Dunyodagi eng qimmat toʻy liboslari

Ayrim toʻy koʻylaklarining narxi haddan tashqari qimmat boʻlib, misol uchun AQSHda sifatli toʻy koʻylagi harid qilish uchun eng kamida 1250 dollar sarflashga toʻgʻri keladi. Dizaynerlar tomonidan ishlab chiqariladigan yagona nusxadagi koʻylaklar qiymati esa katta shaharlar markazidagi bitta uyning narxi bilan teng boʻlishi mumkin. Odatda bu kabi qimmatbaho koʻylaklar yulduzlar va mashhur shaxslar tomonidan kiyiladi. Ushbu maqolamiz orqali dunyodagi eng qimmatbaho toʻy koʻylaklari bilan tanishishingiz mumkin.

Malika Diananing toʻy koʻylagini turli reytinglar tarkibida uchratish mumkin. U taniqli liboslar dizayneri Devidning ijodi bilan juda yaxshi tanish boʻlgan. Saroydagi zodagonlar esa Diananing uslubini oʻzlariga moslashtirish uchun qoʻldan kelgancha harakat qilganlar. Uning toʻy koʻylagi shleyfi 8 metrni tashkil etgan, libosga 1000 dan ortiq marvaridlar bilan bezak berilgan. Bundan tashqari, unda toʻrli tasmalarni ham koʻrish mumkin edi. Dizaynerlar ushbu koʻylakning unutilmas boʻlishi uchun qoʻldan kelgancha harakat qilganlar. Toʻy marosimi qirollik oilasi uchun juda qimmatga tushgan, shu sababli ham marosimni "Asr toʻyi" deya ataganlar.

Melaniya Knauss va Donald Trampning nikoh toʻylariuchun tayyorlangan koʻylak taniqli Dior brendi tomonidan yaratilgan edi. Koʻylak utsida Jon Galyanoning shaxsan oʻzi ishlagan. Ushbu libosni yaratish uchun haddan tashqari koʻp mato kerak boʻlgani aniq. Uni oq rangli shoyi matosidan tikkan boʻlsalar, ustki qismiga 1500 ta strazlar va dunyodagi eng chiroyli marvarid toshlari bilan bezak berishgan. Libosni tayyor holatga keltirish uchun dizaynerdan 550 soatlik mehnat talab qilingan. Barcha ishlar qoʻl mehnati yordamida amalga oshirilgan. Melaniyaning toʻy koʻylagi shunchalar ogʻir boʻlganki, uning yordamida harakatlanishning oʻzi katta muammoga aylangan edi.




Amal Alamuddinning nikoh libosi juftlikning shaxsiy buyurtmasiga koʻra ishlangan. 52 yoshli Jorj Kluni va uning goʻzal yori toʻyni kuz faslida oʻtkazishga qaror qilganlar, shunga qaramay Amal oʻzi uchun haqiqatan ajoyib libos tanlay olgan. Libosni yaratish uchun juda koʻp vaqt va pul sarf etilgan, jarayonning barcha bosqichlari qoʻl mehnati yordamida amalga oshirilgan. Aytishlaricha, uni tikish ishlari iyul oyida boshlangan. Koʻylak uchun 30 metr toʻr tasma va 15 metr tyul kerak boʻlgan. Libosning ustki qismiga yaltiroq strazlar va marvaridlar tikib chiqilgan. Toʻy koʻylagi haddan tashqari uzun boʻlgani esa kelinchakning bemalol harakatlanishi uchun halal bergan deyishadi. Ammo, goʻzallikning qurbonlik talab qilinishi ham unutmaslik kerak!

Keyt Middltonning nikoh libosi Aleksandr Makkuin tomonidan tikilgan boʻlib, uning ustki qismida gullar, kashtalar koʻzga tashlangan. Ushbu bezaklar Buyuk Britaniyaning timsoli hisoblanadi. Toʻy koʻylagining bichimi yetarlicha oddiy va klassik uslubda boʻlgan. Dizaynerning sharofati bilan koʻylakning shoyi tyuli koʻylakka hajm berib turgan. Aksariyat ekspertlar nikoh koʻylagining yoqa va yeng sohalari gertsoginya Greys Kelli libosiga oʻxshashini aytadilar.


Xadija Gutseriyevaning toʻy libosi maxsus buyurtma asosida fransuz chevarlari va dizaynerlari tomonidan yaratilgan. Koʻylakning yubka qismi oʻta xajmdor boʻlib, unga qimmatbaho toshlar bilan bezak berilgan. Har bir bezak koʻylakka qoʻl mehnati yordamida biriktirib qoʻyilgan. Aytish kerakki, koʻylak ustida toʻr tasmalar ham boʻlgan va ularning barchasi shaffof koʻrinishga ega sanalgan. Shleyf qismi oʻta uzun boʻlib, uni bir nechta qizlar birgalikda koʻtarib yurishgan.



Kim Kardashyanning 2014 yilda oʻtkazilgan toʻy marosimi uchun yaratilgan koʻylak Givenchy modalar uyi tomonidan ishlangan. Koʻylak toʻr bezaklaridan iborat boʻlib, orqa qismi oʻta uzun edi. Bunday noodatiy obrazni 3 metli fata toʻldirib turgan. Fatani tayyorlash ishlari bilan esa Kimning tanlagan yori Rikardoning doʻsti boʻlmish taniqli dizayner shugʻullangan.

Ushbu toʻy koʻylagi zamonamizning eng mashhur nikoh liboslaridan biri sanaladi. Vera Vong odatda kelinchaklar uchun nafis, jozibador va hashamatli toʻy koʻylaklarini yaratish bilan shugʻulalanadi. Uning aytishicha, har bir qiz oʻz toʻyida haqiqiy malikalar kabi koʻrinishda boʻlishi kerak. Tovus patlaridan yaratilgan koʻylak esa uning oʻziga xos gʻoyasi asosida amalga oshirilgan.


Ginza Tanaka tomonidan yaratilgan mazkur libos marvarid va olmoslar bilan bezatilgan. Toʻy koʻylagi oq rangli oltin va aynan shu rangdagi shoyidan ishlangan boʻlib, qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan. Barcha jarayonlar qoʻl mehnati yordamida amalga oshirilgan.

Yumi Katsura tomonidan yaratilgan oltinli koʻylakning asosiy matosi yupqa shoyi va atlas hisoblanadi. Libos yapon dizayneri tomonidan ijod etilgan boʻlib, koʻylakni shu kunga qadar biror xaridor sotib olmagan. Sababi u dunyodagi eng qimmatbaho toʻy koʻylaklarining biri sanaladi. Koʻylakka kamyob toshlar va qoʻlbola kashtalar bilan bezak berilgan. Shuningdek, libosga 1000 ta marvarid, kamyob 5 karatli olmoslar tikib chiqilgan.

Ushbu libos dunyodagi eng qimmat toʻy koʻylagi hisoblanadi va u dizayner Rene Shtrauss tomonidan yaratilgan. U bugungi kunda zamonamizning eng qimmatbaho libosi boʻlib turibdi. Loyiha ustida ishlagan Martin Kats libosni 1000 dan ortiq olmoslar bilan bezatgan.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



