Oshxona

Eng koʻp mikroblarni oʻzida jamlovchi besh buyum

Eng koʻp mikroblarni oʻzida jamlovchi besh buyum
Eng koʻp mikroblarni oʻzida jamlovchi besh buyum

Birinchi oʻrinni bu borada taxtakach egallaydi. Barchamiz uchun oddiy oshxona buyumi hisoblanmish taxtakach oʻzida unitaz oʻtirgichiga nisbatan 200 marta koʻproq mikrobni saqlaydi. Uni  qaynoq suvda yuvib, eng tasir qiluvchi dezinfeksiya vositalari bilan tozalaganda ham toʻliq toza qilib boʻlmaydi.

Eng koʻp mikroblarni oʻzida jamlovchi besh buyum

1 litr suvga 40 ml sirka soling. Taxtakach yuzasini ushbu qaynoq suyuqlik bilan arting. Taxtakach yuzasi nam boʻlib qoladi, uni ustiga isteʼmol sodasini sepib tuni bilan qoldiring. Ertalab qaynoq suv bilan yuving va quriting. Ushbu usuldan soʻng, 99,5% mikrobdan halos boʻlasiz. Bundan tashqari har haftada taktakachni spirt bilan artib tursangiz ham ayni muddao.

Eng koʻp mikroblarni oʻzida jamlovchi besh buyum

Uydagi telefon goʻshagi ham oʻzida juda koʻp mikrobni saqlaydi. Uning 1 sm kvadrat yuzasida mingdan ortiq mikroblar mavjudligi aniqlangan. Ayniqsa uyda gripp bilan kasallanganlar boʻlsa, aparratni darxol tozalashingiz kerak.  Telefon goʻshagi va shu kabi plastmassali buyumlarda viruslar 3 sutkaga qadar yashashi mumkin.

Eng koʻp mikroblarni oʻzida jamlovchi besh buyum

Agar telefondan barcha sogʻlom kishilar foydalangan boʻlsa oddiy texnika uchun moʻljallangan antibakterial salfetka bilan haftada 2 marta tozalasangiz boʻladi. Agar shamollaganlar boʻlsa  u holda har kuni artish tavsiya etiladi. Bu usul 90 % mikroblarni yoʻq qiladi.

Eng koʻp mikroblarni oʻzida jamlovchi besh buyum

Bu vositaning oʻzi barcha idish-tovoqlarni toza qilib berishga beradiku-ya biroq oʻzi bakteriyalarga qarshi kurasha olmaydi. 

Eng koʻp mikroblarni oʻzida jamlovchi besh buyum

Uyingizda mikrotoʻlqinli pech boʻlsa uni eng baland xaroratini yoqib toza yuvilgan gubkani ichiga soling. Extiyotkor boʻlib kuzating, gubka oʻt olib ketmasin. Soʻngra extiyotkorlik bilan  uni olib soviting. Bunday usul bilan 99 % mikroblarni yoʻq qila olasiz. Bunday qizdirish usuli faqatgina tarkibida metal elementi yoʻq boʻlgan gubkalarga taaluqli.

Eng koʻp mikroblarni oʻzida jamlovchi besh buyum

Koʻp insonlar dush pardalarini yuvish shart emas deb hisoblashadi. Biroq bu fikr notoʻgʻri.  Dush paytidagi iliq va nam muhit juda koʻplab mikroblar pardada yigʻilishiga sabab boʻladi. 

Eng koʻp mikroblarni oʻzida jamlovchi besh buyum

Pardani tozalovchi vositalar yoki boʻlmasa sirka bilan muntazam yuvib turish darkor.  Yuvilganidan soʻng parda tekis va toʻgʻri yoyilgan shaklda qurishi lozim. Aks holda unda mogʻorlar paydo boʻlib qoladi. Issiq kunlarda esa uni quyosh nurida quritish ayi muddao boʻladi. 

Eng koʻp mikroblarni oʻzida jamlovchi besh buyum

Shunday qilib axlat chelagi ushbu roʻyxatimizning eng oxirgi oʻrnini egallagan. Axlat chelagi mikroblar toʻplanishi uchun eng qulay joy. 

Eng koʻp mikroblarni oʻzida jamlovchi besh buyum

Axlatlarni axlat chelakda bir kundan ortiq saqlamang. Meva va sabzavot qoldiqlarini esa 2-3 soatdan ortiq ushlab turmagan maʼqul. Axlat chelagi uchun polietilenli paket ishlatsangiz mikroblar tez tarqab ketishini oldini olgan boʻlasiz. Axlatni toʻkib kelib, har safar chelakni yuvib, soʻng albatta quritishni unutmang.

Eng koʻp mikroblarni oʻzida jamlovchi besh buyum
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar