Sayohat

Dunyodagi eng kuchli, eng tezkor va eng ogʻir samolyot haqidagi 10 ta qiziqarli maʼlumot

Dunyodagi eng kuchli, eng tezkor va eng ogʻir samolyot haqidagi 10 ta qiziqarli maʼlumot

SR-71 «Blackbird» samolyoti 1964 yilda yaratilgan boʻlib, oxirgi 15 yil ichida atigi bir necha bor havoga koʻtarildi holos. Ammo shunga qaramay, qurilma toʻgʻridan-toʻgʻri dvigatel bilan ishlaydigan dunyodagi eng tezkor samolyot boʻlib qolmoqda. Uning harakatlanish tezligi soatiga 3529,56 kilometrni tashkil qiladi. Mazkur rekord qurilma tomonidan 1976 yilda oʻrnatilgan.

Dunyodagi eng kuchli, eng tezkor va eng ogʻir samolyot haqidagi 10 ta qiziqarli maʼlumot

 

Barcha dvigatellar bilan ucha olish imkoniyati – kafolatlangan muvaffaqiyat degani emas. SR-71 «Blackbird» mazkur sinfga tegishli boʻlgan va birgina dvigatel bilan ucha oladigan sanoqli samolyotlardan biri hisoblanadi. Bundan tashqari u bitta dvigatelning oʻzi bilan parvoz qila turib ham harakatlanish tezligi boʻyicha jahon rekordini oʻrnata olgan.

Dunyodagi eng kuchli, eng tezkor va eng ogʻir samolyot haqidagi 10 ta qiziqarli maʼlumot

Samolyot yaratilganiga yarim asrdan koʻproq vaqt oʻtgan boʻlsa ham, u hamon dvigatelning tortish kuchi boʻyicha mutloq rekordchi boʻlib qolmoqda. Mazkur qurilmaning Pratt & Whitney J58 dvigatellari 34000 funtli tortish kuchini qayd eta olgan. Bu koʻrsatkich zamonaviy okean laynerlarining dvigateli natijasiga teng keladi. 

Dunyodagi eng kuchli, eng tezkor va eng ogʻir samolyot haqidagi 10 ta qiziqarli maʼlumot
Dunyodagi eng kuchli, eng tezkor va eng ogʻir samolyot haqidagi 10 ta qiziqarli maʼlumot

Yoqilgʻi bilan toʻldirilgan samolyotning ogʻirligi 77100 kilogrammga teng boʻlib, uning 46180 kilogrammli qismi yoqilgʻi vazniga toʻgʻri keladi. Qizigʻi shundaki, samolyot bak yoqilgʻi bilan toʻla boʻlgan holatlarda ucha olmaydi. Ammo qurilmani havodagi parvoz paytida shu yerning oʻzidan turib maxsus zapravkachi samolyot koʻmagida yoqilgʻi bilan toʻldirsa boʻladi.

Dunyodagi eng kuchli, eng tezkor va eng ogʻir samolyot haqidagi 10 ta qiziqarli maʼlumot

Blackbird samolyotining parvoz qilishi oʻta murakkab jarayon.Qoʻnishi esa undan ham qiyinroq. Qurilmaning yerga qoʻnib olishi  jarayoni huddi orbital shatllar qoʻnishi bilan bir hil tarzda kechadi. Tormoz berish uchun bir necha parashyutlar kerak boʻladi. Bundan tashqari Blackbird shassilariga oʻziga hos va armatura bilan qoplangan pokrishkalar ilova qilingan, ularni har 20 reysdan keyin almashtirish talab etiladi.

Dunyodagi eng kuchli, eng tezkor va eng ogʻir samolyot haqidagi 10 ta qiziqarli maʼlumot

Radiolokatsion koʻrinishning pasayishiga oid mashhur texnologiya yokioddiy qilib aytganda "stels" birinchi marta aynan mana shu samolyotda qoʻllab koʻrilgan. Aslida ushbu texnologiyani bundan avvalgi qurilmada sinab koʻrgan boʻlsalar ham, aynan Blackbird samolyoti "stels" qoʻllangan va toʻlaqonli ravishda koʻrinmaydigan holatda kelgan birinchi samolyot sifatida tarixga kirgan.

Dunyodagi eng kuchli, eng tezkor va eng ogʻir samolyot haqidagi 10 ta qiziqarli maʼlumot

 

SR-71 «Blackbird» samolyoti boshidanoq josus razvedkachi qurilma sifatida yaratilgan edi. Keyinchalik ushbu samolyot asosida dushmanlarni qoʻlga oladigan model yaratishga ham urinib koʻrganlar. Biroq uchar apparatni ommaviy tarzda ishlab chiqarish jarayoni boshlanmay qolib ketdi. Oqibatda ushbu samolyotni nafaqat harbiylar, balki NASA agentligi ham oʻz maqsadlari uchun qoʻllay boshladilar.

Dunyodagi eng kuchli, eng tezkor va eng ogʻir samolyot haqidagi 10 ta qiziqarli maʼlumot

Qizigʻi shundaki, SR-71 «Blackbird» samolyoti oʻzining sinov testlarini koʻpchilik tomonidan aslida yoʻq deya hisoblanadigan afsonaviy "51 hudud"da topshirgan ekan. Bugungi kunda esa mazkur hududni oʻzga sayyoraliklarga tegishli emas ekanligi, uni aviatsion ishlanmalarni sinab koʻrish uchun qoʻllashlari maʼlum qilingan.

Dunyodagi eng kuchli, eng tezkor va eng ogʻir samolyot haqidagi 10 ta qiziqarli maʼlumot

 

SR-71 «Blackbird» samolyotining boshqaruvini qoʻlga olish AQSh harbiy havo kuchlari tarkibidagi har bir uchuvchiga ham nasib etavermaydi. Ushbu oʻrinda daʼvogarlik qilayotgan nomzodlarga nisbatan oʻta qattiq talablar joriy qilingan. Jumladan josus samolyot uchuvchilarining harbiri 25 yoshdan 40 yoshgacha oraligʻidagi va oilali erkaklar boʻlishi lozim. 

Dunyodagi eng kuchli, eng tezkor va eng ogʻir samolyot haqidagi 10 ta qiziqarli maʼlumot

SR-71 «Blackbird» samolyoti faqatgina chiroyli koʻrinish yoki oʻz nomiga munosib boʻlishi uchun qora rangga boʻyab chiqilmagan. Ushbu samolyot rangini tanlashda ham qattiq talablarga rioya qilingan. Gap shundaki, qora rang issiqlikni yaxshi parchalaydi, bu esa samolyot fyuzelyajining qizib ketmasligiga yordam beradi.

Dunyodagi eng kuchli, eng tezkor va eng ogʻir samolyot haqidagi 10 ta qiziqarli maʼlumot
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar