Qiziqarli

Dunyoning eng katta va xavfli vulqonlari: bu vulqonlar qiyomat kunining sababchilari boʻlishi mumkin

1.Etna vulqoni (Sitsiliya, Italiya) – dunyoning eng yirik va xavfli harakatdagi vulqonlaridan biridir. U Sitsiliyaning janubiy sohillarida (Oʻrta yer dengizi) joylashgan. Doimiy vulqon otilishi sababli Etnaning choʻqqisi oʻzgarib turadi, shuning uchun uning haqiqiy balandligi aniq emas. Maydon jihatidan esa 1250 kv km ni egallaydi. Etna vulqoning 40 ta krateri mavjud. Oʻrtachasiga uch oyda bir marta lavasini otadi.

Dunyoning eng katta va xavfli vulqonlari: bu vulqonlar qiyomat kunining sababchilari boʻlishi mumkin
Dunyoning eng katta va xavfli vulqonlari: bu vulqonlar qiyomat kunining sababchilari boʻlishi mumkin

2.Sakuradzima vulqoni (Kagosima, Yaponiya) – qadimiy vulqon hisoblangani bilan, 1955 yilda beri doimiy harakatda. U istalgan paytotilishi mumkin. Oxirgi bunday voqea 2009 yilda sodir boʻlgan. Vulqon yaqinidagi shahar aholisi hamisha tezlik bilan evakuatsiya boʻlishga tayyor turadilar. Vulqon tepasida veb-kameralar oʻrnatilgan boʻlib, muntazam kuzatib turiladi.

Dunyoning eng katta va xavfli vulqonlari: bu vulqonlar qiyomat kunining sababchilari boʻlishi mumkin
Dunyoning eng katta va xavfli vulqonlari: bu vulqonlar qiyomat kunining sababchilari boʻlishi mumkin

3.Vezuviy vulqoni (Napoli, Italiya) – u ham dunyoning eng kuchli va xavfli vulqoni hisoblanadi. Vezuviy Italiyadagi uchta harakatdagi vulqonlardan biridir. Bu vulqonning 80 marta kuchli otilishi haqidagi maʼlumotlar bor. Ulardan eng kuchlisi 79 yil 29 avgustda sodir boʻlib, Pompey,Gerkulanum va Stabiya kabi qadimgi Rim shaharlarini yoʻq qilib yuborgan. Oxirgi qattiq vulqon otilishlaridan biri 1944 yilda sodir boʻlgan. Vulqonning balandligi dengiz sathidan 1281metr balandlikda joylashgan, krater diametri – 750 metr.

Dunyoning eng katta va xavfli vulqonlari: bu vulqonlar qiyomat kunining sababchilari boʻlishi mumkin
Dunyoning eng katta va xavfli vulqonlari: bu vulqonlar qiyomat kunining sababchilari boʻlishi mumkin

4.Kolima vulkqoni (Xalisko, Meksika) – dunyoning eng xavfli  va kuchli vulqonlaridan biri. Uning oxirgi otilishi 2005 yilning 8 iyunida qayd qilingan. Oʻshanda olov 5 km balandlikka otilgan,mamlakat hukumati yaqin atrogdagi qishloq aholisini koʻchirishga majbur boʻlgan. Kolima vulqoni 1576 yildan beri 40 marta otilgan.Gungi kunda bu vulqon nafaqat yaqin oʻrtadagi qishloq aholisiga, balki butun Meksikaga xavf tugʻdirmoqda.

Dunyoning eng katta va xavfli vulqonlari: bu vulqonlar qiyomat kunining sababchilari boʻlishi mumkin
Dunyoning eng katta va xavfli vulqonlari: bu vulqonlar qiyomat kunining sababchilari boʻlishi mumkin

5.Galeras vulqoni (Narinyo, Kolumbiya) – kuchli va baland vulqon. Balandligi dengiz sathidan 4276 metr yuqorida joylashgan,diametri esa 20 km. Bu vulqon Janubiy Amerikada, Kolumbiyada hududida joylashgan. Bu vulqon 2010 yil 26 avgustda lava otgan, shu sababli togʻ yonbagʻridagi kichik shahar aholisini evakuatsiya qilishga toʻgri kelgan.Olimlarning aytishlaricha Galerasda 7 ming yil ichida 7 marta yrik vulqon otilishi roʻy bergan. 1993 yilda kraterda tadqiqod ishlarini olib borayotgan geologlarning 6 nafari vulqon otilishi natijasida halok boʻlganlar. 

Dunyoning eng katta va xavfli vulqonlari: bu vulqonlar qiyomat kunining sababchilari boʻlishi mumkin
Dunyoning eng katta va xavfli vulqonlari: bu vulqonlar qiyomat kunining sababchilari boʻlishi mumkin

6.Mauna-Loa (Gavayi, AQSH) – hajmi boʻyicha dunyoning eng yirik vulqoni hisoblanadi (80 000 kub km). Bu vulqon Gavaya vulqonlari milliy bogʻi tarkibiga kiradi. Vulqonda vulqonologiya stantsiyasi joylashgan boʻlib, 1912 yilda beri kuzatuv ishlari olib borilmoqda. Bundan tashqari Mauna-Loada atmosfera hamda quyosh obserbatoriyalari joylashgan. Oxirgi vulqon otilishi 1984 yilda sodir boʻlgan, eng kuchli oxirgisi esa 1950 yilda roʻy bergan. Vulqon balandligi dengiz sathidan 4 169 metr balandlikda joylashgan. Bu vulqon dunyoning eng xavfli va kuchli vulqonlaridan hisoblanadi.

Dunyoning eng katta va xavfli vulqonlari: bu vulqonlar qiyomat kunining sababchilari boʻlishi mumkin
Dunyoning eng katta va xavfli vulqonlari: bu vulqonlar qiyomat kunining sababchilari boʻlishi mumkin

7.Nʼiragongo vulqoni (Kongo Demokratik respublikasi) –3469 metr balanlikka ega boʻlgan harakatdagi vulqondir. U Afrikaning markaziy qismidagi Virunga togʻida joylashgan boʻlib, Afrika mintaqasining eng kuchli vulqoni hisoblanadi. Nʼiragongo vulqonida Afrikadagi lava otilishlarning 40% i sodir boʻladi.

Dunyoning eng katta va xavfli vulqonlari: bu vulqonlar qiyomat kunining sababchilari boʻlishi mumkin
Dunyoning eng katta va xavfli vulqonlari: bu vulqonlar qiyomat kunining sababchilari boʻlishi mumkin

8.Reynir vulqoni (Vashington, AQSH) – Sietl shahridan 87 km janubi-sharda joylashgan. Balandligi – 4 392 metr. Vulqon choqqisihar birining diametri 300 metr keladigan ikki kraterdan iborat.

Dunyoning eng katta va xavfli vulqonlari: bu vulqonlar qiyomat kunining sababchilari boʻlishi mumkin
Dunyoning eng katta va xavfli vulqonlari: bu vulqonlar qiyomat kunining sababchilari boʻlishi mumkin

9.Santa-Mariya (Santʼyago, Gvatemala) – gʻarbiy Gvatemalada joylashgan. Bu vulqon dengiz sathidan 3 772 metr yuqorida. Birinchi otilishlar 30 ming yillar avval boshlangan, 20-asrda esa 3 ta yirik vulqon otilishi sodir boʻlgan. Ulardan birinchisi 1902 yilda 500 yillik uyqudan soʻng sodir boʻlgan. Bunda juda kuchli vulqon otilishi roʻy bergan, 5,5 kub km lava otilgan. Vulqon ovozi 800 km uzoqlikdagi Kosta-Rikada ham eshitilgan. Uning kuli 28 km ustungacha koʻtarildi. Oʻshanda 6 ming nafar odam halok boʻlgan edi.Bugungi kunda ham vulqon xatar tugʻdiradi. U istalgan vaqt quturib, otilishi mumkin.

Dunyoning eng katta va xavfli vulqonlari: bu vulqonlar qiyomat kunining sababchilari boʻlishi mumkin
Dunyoning eng katta va xavfli vulqonlari: bu vulqonlar qiyomat kunining sababchilari boʻlishi mumkin

10.Yelloustoun vulqoni (AQSH) – dunyoning eng kuchli vulqoni hisoblanadi. U AQSH Yelloustoun milliy bogʻida joylashgan. Mazkur vulqon 640 ming yil avval vujudga kelgan. Bogʻ hududida 3 mingdan ziyod geyzerlar joylashgan boʻlib, dunyodagi geyzerlarning uchdan ikki qismini tashkil etadi. 2001 yilning may oyida bu yerda Yelloustoun observatoriyasi tashkil qilingan boʻlib, ushbu gigantning kuzatuvi bilan shugʻullanadi.Observatoriya qurilgandan beri, bu obʼuekt boʻyicha har xil mish-mishlar koʻpaygan. Yelloustoun – qiyomat kunining “sababchilari” dan biri boʻlishi ehtimoli ham yoʻq emas.    

Dunyoning eng katta va xavfli vulqonlari: bu vulqonlar qiyomat kunining sababchilari boʻlishi mumkin
Dunyoning eng katta va xavfli vulqonlari: bu vulqonlar qiyomat kunining sababchilari boʻlishi mumkin
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar