniy, Ibn Sino, Al Xorazmiy, Alisher Navoiy, Amir Temur, Mirzo Ulugʻbek, Bobur Mirzo kabi buyuk siymolarni yetishtirgan xalqning tili yoʻqolish arafasiga kelib qolgan edi. Mustaqillikka ilk qadamlar tashlanayotgan davrdayoq birinchi prezidentimiz I.A. Karimov tashabbusi bilan oʻzbek tiliga davlat maqomini berish masalasi kun tartibiga qoʻyilib, bu ish amalga oshirilgan edi. Shunday qilib, 1989 yil 21 oktyabr sanasida ona tilimiz-oʻzbek tiliga davlat maqomi berildi. Bu mamlakatimiz, yurtdoshlarimiz hayotidagi unutilmas, tarixiy voqeaga aylandi. 

Oʻzbek tiliga davlat maqomining berilishi va har yili 21 oktyabrning mamlakatimizda til bayrami sifatida keng nishonlanishi ona tilimizga boʻlgan cheksiz hurmat, maʼnaviyatimizga, millatimizga boʻlgan yuksak eʼtibor namunasidir.

Til- millat qiyofasining bir boʻlagi, maʼnaviy boyligidir. Til nafaqat muomala vositasi – balki xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarsi, tarixidir. Turli xalqlarning tillariga hurmat esa oʻz navbatida oʻzaro tushunishni, muloqotlarga imkon yaratadi.

Fursatdan foydalanib, bugungi maqolamizda dunyoning eng ommabop tillari haqida ham maʼlumotlar berib oʻtamiz. Dunyoda 7000 dan ortiq tillar mavjud boʻlib, quyida shulardan eng ommaboplari haqida tanishib oʻtishingiz mumkin.

Dunyoning 53 ta mamlakatida fransuz tilida soʻzlashiladi, shulardan biri Frantsiya. 150 mln odam bu tilda soʻzlashadi. Fransuz tili koʻpgina xalqaro tashkilotlarning rasmiy tili hisoblanadi: masalan, Yevropa Ittifoqi, Xalqaro olimpiya qoʻmitasi, BMT va boshqalar.

Ona tili – millat xazinasi hamda dunyoda keng tarqalgan eng ommabop tillar oʻntaligi

Dunyoning 16 ta mamlakatida, shu jumladan Indoneziyaning oʻzida ham  Indoneziya tilida soʻzlashiladi. Bu til Sharqiy Timor – 13 ming orolchalardan iborat boʻlgan orol mamlakatda ham rasmiy til maqomiga ega.

Indoneziya tili 20-asrning boshlarida malay tili negizida shakllandi va hozirgi kunda malay tilining keng tarqalgan dialekti hisoblanadi.

Ona tili – millat xazinasi hamda dunyoda keng tarqalgan eng ommabop tillar oʻntaligi

Portugal tilida dunyoning 12 ta mamlakatida soʻzlashadilar. Shi bilan birga u Braziliyaning rasmiy tili ham hisoblanadi.

12 asrda Portugaliya Ispaniyadan mustaqil boʻlib chiqdi va dengiz yoʻllari orqali oʻz sarhadlarini kengaytira boshladi hamda Braziliya, Angola, Makao, Mozambik, Venesuela kabi mamlakatlarda oʻz mustamlakalarini oʻrnatdilar. Portugaliyaliklar shu tariqa oʻz ona tillarini dunyoda tarqalgan tillardan biriga aylantira oldilar. Portugaliya tili Evropa Ittifoqi va yana boshqa xalqaro tashkilotlarning rasmiy tillaridan biri hisoblanadi.

Ona tili – millat xazinasi hamda dunyoda keng tarqalgan eng ommabop tillar oʻntaligi

Bengaliya tili Bangladesh va Hindistonning baʼzi shtatlarida muomala vositasi hisoblanadi. Bunda Bangladesh uchun u rasmiy til hisoblansa, Hindistonda u shunchaki ommabopligi boʻyicha ikkinchi oʻrinda turadi.

Ona tili – millat xazinasi hamda dunyoda keng tarqalgan eng ommabop tillar oʻntaligi

Dunyoning 17 ta mamlakatida rus tilida soʻzlashadilar. Rus tili Rossiyaning rasmiy tili boʻlish bilan birga  Qozogʻiston, Belarus, Qirgʻiziston hamda Turkmanistonning ham rasmiy tili hisoblanadi. Rus tili shuningdek, Ukraina, Latviya va Estoniyada ham keng, sobiq Sovet Ittifoqi tarkibida kirgan boshqa davlatlarda esa kamroq tarqalgan. 

Rus tilui BMT ning oltita rasmiy tillaridan biri boʻlib, Yevropada eng keng tarqalgan til hamda dunyo boʻyicha eng keng tarqalgan slovyan tili hisoblanadi.

Ona tili – millat xazinasi hamda dunyoda keng tarqalgan eng ommabop tillar oʻntaligi

58 ta mamlakat aholisi arab tilida soʻzlashadi. Arab tilida soʻzlashuvchilarning eng koʻpi Saudiya Arabistoni, Iroq, Quvayt, Suriya, Livan, Iordaniya va Misrda yashaydilar.

 Arab tilining dunyo boʻyicha keng tarqalishining sabablaridan yana biri – bu musulmonlarning muqaddas kitobi Qurʼondir. 1974 yilda esa arab tili BMT ning oltinchi rasmiy tili, deb belgilandi.

Ona tili – millat xazinasi hamda dunyoda keng tarqalgan eng ommabop tillar oʻntaligi

Ispan tilida soʻzlashuvchi mamlakatlar soni 31 tani tashkil etadi. Ispan tili oʻrta asrlarda Ispaniyada shakllandi hamda Buyuk geografik kashfiyotlar davrida dunyo boʻylab tarqala boshladi. Ispan tili  BMT, Yevropa Ittifoqi, Janubiy Amerika millatlari Ittifoqi kabi bir qancha xalqaro tashkilotlarning rasmiy tili hisoblanadi.

Ona tili – millat xazinasi hamda dunyoda keng tarqalgan eng ommabop tillar oʻntaligi

Hindiston, Nepal, Bangladesh hamda Pokiston kabi mamlakatlarning aholisi hindi tilida soʻzlashadi. 

Koʻpchilikning taxminiga koʻra, yaqin kelajakda ushbu tilda soʻzlovchilarning soni yanayam koʻpayib, xitoy tilida soʻzlashuvchilkardan ham koʻpayib ketadi. Biroq bu shunchaki taxmin, xolos. Haqiqatga qanchalik toʻgʻri kelishini vaqt koʻrsatadi.

Ona tili – millat xazinasi hamda dunyoda keng tarqalgan eng ommabop tillar oʻntaligi

Ingliz tili dunyoning judayam koʻpgina davlatlarini qamrab olgan. 106 ta mamlakat aholisi ushbu tilda soʻzlashadi. Buyuk Britaniyada ingliz tili asosiy va rasmiy til hisoblanadi. Bundan tashqari Hindiston, Irlandiya, Yangi Zelandiya, Kanada va Filippinda oʻzlarining ona tillaridan tashqari ingliz tili ham qoʻshimcha rasmiy til hisoblanadi.

Ona tili – millat xazinasi hamda dunyoda keng tarqalgan eng ommabop tillar oʻntaligi

Xitoy tili Xitoy Xalq Respublikasi, Tayvan va Singapurning rasmiy tili hisoblanadi. Dunyo boʻyicha 1,3 mld odam shu tilda soʻzlashadi, shuning uchun u keng tarqalgan dunyo tillari roʻyxatida birinchi oʻrinni egallab turibdi.

Xitoy tili dunyodagi eng qiyin til hisoblanadi, lekin shunga qaramay u BMT ning oltita rasmiy tillari qatirodan joy olgan.  

Ona tili – millat xazinasi hamda dunyoda keng tarqalgan eng ommabop tillar oʻntaligi
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar