Qiziqarli

Dunyoning eng baland osmonoʻpar teleminoralari

Dunyoning eng baland osmonoʻpar teleminoralari
Dunyoning eng baland osmonoʻpar teleminoralari

Ayni paytda dunyodagi eng baland teleminora Tokioning Sumido rayonida joylashgan. Balandligi boʻyicha u Burj Xalifaning osmonoʻpar binosidan keyin ikkinchi oʻrinda turadi. Qurilish davrida u Yangi Tokio minorasi deb nomlangan edi, hozirgi nomi 2008 yilda Internetorqali oʻtkazilgan tanlov natijasida tanlandi.

Yangi minora balandligi Tokioga xizmat qilgan avvalgi teleminoradan ikki baravar balanddir. Uning balandligida maʼlum bir maʼno yashiringan: 6 (qadimgi yapon tilida "mu"), 3 ("sa") va 4 ("si") raqamlari hozirgi Tokio joylashgan Musasi tarixiy viloyati nomini bildiradi. “Osmonoʻpar daraxt” 5pogʻonali budda dini ibodatxonasini eslatadi hamda daryoning narigi sohilida joylashgan tarixiy Asakusa rayoni bilan juda yaxshi uygʻunlashadi. Minoraning asosi shtativga oʻxshaydi va 350 metr balandlikdan keyin esa u silindrsimon shaklda davom etadi.

Minoradan turib shaharni va uning atrofini maroq bilan tomosha qilish mumkin, bunimg uchun minorada ikkita kuzatuv maydonchalari joylashgan: biri 350 m balandlikda boʻlib, 2000 kishiga moʻljallangan, ikkinchisi 450 m balandlikda joylashgan boʻlib, 900 kishiga moʻljallangan. Eng yuqoridagi maydoncha shaffof pol hamda spiral oʻtish yoʻli bilan jihozlangan, shu yerdan platformaning oxirgi 5 metriga koʻtarilgan mehmonlar oyoqlari ostidan turib, shahar kvartallari va koʻchalarini tomosha qilishlari mumkin.

Dunyoning eng baland osmonoʻpar teleminoralari

Ushbu teleminora 2005-2010 yillarda Osiyo oʻyinlari uchun maxsus qurilgan. Uning nayzasimon ishlangan uchi poʻlatdan yasalgan boʻlib, 160 metrni tashkil etadi. Minora televizion va radio signallarini uzatadi, shuningdek, Guanchjou shahrini tomosha qilish uchun tomosha maydonchasi boʻlib ham xizmat qiladi, hamda kuniga 10 000 tagacha tashrif buyuruvchilarni qabul qiladi. Oyna bilan oʻralgan tomosha maydonchalari 33 metr, 116 metr, 168 metr va 449 metr balandlikda joylashgan, 488 metrlik balandlikda esa ochiq platforma mavjud. 418 va 428 m balandlikda aylanadigan restoranlar xizmat koʻrsatadi, qoʻshimcha VIP-kafe 407 m balandlikda joylashgan.

Dunyoning eng baland osmonoʻpar teleminoralari

1976 yildan 2007 yilgacha Ci-En Tauer dunyodagi eng baland erkin qurilish tuzilmasi hisoblangan. U Kanadaning Toronto shahrida (Ontario) joylashgan va u allaqachon shaharning ramzlaridan biriga aylanib ulgirgan. Dastlab CN qisqartmasi "Canadian National” degan maʼnoni anglatardi, chunki oʻsha paytda ushbu minora davlatning Canadian National Railways kompaniyasiga qarashli edi. Ammo 1995 yilda minora Kanada Lands Company tomonidan sotib olingan. Shahar aholisi teleminoraning eski nomiga oʻrganib qolganligi sababli, eski nomidagi CN harflari olib tashlanmadi . Bu yerda 447 m balandlikda tomosha maydonchasi mavjud.

Dunyoning eng baland osmonoʻpar teleminoralari

VDNH va Ostankino televizion markazi yaqinida Ostankino teleminorasi qad koʻtarib turibdi. Hanuzgacha u Rossiya va Yeropadagi eng baland bino hisoblanadi. Teleminoraning uchta kuzatuv maydonchasi bor: 337 m balandlikda – yopiq va ikkitasi 85 m va 340 m balandliklarda - ochiq. Ikkita ochiq maydoncha faqat kun iliq paytda – maydan oktyabr oylarigacha xizmat qiladi. Minoraning 328-334 metr balandligida mashhur "Седьмое небо" restorani joylashgan, unga kirish tomosha maydonchasi orqali amalga oshiriladi. Restoranda turli darajadagi uchta xona mavjud: bistro, kafe va restoranning oʻzi. Restoranning doira binolari minora oʻqi atrofida soatiga 1-3 burilish tezligida aylanadi.

2000 yilning yozida, 400 m dan yuqori balandlikda, yuqori chastotali kabellar yonib ketdi, natijada kuchli yongʻin kelib chiqdi. Minoraning uchta pogʻonasi yonib ketdi, konstruktsiyani ushlab turgan 121 ta tortilgan poʻlat troslar yorildi, aloqa va elektr taʼminoti tizimlari shikastlandi. Shu sababli “Ostankino” teleminorasida katta taʼmirlash ishlari oʻtkazildi. Televizion minoraga ekskursiyalar faqat 2009 yilda qayta boshlandi, 2011 yilda esa 340 m balandlikdagi tomosha maydonchasi qayta ochildi. Butkul yonib ketgan "Седьмое небо" restoraniga kelsak, u faqat 2016 yildagina katta taʼmirlash ishlaridan soʻng qayta ishga tushdi.

Dunyoning eng baland osmonoʻpar teleminoralari

Romantik nomga ega boʻlgan ushbu teleminora balandligi boʻyicha Osiyoda uchinchi, dunyo miqyosida esa sharafli beshinchi oʻrinni egallaydi. U Shanxayning Pudun tumanining eng diqqatga sazovor joylaridan biri hisoblanadi. Minora quyidagi xizmatlarga ega:

*267 metrda aylanadigan restoran joylashgan;

*271 metr balandlikda raqs maydonchasi, karaoke uhun moʻljallangan 20 ta xona va bar mavjud;

*350 metr balandlikda kuzatuv maydonchasi, pentxaus, qahva doʻkoni va konferentsiya xonasi joylashtirilgan.

Bino tarkibida 11 ta yumaloq shakldagi qismlar mavjud. Ikkala eng katta sharsimon qismlar: diametri 50 m boʻlgan Space Cityning pastki qismda, diametri 45 metrli Space Module sal teparoqda. Ular bir-biriga 9 metr diametrli uchta silindrsimon ustunlar orqali bogʻlangan. Ularning ichida yana beshta sharsimon qismlar boʻlib, ular “Kosmik otel” ning xonalaridir.

Dunyoning eng baland osmonoʻpar teleminoralari

Tehronda joylashgan ushbu teleminora mamlakatdagi eng baland bino hisoblanadi. Uning qalinlashgan qismi 12 qavatli katta kapsulaga oʻxshaydi, tomi 315 metr balandlikda. Uning ostida liftlar va zinapoyalar joylashgan. Bordj Miladda uchta shaxta qurilgan boʻlib, ularda oltita manzarali liftlar harakatlanadi. 12 qavatli minoraning umumiy maydoni 12000 kvadrat metrni tashkil qiladi, ushbu koʻrsatgich sababli u 2006 yilgacha eng katta maydonga ega boʻlgan minora hisoblanar edi.

Teleminoraning asosi Eronning anʼanaviy klassik meʼmorchiligiga xos boʻlgan toʻgʻri sakkizburchak shakliga ega. 276 metr balandlikda aylanuvchi manzarali restoran ishlaydi, undan bir oz balandroqda telekommunikatsiyalar, televideniye va radioeshittirishlar, yoʻl harakati nazorati hamda ob-havo stantsiyasi xizmatlari uchun moʻljallangan texnik xonalar joylashgan.

Dunyoning eng baland osmonoʻpar teleminoralari

Ushbu teleminora 5 yil davomida qurilgan. Uning dizayni mumtoz islom madaniyatining oʻziga xos xususiyatlarini namoyish etadi. Shunday qilib, gumbazi ulkan olmosni eslatuvchi minora Isfaxonlik eron hunarmandlari tomonidan mukarna uslubida qurilgan. Yer yuzasidan 276 metr balandlikda tevarak-atrof manzarasini koʻrish uchun tomosha maydonchasiga ega boʻlgan aylanadigan restoran joylashgan. Yuqorida ochiq kuzatish maydonchasi boʻlib, unga kirish qoʻshimcha toʻlovni talab etadi. Tomosha maydonchasi pogʻonasida shisha kubli yangi Sky Box attraktsioni ham mavjud. Bu yerga tezyurar lift 54 soniyada olib chiqib qoʻyishi mumkin.

Minora tagida Malayziya madaniyati bilan bogʻliq qulay tematik bogʻ yastangan. Minora konstruktsiyasi 22 pogʻonaga boʻlingan, unda 4 ta lift ishlaydi, shuningdek 2058 pogʻonali zinapoya ham mavjud. Yuqorida restoran va kuzatish xonasidan tashqari, radioeshittirish hamda elekrtaloqa stantsiyalari ham mavjud. Minora antennasi eshittirish signallarinini uzatish bilan birga telekommunikatsiya uchun ham xizmat qiladi.

Dunyoning eng baland osmonoʻpar teleminoralari

1991 yilda Xitoyning Tyantsin shahrida ulkan teleminora qurildi. Minorada 253 metr balandlikda tomosha maydonchasi mavjud, ammo hozir u aloqa uskunalarini joylashtirish uchun xizmat qiladi. Undan 4 metr balandlikda aylanadigan restoran joylashgan. Ushbu minora “Butunjahon baland minoralar tashkiloti” tarkibiga kiradi.

Dunyoning eng baland osmonoʻpar teleminoralari

U Xitoy markaziy televideniesiga qarashli obyekt hisoblanadi. 238 metr balandlikda tomosha maydonchasi va aylanadigan restoran joylashgan. Tezyurar lift  u yerga bir zumda olib chiqib qoʻyadi. Dunyodagi eng baland teleminoraning qurilishi Xitoy Xalq Respublikasining televideniya va radio vazirligi tomonidan boshlangan. 221 va 238 metr balandlikda joylashgan teleminorasining oltin va moviy rangdagi sharsimon qismi ayniqsa goʻzaldir.

Dunyoning eng baland osmonoʻpar teleminoralari

Chjenchjou shahri aholisi dunyodagi eng baland oʻntalikka kiradigan Chjongyan minorasi bilan faxrlanadilar. U shahar meʼmorchiligining zamonaviy qarashlariga muvofiq qurilgan. Minora binolarining umumiy maydoni 58000 kvadrat metrni tashkil qiladi. Yaponiyalik arxitektor Kisho Kurokava meʼmoriy yechim ustida ish olib bordi: u minorani qudratli poydevor ustiga qurishni, tepa qismida esa katta aylanadigan tomosha maydonchasiga ega boʻlgan restoran qurishni taklif qildi.

Inshootning tomi bloklar bilan bir-biriga bogʻlangan 6 ta koʻk va yaltiroq konuslardan iborat. Minoraning nayzasimon uchi 120 km dan ortiq radiusga televizon signalini uzatadi. Bugungi kunda Chjongyan minorasi oʻz vazifasiga muvofiq foydalanilmoqda – u mahalliy aholini eshittirishlar bilan taʼminlaydi, bundan tashqari shaharning bezagi sifatida xizmat qiladi.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar