Dunyoning 10 nafar eng noodatiy mehmonxonalari

Oksfordning sobiq qamoqxonasi sobiq maxbuslar faqat orzu qila oladigan shoxona xayot uchun mehmonxonaga aylantirildi. Mehmonxonada tahminan 100 nafar ha-shamatlari xonalar, bir necha barlar mavjud.

Dastlabgi ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi, noyob suvosti mehmonxonasi Floridadagi Ki-Largo suvosti bogʻida joylashgan. Mehmonxonaga faqatgina 6 metr chuqurlik-dagi suv ostiga shoʻngʻibgina kirish mumkin. Ikki juftlikka moʻljallangan meh-monxonada yashash uchun barcha zarur narsalar: dush, mikrotoʻlqinli pech va so-vutgich bor.
Mehmonxona ayniqsa baliqlarga juda yoqadi. Farishta-baliqlar, toʻti baliqlar, barrakudalar va okunlar mehmonlarni illyuminator oyna orqasidan tomosha qiladilar. Mehmonlar esa dengizda istiqomat qiluvchilarning bunday eʼtiboridan faqat xursand boʻlishadi.

Bu yerda mehmonlarga Dunay daryosi boʻyidagi beton quvurning ichida tunash imkoni taklif etiladi. Diametri ikki metr va balandligi ikki yarim metr boʻlgan suv quvuri oyna va eshik bilan jihozlangan. Ichki anjomlar krovatoldi lampasi, matras, koʻrpa va uyqu qopini oʻz ichiga oladi.
Narxlari aniq belgilangan dam olish boshqa maskanlardan boshqalaridan farqli oʻlaroq bu yerda oʻzini Diogen deb xis qilish uchun har kim qancha toʻlashi kerakligini oʻzi hal qiladi.

Yorqin tabiiy voqealar ishqibozlari ushbu muz devori orqali shimol tungi yogʻdusini kuzatishlari mumkin. Shimoliy qutb xalqasi ostida joylashgan Shimoliy Finlyandiyada muz va shishadan qurilgan imoratlari juda issiq va qulay.

Ushbu ajoyib mehmonxonaning muallifi shved musavviri hisoblanadi. U Stok-golmdan juda uzoq boʻlmagan Melaren koʻlida joylashgan va koʻrinishi suv ostiga shoʻngʻish uchun qurilgan kichik bir omborxonani eslatadi. Kulbaning polidagi qopqoqli tuynukni ochib mehmon yotoqxonaga – suv ostida joylashgan, ammo suv oʻtmaydigan kameraga kirishi mumkin.

Turistlarga oldindan issiq kiyimlarni tayyorlab qoʻyishni tavsiya qilinadi, chunki Yukkasyarvida qishda harorat 35°C daraja sovuqqacha tushishi mumkin. 59 xonali mehmonxonada kinoteatr, sauna, badiiy gallereya, kichik ibodatxona va ichimliklar bari bor. Muzdan tayyorlangan matrasda uxlash tasavvur qilgandagina sovuqday koʻrinadi, chunki krovatlar bugʻu terisi bilan qoplangan, toʻshak jildi vazifasini esa uyqu qoplari bajaradi.


Matera shahridagi toʻrt yulduzli mehmonxona mexmonlari 9000 yil avval yashagan ajdodlari kabi xali hamon gʻorlarda yashashi bilan maqtanishlari mumkin. Qoya ichida oʻyib chiqarilgan sobiq otxona va ustaxonalardan endilikda badiiy gallereyaning xonalari va restoranlar sifatida foydalaniladi.
Andalusiyaning hayratga loyiq goʻshasida zaytun daraxtlari orasidagi oʻtovlar joy-lashgan. Bu yerda odamlar tongni qoʻngʻiroq bongi va qushlar sayrashi ostida, oq-shomni esa togʻlarning fusunkor koʻrinishini kuzatgan holda qarshi oladilar.

Kusko shahridagi XVI asr monastiri oʻrnida barpo etilgan mehmonxona dengiz sa-thidan 3000 metr balandlikda joylashgan. Mijozlarni togʻ kasalidan xalos qilish uchun xonalarga maxsus sistema yordamida kislorod yetkazib turiladi. Taniqli in-sonlarni joiz boʻlgan qiyinchiliklar choʻchitmadi. Mehmonxonaga tashrif buyur-ganlar ichida Leonardo Di Kaprio, Djeyn Fonda, Jizel Bundxen va boshqa yulduzlar ham bor.

Parijdan 90 daqiqali yoʻl olisligida joylashgan Bua-de-Landridagi yogʻochli uylar toʻgʻridan toʻgʻri dub daraxtlarida qurilgan va arqonli koʻpriklar hamda narvonlar tizimi bilan oʻzaro bogʻlangandir. Mijozlarni tabiat bilan yanada yaqinroq jipslash-tirish maqsadida ularga na elektr, na vodoprovod xizmatlari taqdim etiladi.
Shuni aytib oʻtish lozimki, mehmonxonani fasadi va obodonlashtirilgan hududi unga doim ham fayz kiritavermaydi. Gohida (va bu koʻpchilik hollarda) texnik taʼminlanganlik, mehmonxonaning zamonaviy jihozlari insonni aynan shu joyni tanlashga undaydi. Qanday mehmonxona tanlash va qanday sarguzashtlarni bosh-dan kechirish esa har kimning oʻz qoʻlida.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



