Qiziqarli

Dunyodagi eng yuqoriga koʻtariluvchi Baylong lifti

Dunyodagi eng yuqoriga koʻtariluvchi Baylong lifti

Baylong lifti Xitoyda Xunan provintsiyasida joylashgan boʻlib, sayyohlarni 360 metr balandlikdagi chiroyli qoyali togʻ choʻqqilaridan birining kuzatuv maydonchasiga eltadi.

Dunyodagi eng yuqoriga koʻtariluvchi Baylong lifti

Ikki qavatli liftli vagon oʻz ichiga 50 kishini sigʻdira oladi. Ushbu majmuaga har biri 3750 kg yuk koʻtarish imkoniyatiga ega uchta lift kiradi. Lift devorlari esa, albatta, shaffofdir.

Dunyodagi eng yuqoriga koʻtariluvchi Baylong lifti

Qurilish ishlari 1999 yilda boshlangan va 2002 yilda nihoyasiga yetgan. Qurilish qiymati taxminan 18 million dollarni tashkil etdi.

Dunyodagi eng yuqoriga koʻtariluvchi Baylong lifti

YUNESKO tomonidan muhofaza qilinadigan ushbu qoʻriqlanadigan hududda liftni qurish loyihasi ekologlarning qattiq qarshiligiga duch keldi. Koʻtargich ustunlari minglab joylarda kvars qumtoshlariga oʻrnatilishi kerak edi.

Dunyodagi eng yuqoriga koʻtariluvchi Baylong lifti

Tizim zilzila sezgichlari bilan jihozlangan va bordiyu xavfli holat yuzaga kelsa, uchta lift qisqa vaqt ichida barcha sayyohlarni yuqoridan evakuatsiya qilishi kerak.

Dunyodagi eng yuqoriga koʻtariluvchi Baylong lifti

Ushbu ixtiro Ginnesning rekordlar kitobiga kabinadan ochiq koʻrinishga ega eng baland koʻtaruvchi, eng baland ikki qavatli koʻtarish kabinasi,  yoʻlovchilar uchun eng tezkor lift va eng kuchli lift sifatida kiritilgan.

Dunyodagi eng yuqoriga koʻtariluvchi Baylong lifti
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar