Qiziqarli

Dunyoning eng romantik joylari

Dunyoning eng romantik joylari

Toskana , taxminan 23.000 kvadrat kilometrlik maydonni egallagan Italiyaning  markaziy hududidir.  Toskana oʻzining landshaftlari, anʼanalari, tarixi, badiiy merosi va yuksak madaniyati bilan mashxur. Bu joy Renessans tugʻilgan joy hamda sanat va ilm fan tarixidagi buyuk shaxslarning tugʻilgan  maskani hisoblanadi.

Uzumzor, villalar va tarixiy Italiya shaharlari - bu butun maydon haqiqiy ishqiy sarguzashtga boy.  Tarixiy villalarda turing, mahalliy taomlarni isteʼmol qiling, dunyodagi eng yaxshi sharobni isteʼmol qiling va eng yaxshi uzumzorlar orqali velosipedni minib oʻting .  Bu yerga kelganingizda  Toskana haqida nima uchun koʻplab filmlar suratga olinganini tushunib olasiz.  Italiyada Toskanadan koʻra koʻproq romantikaga boy manzara yoʻq.  

Dunyoning eng romantik joylari

Sevgi ramzi hisoblanmish  Toj Mahal - Agra (Hindiston)da joylashgan oq marmar maqbarasidir.  Toj Mahal oʻzgacha olam.  Ushbu durdona aslida yaratilgan yodgorliklar ichida eng romantik yodgorlikdir.  Maqbara uchinchi xotini Mumtaz Mahal xotirasiga bagʻishlab moʻgʻul imperatori Shoh Jahan tomonidan qurilgan.  Bu meʼmoriy moʻjiza " Musulmon sanʼati xazinasi va dunyodagi tarixiy merosning eng noyob yodgorliklaridan biri" deb tan olingan.  

Dunyoning eng romantik joylari

Seyshel orollari 115 orol bilan Hind okeanidagi arxipelagaga birlashgan mamlakatdir. U  Madagaskar orolining shimoliy-sharqidagi Afrika qitʼasidan taxminan 1500 kilometr sharqda joylashgan.  Dunyodagi eng boy va eng muvaffaqiyatli odamlar oʻzlarining bayramlarini Seyshel orolida oʻtkazadilar.  Bu joy romantika va ekzotikaga boy,  sevimli insoningiz bilan xordiq chiqarish uchun bundan ortiq yana qanday maskan ham topa olardingiz? Bu yerda  golf kurslari, kurortlar, ajoyib mehmonxonalar va koʻplab koʻngil ochar tadbirlar mavjud.  Bu yerda asal oyini oʻtkazganingizdan soʻng hech qayerga  ketishni istamay qolasiz. 

Dunyoning eng romantik joylari

 Markaziy Amerikaning shimoli-sharqiy sohilida joylashgan Beliz juftliklar uchun mashhur kurort va sayyohlik joyidir.  Rif orollari sevishganlarga  orollarda yolgʻiz qolish toza suvdagi hayotni oʻrganish imkonini beradi.  Er-xotinlar  maxsus baliq oviga borishlari , tutilgan barcha baliqlarni kechki romantik tushlik paytida pishirib yeyishlari mumkin. Plyajlar va palma daraxtlarini tomosha qilishingiz mumkin.  Beliz Meksika tomonidan shimolda, Gvatemalada janubiy va gʻarbda, sharqda esa Karib dengizi tomonidan chegaralangan.  Beliz hududining uzunligi taxminan 290 km va kengligi 110 km. 

Dunyoning eng romantik joylari

Taiti Fransuz Polinezyasi Shamol  guruhidagi eng katta oroldir.  Taiti oʻzining qirgʻoq bungali bilan mashhur.  Oq qumli plyajlarda va palma  daraxtlari chayqangan joylarda dam olishdan  tinchlanmaslikning ilojisi yoʻq. Rangli ufq romantik va yorqin muhit baxsh etadi.  Taiti dunyoning eng romantik joylaridan biri hisoblanadi.

Dunyoning eng romantik joylari

Maldiv orollari – Hind okeanida joylashgan , yigirma oltita atolldagi ikki juft zanjirdan iborat.  Bu 23 ta orol yer yuzidagi jannatning timsolidir.  Maldiv orollari tinch va osoyishta boʻlib, sevishganlar uchun ajoyib ishqiy joy.

Dunyoning eng romantik joylari

Venetsiya  Italiyaning  shimoli-gʻarbiy qismida joylashgan boʻlib, kanallar bilan ajratilgan va koʻpriklar bilan bogʻlab qoʻyilgan,  118 ta kichik orolda joylashgan.  Venetsiya oʻzining arxitekturasi va sanʼat asarlari bilan mashhur. Bu esa sizni yana va yana oʻziga maftun qiladi.  Gondolda sayohat qilish shaharning romantikasini yana-da  yaxshi ifodalaydi.  Tor kanallardan oʻting, sevgilingiz bilan manzarani tomosha qiling. Italiyadagi noodatiy restoranlarda taomlaning va qadimiy xiyobonlarda sayr qiling, Italiya cherkovlari va maydonlari sizni lol qoldirishi aniq.  Venetsiya - "Sevgi shahri" deb atalishi ham bejiz emas. 

Dunyoning eng romantik joylari

Virjiniya orollari joylashgan St. Tomas, oʻzining orollari va doʻkonlari bilan mashhur.  Orol faqat 32 kvadrat mil boʻlishiga qaramasdan  yaxshi dam olish uchun bir million usulni  taklif qiladi.  Doʻkonlarga boring, qayiqda suzing,  shoʻngʻing va diqqatga sazovor joylarni tomosha qiling yoki restoranda romantik kechki ovqat buyuring.  Dunyo boʻylab mashhur golf maydonini, chiroyli plyajlarni va qiziqarli kecha hayotini tomosha qiling.  Tinchlikda orom oladigan joylari ham mavjud.

Dunyoning eng romantik joylari

Gavayi, ayniqsa, amerikaliklar orasida dunyodagi eng yaxshi asal oyi uchun otlanadigan yoʻnalishlaridan biri.  Bu Qoʻshma Shtatlardagi orollarda joylashgan yagona davlatdir .  Gavayi, Polinezyada markaziy Tinch okeanidagi arxipelagining koʻp qismini egallagan eng shimoliy orollari guruhidir.  Maui yoki Gavai  katta oroliga sayohat qilsangiz  -  sevishgan juftliklar uchun takliflari koʻp .  Tropik qumliklar,  junglilar, hashamatli xonalar, sorfing va yovvoyi hayotning moʻlligi. Bu, albatta,Yerdagi  jannatmonand  makon.

Dunyoning eng romantik joylari

Axolisi eng koʻp boʻlgan Fransiyaning poytaxtidir.  U mamlakatning shimoliy qismida Sene daryosida joylashgan.  Parij sevgi shaxridir. Yoqimli  atmosferaga ega boʻlgan muhabbat shahri.  Eyfel minorasi oldida chiroq yoqib, Yelisey maydonida  yurib, Parijning diqqatga sazovor joylarini oʻrganib chiqing yoki faqatgina parkda piknik qiling.  Parij, romantikani kuchaytiradi va odamlarni asrlar davomida oʻziga sexrlab kelgan. Hech shubha yoʻqki, bu dunyodagi birinchi raqamli eng romantik joy.

Dunyoning eng romantik joylari
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar