Qiziqarli

Dunyoning eng xavfli 15 yoʻllari

Dunyoning eng xavfli 15 yoʻllari

Ushbu 9 km yoʻl Ladax va Kashmirni birlashtiradi. Ushbu yoʻl toʻgʻridan-toʻgʻri jarlikning yuqorisida joylashganligi bilan bir qatorda, u juda tor. Bu yoʻlga siz avtoulovlar bilan ham, chorva mollari bilan ham sigʻib olishingiz kerak.

Dunyoning eng xavfli 15 yoʻllari

Ushbu yoʻl Karpatda joylashgan va Fagarash togʻ tizmasidan ochilgan. Uning balandligi2034 metrga yetadi va Ruminiyadagi eng baland yoʻl hisoblanadi. Transfagarashan oʻzining ajoyib manzaralari bilan mashhur, ammo shu bilan birga juda xavflidir.

Dunyoning eng xavfli 15 yoʻllari

Dalton yoʻli - bu dunyodagi eng alohidalangan yoʻl hisoblanadi. Uning uzunligi 666 km ni tashkil etadi va u faqat kichik qishloqlarni birlashtiradi. Ushbu yoʻl dunyodagi eng qor bilan qoplangan yoʻl deya ham sanaladi.

Dunyoning eng xavfli 15 yoʻllari

Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, Xardung-La yoʻli 5602 metr balandlikda joylashgan (yaʼni deyarli Elbrus balandligiga yetadi). Ginnesning rekordlar kitobi va National Geographic jurnali ushbu avtoulov yoʻlini dunyodagi eng baland yoʻl deb tan oldi.

Dunyoning eng xavfli 15 yoʻllari

Ushbu trassa dunyodagi eng xavfli yoʻllardan biridir. U yiliga 200-300 nafar insonni hayotdan koʻz yumishiga sababchi boʻladi. Bir tomonida yassi jarlik, boshqa tomonida tik jarlik bor (balandligi 600 metrga yaqin). Ushbu yoʻlda ulov haydashni hatto oʻylash qoʻrqinchli!

Dunyoning eng xavfli 15 yoʻllari

Atlantika yoʻli qirgʻoqdagi kichik qishloqlarni birlashtiradi. Biroq, bu yoʻl aslida sayyohlar uchun moʻljallangan, chunki uning koʻrinishi juda ajoyib!

Dunyoning eng xavfli 15 yoʻllari

Guoliang tunnelini mahalliy aholi qurgan. Toshga oʻyilgan yoʻl ilgari mahalliy qishloq va tashqi dunyo oʻrtasidagi yagona aloqa usuli boʻlgan. Keyinchalik, davlat 1200 metrli tunnelni qurib, mahalliy aholining sayr qilishini osonlashtirdi.

Dunyoning eng xavfli 15 yoʻllari

Ajablanarlisi shundaki, bu yoʻl kuniga bir necha soatgina ochiq boʻladi. Kunning qolgan qismida yoʻl suv ostida qoladi. Ushbu 4,5 km yoʻlga kirishdan oldin, suv oqimining jadvalini tekshiring. Aks holda, sizning mashinangiz shunchaki choʻkib ketishi mumkin.

Dunyoning eng xavfli 15 yoʻllari

Ushbu yoʻlning uzunligi 10 km. Shuningdek, u 99 ta keskin burilishga ega. Uning boshi va oxiri orasidagi balandlik farqi 1000 metrga teng. Ushbu yoʻlda yurish uchun asablar mustaxkam boʻlishi kerak.

Dunyoning eng xavfli 15 yoʻllari

Ushbu 112 km yoʻl Gavayining Maui orolidagi ikkita aholi punkti Kahului va Xanani birlashtiradi. Ushbu tor, burilishli yoʻl 59 koʻprikni kesib oʻtadi, shulardan 46 tasi bitta yoʻlakli. 

Dunyoning eng xavfli 15 yoʻllari

Yakutsk va Magadanni bogʻlaydigan yoʻlning rasmiy nomi "Kolima" boʻlishiga qaramay mahalliy aholi uni "oʻlim yoʻli" deb ataydi. Yoʻlning birinchi 90 km 1932 yilda mahbuslar tomonidan qurilgan. Qurilish 1953 yilda yakunlangan.

Dunyoning eng xavfli 15 yoʻllari

Ushbu xavfli togʻ dovoni Fransiya Alp togʻlarida, Italiya bilan chegarada, 2000 metr balandlikda joylashgan. Ushbu yoʻl keskin va kutilmagan burilishlar bilan xavfli.

Dunyoning eng xavfli 15 yoʻllari

Bu Alp togʻlaridagi eng baland dovonlardan biridir. 64 kilometrlik yoʻl yoʻlovchini u yoqdan bu yoqqa oʻtkazib, oʻzining goʻzal manzaralari bilan hayratga soladi.

Dunyoning eng xavfli 15 yoʻllari

Ushbu tor yoʻl, togʻlar boʻylab joylashib, Sochi va Ritsa koʻlini birlashtiradi. Ushbu yoʻlda mashina haydash ham qoʻrqinchli, ham maroqli. Xavfli boʻlishiga qaramay umr boʻyi kamida bir marta ushbu yoʻlda sayohat qilsa arziydi.

Dunyoning eng xavfli 15 yoʻllari

Garchi bu yoʻl emas, balki koʻprik boʻlsa ham, yuqorida aytib oʻtilgan yoʻllardan kam xavfli emas. Koʻprik Sakaiminato va Matsue shaharlarini birlashtiradi. Uning oʻlchamlari taxminan 1,7 km va kengligi 11,3 metrni tashkil qiladi. Uzoqdan qaraganda, bu koʻprikda mashina boshqarish imkonsizdek tuyuladi.

Dunyoning eng xavfli 15 yoʻllari
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar