Qiziqarli

Dunyodagi 10 nafar eng baland haykallar

Dunyodagi 10 nafar eng baland haykallar

Yaponiyaning Ibaraki prefekturasidagi Ushikuda joylashgan Ushiku Daybutsu (Ushiku Daibutsu) dunyodagi eng baland va Buddaning bronza haykali. U 1995 yilga qurilgan. 10 metr asosi bilan 10 metr nilufargul shaklidagi platformasini hisobga olgan holda uning umumiy balandigi yer yuzasidan 120 metrni tashkil qiladi. Lift ziyoratchilarni yerdan 85 metr balandlikka, tomosha maydonchasiga eltib qoʻyadi. 

Dunyodagi 10 nafar eng baland haykallar

Sanya Xitoy Xalq Respublikasining eng kichik boʻlgan Xaynan provinsiyasida mamlakatning janubiy qirgʻogʻi boʻyida joylashgan. Sanya shahridagi Sanya-sitidan 7,5 kilometr uzoqlikda joylashgan Yalun Van – mahalliy madaniyat va istirohat bogʻi. Bubogʻning eng diqqatga sazovor joyi – balandligi 108 metrga teng Guanin haykalidir (Guanyin). Haykalning qurilishi 2005 yilda tugallangan va hozirgi paytda dunyodagi eng baland haykallardan biri boʻlib qolmoqda.

Dunyodagi 10 nafar eng baland haykallar

Balandligi 103 metrga teng haykal Xioyda joylashgan va oʻzida ikki qadimiy Xitoy imperatorlari– Xuangdi (Huangdi) bilan Yandi (Yandi) ning qiyofalarini aks ettiradi.   

Dunyodagi 10 nafar eng baland haykallar

Ona-Vatan haykali Kievda Dnepr daryosining baland oʻng qirgʻogʻida joylashgan.

Bu haykal 1981yilda Gʻalaba Kuni – 9 mayda Sovet ittifoqining oʻsha davrdagi rahbari Leonid Brejnev tomonidan ochib berilgan.

Ona-Vatan haykalining balandligi 62 metrga, tagkursisi bilan birga umumiy balandligi —102 metrga teng. 

Dunyodagi 10 nafar eng baland haykallar
Dunyodagi 10 nafar eng baland haykallar
Dunyodagi 10 nafar eng baland haykallar

“Ona-Vatan chorlaydi!” haykali — Volgograddagi Mamay qoʻrgʻonida Stalingrad jangi qahramonlari hotirasiga oʻrnatilgan yodgorlik majmuaning bastalovchi markazi hisoblanadi. Haykaltarosh Yevgeniy Viktorovich Vuchetich bilan muxandis Nikolay Vasilevich Nikitin hamkorlikda yaratgan ishi. 1967 yilda qurib bitkazilgan, balandligi 84 metrga teng. 

Dunyodagi 10 nafar eng baland haykallar

Bu haykal Xitoyning Sichuan provinsiyasidagi Leshan shahridan sharq tomonda, uch daryoning tutashgan joyida joylashgan. Haykal qurilishi 90 yil davom etgan. Haykalning balandligi — 71 metr, boshining balanligi — deyarli 15 metr, yelkasining kengligi —30 metr, qoʻl barmoqlarining uzunligi — 8 metr, oyoq barmoqlarining uzunligi — 1,6 metr, burun uzunligi — 5,5 metrga teng. U YUNESKOning Umumjahonmeros yodgorligi sifatida tan olingan. 

Dunyodagi 10 nafar eng baland haykallar

Buddaning ikki nafar ulkan haykallari (Buddha of Bamyan) - 55 va 37 metrga teng boʻlgan. Ular Kobuldan shimol tarafga 230 kilometr uzoqlidagi markaziy Afgʻonistondning Bomiyon vodiysidagi buddistlar monastirlari majmuasiga kirgan edi. Bu haykallar dunyo hamjamiyati bilan boshqa islomiy mamlakatlarning eʼtirozlariga qaramay 2001 yilda ularni “majusiylarning butlari, shuning uchun ham bu yerda ularga oʻrin yoʻq! Ularni tezroq yoʻqotib tashlash kerak” deb hisoblagan toliblar tomonidan vahshiyona tarzda portlatib yuborilgan. 

Dunyodagi 10 nafar eng baland haykallar

Xaloskor Iso-Masih haykali (Christthe Redeemer) – Iso-Masihning balandligi 32 metrga teng va ogʻirligi 1000 tonna boʻlgan ulkan haykali Rio-de-Janeyro shahri uzra Korkovado (Corcovado) togʻining 710 metr balandlikdagi choʻqqisida joylashgan.“Ar deko” usulida yaratilgan bu haykal xristianlikning kuchli timsoli boʻlishi bilan bir vaqtning oʻzida Rio-de-Janeyro shahri uchun sanamga aylanib qolgan.

Dunyodagi 10 nafar eng baland haykallar
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar