Foydali

Dunyoning eng baland boʻyli insonlari top 10 taligi

Dunyoning eng baland boʻyli insonlari top 10 taligi
Dunyoning eng baland boʻyli insonlari top 10 taligi

Igor 1982 yilda Vinnitsk viloyatining Bar nomli tuman markazida dunyoga kelgan, bir necha yildan keyin oila aʼzolari bilan Kiyevga koʻchib kelishgan. Igor gipofiz kasalligiga chalingan edi, shu kasallik uni gigantizmga olib keldi. U zudlik bilan davolanishi kerak edi. Shuning uchun u 7 yoshga toʻlganida, ota-onasi oilaviy AQSHga koʻchib ketishga qaror qilishdi. Shu vaqtdan beri, Igor onasi hamda akasi bilan Minnesotada joylashgan Rochester shahrida istiqomat qilishadi.

Amerikalik shifokorlar qoʻldan kelgancha yordam koʻrsatishdi: Igorni dorilar bilan davolashdi, 16 marotaba operatsiya oʻtkazishdi, va nihoyat shuning yordamida Vovkinskiyning boʻyi 235 santimetrga yetganda oʻsishdan toʻxtadi. Igor Vovkinskiy oʻzining gigant boʻyi tufayli ancha aziyat chekadi - uni beli hamda oyogʻi doimo ogʻrib yuradi.

Igor bir yilda ikki marotaba yaqinlari va doʻstlarinikoʻrgani Ukrainaga kelib turadi. Igor 2013 yilda Yevrovideniyada Zlata Ognevichning sahna chiqishida qatnashdi.

Dunyoning eng baland boʻyli insonlari top 10 taligi

Nikolay Pankratov - Rossiyada eng boʻyi baland inson hisoblanadi, uning boʻyi 235 sm teng. U 1989 yilning 17 aprelida Chelyabinsk viloyatining, Troitsk shahrida dunyoga keldi.

Nikolay Ilizarova nomli ilmiy markazda oyogʻidan operatsiya boʻldi.

Dunyoning eng baland boʻyli insonlari top 10 taligi

Tunislik Raduana Charbibaning boʻyi - 236 sm. Raduana Charbiba 1986 yilda Ras-Jbel shahrida dunyoga keldi. Yoshligida u juda ham hushmuomala bolakay boʻlgan. Lekin 12 yoshida anomal oʻsish boshlandi, shundan keyin Raduana insonlarga qoʻshilmaydigan boʻlib qoldi. U 5-sinfda maktabni tashlab qoʻydi. 22 yoshigacha basketbol bilan shugʻillandi, keyin esa tashlab qoʻydi, lekin keyinchalik bundan juda ham afsuslandi.

Raduana Charbiba "Yulduzlar Jangi" filmida rolijro etdi. Lekin afsuski Raduananing aktyorlik karyerasi davom etmadi.

Dunyoning eng baland boʻyli insonlari top 10 taligi

Sun Minmin 1983 yilning 23 avgustida Xitoyda dunyoga kelgan. Sun 15 yoshida basketboll bilan shugʻullanishni boshladi, usha paytda uning boʻyi 2 metr edi. Hozirda u Xitoy basketbol assotsiatsiyasining"Beytszin Daks" klubida ishtirok etayotgan professional basketbolist hisoblandi. Bundan tashqari bir qancha filmlarda suratga tushgan. Uning boʻyi 236 sm, ogʻirligi esa 168 kg.

Dunyoning eng baland boʻyli insonlari top 10 taligi

Bao Sishun 1951 yilda Xitoy provinsiyasida joylashgan Moʻgʻulistonda dunyoga kelgan. 2005 yildan 2007 yilgacha dunyoda hayot boʻlgan dunyoning eng boʻyi baland insoni hisoblangan. 2007 yilning 24 martida boʻyi normal boʻlgan, 28 yoshli sotuvchi ayolga uylandi.

Dunyoning eng baland boʻyli insonlari top 10 taligi

Nasir Ahmad Soomponing boʻyi 238 sm ga teng. U 1975 yili Pokistonda tugʻilgan. Basketbol boʻyicha bolalarga murabbiyli qiladi. 1999-2000 yillar davomida Tayvandagi Ginnes rekordlar Muzeyida tirik eksponat sifatida faoliyat yuritgan.

Dunyoning eng baland boʻyli insonlari top 10 taligi

Chjan Tsyuntsay - dunyodagi eng baland boʻyli odamlardan biri sanaladi. Uning boʻyi 242 smga teng. Chjan Xitoyda dehqonlar oilasida dunyoga keldi. Uning ota-onasi va yaqinlarining boʻylari normal holatda. Chjanning boʻyi 16 yoshidan boshlab kattalasha boshlagan. 1999 yili uning boshi doimiy ravishda ogʻrib yurganu uchun kasalxonaga joylashtirganlar.Chjanu bosh miyasidagi gipofiz bezi oʻsimtani olib tashlash boʻyicha jarrohlik amaliyotini boshidan oʻtkazdi, shundan keyingina uning boʻyi oʻsishdan toʻxtadi va 242 sm koʻrsatgichda qoldi.

Chjanning asosiy muammosi - bu oʻziga toʻgʻri keladidan kiyim razmerini topish.

Dunyoning eng baland boʻyli insonlari top 10 taligi

Morteza Mehrzad Selakyani - Eronning eng baland boʻyli odami hamda Paraolimpiya oʻyinlari tarixidagi eng baland boʻyli sportchi-volleybolchi. Morteza akromegaliya kasalligidan aziyat chekadi, uning boʻyi 246 smni tashkil etadi. Morteza 1987 yilda Eronning shimolida dunyoga kelgan.

16 yoshida Morteza velosipeddan yiqilib tushgan hamda tos suyagini shikastlantirib qoʻygan. Hozirda Mortezaning oʻng oyogʻi chap oyogʻidan 15 sm kaltaroq.

Dunyoning eng baland boʻyli insonlari top 10 taligi

Brahim Takiolahning boʻyi - 246 sm ga teng. Brahim hozirda yashayotgan odamlar orasidagi eng baland boʻyli insonlar roʻyxatida ikkinchi oʻrinda turadi. Brahim 1982 yil 26 yanvarda Marokashda tavallud topgan. Boʻyining anomal oʻsishi 13 yoshidan namoyon boʻla boshlagan.

Brahimning oyoq kafti dunyodagi eng uzun hisoblanadi -38,1 sm.

Dunyoning eng baland boʻyli insonlari top 10 taligi

Sulton Kesen - bugungi kunda dunyoda yashayotgan  odamlar orasidagi eng boʻyi baland inson hisoblanadi, uning boʻyi 251 sm ga teng. Sulton 1982 yil 10 dekabrda Turkiyada tugʻilgan. Uning oyoq kaftining uzunligi - 36 sm ga teng, bu koʻrsatgich Brahim Takiolah ninidan 2 sm kamroq.

Sulton boʻyining balandligi gipofiz oʻsimtasi bilan bogʻliq. Hozirgi kunda u faqat hassa yordamida harakatlana oladi. Sultonning ota-onasi normal boʻyga egalar. Haddan tashqari baland boʻyi sababli Sulton maktabni oxirigacha tamomlay olmagan, shuning uchun hozir u fermerchilik bilan shugʻullanadi. Sulton oʻzining haddan tashari baland boʻyining afzal tomonlarini koʻrishga harakat qiladi: bogʻdagi baland daraxtlar bilan bilan bemalol ishlay oladi, lampochkalarni hech bir qiyinchiliksiz almashtiradi va shu kabi boshqa ishlar. Qiyin tomoni: kiyim topish mushkulligi, axir oʻzingiz oʻylang,shimining uzunligi 113 sm, kuylakning yeng uzunligi 93 sm, oyoq-kiyimi esa 62-razmerda boʻlishi kerak. Qiyin tomonlaridan yana biri: standart avtomobillarga sigʻa olmasligi.

2010 yildan beri Sulton Verdjiniya Universitetining tibbiyot institutida davolanib kelmoqda. 2013 yilda u boʻyi tirsagiga zoʻrgʻa yetadigan Marva Dibo ismli ayolga uylandi.

Dunyodagi eng baland boʻyli inson - bu AQSH lik Robert Pershing Uodlou dir (1918-1940). U hozirda ham tarixdagi eng baland boʻyli inson, deb hisoblab kelinmoqda. Uning boʻyi 272 sm, ogʻirligi esa 220 kg boʻlgan. U gipofiz gipertrofiyasidan aziyat chekkan, bu kasallik boʻy oʻsishini nazorat qiluvchi gormon miqdorining anomal darajada koʻpayib ketishiga olib kelgan. Robert 22 yoshida vafot etdi, uning dafn marosimida 40 000 ta odam ishtirok etgan.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar