Dunyodagi eng chiroyli Yangi yil mushakbozliklari

Yangi yil arafasida biz sizlar uchun eng chiroyli bayram mushakbozliklari tanlovini yaratishga qaror qildik. Keling, dunyoning turli mamlakatlarida yilning tugashini qanday nishonlanishini birgalikda koʻrib chiqamiz.

Bu shahar zamonaviy megopolis standartidir va bu yerda hashamat uzoq vaqt oldin kundalik hayotning ajralmas qismi boʻlib qolgan. Dubay oʻzining Yangi Yil bayramini nishonlash tarzi bilan hayajonga soladi.Ushbu bayram sharafiga oʻtkaziladigan mushakbozlik hech kimni befarq qoldirmaydigan haqiqiy yorugʻlik namoyishiga aylandi.

Angliyada Rojdestvo Yangi yilga qaraganda koʻproq zavq bilan va kengroq nishonlanadi.Biroq, u yerda Yangi Yil ham juda mashhur. Yangi Yil Londonda shaharning asosiy diqqatga sazovor joylarini yoritib turadigan millionlab yorugʻ chiroqli va olovli mushakbozlik bilan nishonlandi.

AvstraliyadaYangi Yil issiq ob-havoga toʻgʻri keladi. Shu sababli, bayramni nishonlash boshqalardan tubdan farq qiladi: Santa Klauslar dengizda choʻmilishadi, shahar aholisi esa plyajlarda hursandchilik qilishadi. Biroq, qorning yoʻqligi bayram kayfiyatiga hech qanday taʼsir qilmaydi. Yangi yil mushakbozligi esa bayramga faqat yorqin ranglar qoʻshadi.

Parijda ham, London va boshqa Yevropa mamlakatlari singari, Rojdestvoga koʻproq eʼtibor beriladi. Ammo Yangi yil sharafiga ajoyib mushakbozlik oʻtkazish Frantsiyaning ajoyib qadimiy anʼanasidir. Har yili Eyfel minorasi yonida minglab chiroqlar yonadi va bir necha daqiqada shahar ertakga aylanadi.

Gonkongdagi Yangi Yil mushakbozliklari haqiqiy chiroqlar bayramidir! Mushakbozliklar shunchalik koʻpki, goʻyo ular butun shaharni rangli boʻyoqlar bilan toʻldirayotganday. Gonkong markazidan tortib chekka hududlarigacha Yangi Yil archasi singari porlaydi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



