Sport

Dunyodagi eng noodatiy transport vositalari

Dunyodagi eng noodatiy transport vositalari

1. Canal Taxi(Tailand). Tailandning poytaxti Bangkokdagi kanallar tarmoqlarida kezib yurganbu bahaybat va sershovqin qayiqlardan har yili minglab aholi vakillari vaturistlar foydalanadi. Bu qayiqlar mahalliy aholi uchun zarurat bilan bir vaqtning oʻzida fahrlanish vositasiboʻlsa, turistlar uchun ular ekstremal hislarga toʻlib ajoyib zavqlanish vakoʻngil ochish vositasidir. 

Dunyodagi eng noodatiy transport vositalari

2. Djonk — motor oʻrnatilgan bu anʼanaviy xitoy qayiqchalari Gonkongdagi juda ommabop xarakatlanish vositasidir. Darvoqe, yaxshilab eslab koʻrsangiz, dastlab ularni mashhur Bryus Li “Ajdahoning chiqishi” badiy filmida keng ommaga tanishtirgan. 

Dunyodagi eng noodatiy transport vositalari

3. Segvei (AQSH). Bu oʻzi muvozanatlasha oladigan elektr samokat Amerika Qoʻshma Shtatlarida juda keng tarqalgan transport vositasi. Uni 2001 yilda Din Keymen ixitiro qilgan.

Dunyodagi eng noodatiy transport vositalari

4. Giroskuter elektromotor yordamida muvozanatni saqlay olish hisobiga ishlaydigan harakatlanish vositasini aks ettiradi. Moslama oldiga va orqaga harakatlanish bilan birga bemalol burila oladi ham. 

Giroskuterlarning boshqa harakatlanish vositalaridan ustunlik tomoni boshqarishning osonligi, atrof-muhitga zararsizligi va har qanday manyovrga moslashuvchanligi. Buning ustiga tuzukkina tezlikka erisha olishi mumkin. Giroskuter zamonaviy intellektual harakatlanish vositasi. 

Dunyodagi eng noodatiy transport vositalari

5. “Amfibus” yoki avtobus-amfibiya (Gollandiya). Bu quruqlikda qanday yursa, suvda ham huddi shunday bemalol harakatlana oladigan universal transport vositasidir. Avtobus-amfibiya elliktaga yaqin yoʻlovchilarni sigʻdira oladi, va shunindekRotterdam shahrining juda ommabop diqqatga sazovor narsasidir.

Dunyodagi eng noodatiy transport vositalari

6. Avtobus-tuya (Kuba). Bu transport vositasi ustomonlik bilan avtobus va yuk mashinasi qoʻshilishi hisobiga vujudga kelgan.300 nafar odamni tashiy oladigan bunday oʻziga xos avtobus yaqindagina foydalanishdan chiqarildi. 

Dunyodagi eng noodatiy transport vositalari

7. Germaniyaning Vuppertal shahrida osma temir yoʻl 1901 yildan buyon xizmat qiladi. “Osilib turgan” poezd 13,5 kilometr yoʻlda harakatlanib kuniga chamasi 82 ming yoʻlovchilarni manzillariga yetib olishga yordam beradi. 

Dunyodagi eng noodatiy transport vositalari

8. Maglev yoki magnit yostiqchadagi poezd soatiga 431 kilometr tezlikka erisha oladi va Shanxayda Pudun (Pudong) shahrining markaziy qismidan Pudun xalkaro aeroportiga harakatlanadi. Maglev — bugungi kundagi eng tez yurar poezd. 

Dunyodagi eng noodatiy transport vositalari

9. DUKW (BuyukBritaniya) — bu turistlarga Londonning manzaralarini quruqlikdan va Temza daryosidan tomosha qilish imkonini beradigan yana bir avtobus-amfibiya. 

Dunyodagi eng noodatiy transport vositalari

10. Felyuga (felucca) — bu yogʻochdan yasalgan anʼanaviy misr yelkanli kemasi. Misrliklar felyugalardan ming yillardan beri foydalanib kelmoqda. Yelkanli kemalar Misr madaniyatining uzilmas va muhim qismi hisoblanadi. 

Dunyodagi eng noodatiy transport vositalari

11. Veloriksha (cyclo). Bu uch gʻildirakli velotaksilardan Vyetnamda, asosan poytaxti Xanoyda foydalaniladi.  Velotaksi yordamida mahalliy aholi va turistlar odamlar soni oʻta koʻp shaharda bemalol harakatlana oladilar. 

Dunyodagi eng noodatiy transport vositalari

12. Kambodjadagi bambuk temir yoʻli. Temir yoʻlda yuradigan motorli bu  gʻalati aravalar bambukdan tayyorlangan. Ular soatiga 40 kilometr tezlikda yura oladi va harakatlanishning eng tejamkor usullaridan biri. 

Dunyodagi eng noodatiy transport vositalari

13. Barco detotora (Peru). Bu oʻziga xos noyob qayiqlar “totory” — Peruda oʻsadigan qamishdan tayyorlangan va mahalliy baliqchilar bilan birga turistlar orasida judakeng ommaboplikdan foydalanadi. 

Dunyodagi eng noodatiy transport vositalari

14. Liftlar (Chili). Yogʻoch liftlar XX asrning boshida Chilidagi Valparaiso port shahrida tashrif buyurgan barcha odamlarni baland adirlarda joylashgan hududlarga olib chiqish uchun qurilgan. Hozirgi paytda bu liftlardan asosan Valparaiso manzalarini balanddan turib koʻrish istagidagi turistlar foydalanadi.

Dunyodagi eng noodatiy transport vositalari

15. Rikshalar Yaponiyada19 asrdan boshlab ishlatiladi va yapon madaniyatining uzluksiz qismi sifatida namoyon boʻladi. 

Dunyodagi eng noodatiy transport vositalari
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar