Eng mashhur va eng chiroyli qoʻgʻirchoqlar

XIX asrda ishlab chiqarila boshlangan Matryoshka qoʻgʻirchoqlari butun dunyoda mashhur. Ular rus madaniyatining ramzi sanaladi. Chet elliklar Rossiyaga kelganda, koʻpincha esdalik sifatida yogʻoch qoʻgʻirchoqlarni sotib olishlari bejiz emas.
Ushbu qoʻgʻirchoqlar odatda qayin yoki lipadan tayyorlanadi. Shundan soʻng, ular yorqin ranglar bilan boʻyalgan. Oxir oqibat, ular katta chiroyli koʻzli va qizil yonoqlari boʻlgan qizlarning qiyofasiga ega boʻladilar.
Matryoshka qoʻgirchoqlarning ichida 3 tadan 20 tagacha qoʻgʻirchoqchalar boʻlishi mumkin. Qiziqarli maʼlumot :shu kunga qadar eng koʻp qoʻgʻirchoqni oʻzida mujassimlashtirgan matryoshka 72 ta qoʻgʻichoqqa ega.
Bugungi kunda siyosatchilar, aktyorlar yoki multfilm qahramonlari surati tushirilgan matryoshkalar ham sotib olishingiz mumkin.

Qadim zamonlardan buyon yaponlar bir birlariga sovgʻa tariqasida qoʻgʻirchoq berishni hush koʻrishgan.
Ulardan eng keng tarqalgani Ichimatsudir. Yaponiyaliklar ushbu sovgʻaga oʻyinchoq tariqasida emas sanʼat asari deya qaraydilar. Ichimatsuni oldin qizlarga kimanoni chiroyli kiyishni oʻrganishlari uchun hadya qilishgan. Bugungi kunda esa qoʻgʻirchoqdan intererni bezatish uchun qoʻllaniladi.
Qoʻgʻirchoqning sochlari uzun , beli nozik, koʻzlari toʻq rangli. Soʻnggi vaqtlarda qoʻgʻirchoq tanqidlarga ham uchragan. Boisi qizlar unga oʻxshash niyatida qattiq oʻzishga kirishganlar. Bu esa anoreksiya va boshqa salbiy oqibatlarga olib keladi. Lekin bunga qaramasdan ushbu qoʻgʻirchoq hanuzgacha eng chiroyli va mashxur qoʻgʻirchoqlardan biri boʻlib kelmoqda.

Mashhur hunarmand Larisa Isaeva noyob qoʻgʻirchoqlarini yaratadi. Shu bilan birga, u har bir mijozning individual buyurtmalari asosida oʻyinchoqlar yasaydi.
Material sifatida, Larisa loy va simdan foydalanadi. Qiziqarli narsa shundaki, qoʻgʻirchoqlarining barcha boʻgʻimlarida sharsimon bogʻlanish bor. Shu orqali qogʻirchoqlarni harakatlantirsa boʻladi.
Larisa qoʻgʻirchoqlardagi barcha kichik detallarga katta eʼtibor qaratgan. U qoʻgʻirchoqning yuz qismini diqqat bilan ishlagan. Hatto qoʻgʻirchoqni kichik zargarlik buyumlari bilan ham bezagan. U qahramonlarini turli xalqlarning falklyorlaridan nusxalar olib bezagan. Isaevaning qoʻgʻirchoqlari har qanday xonaning ichki qismini bezatishga qodir haqiqiy asardir.

Ukrainada eng chiroyli qoʻgʻirchoqlardan biri qoʻlda yasalgan motanka qoʻgʻirchoq boʻlib, odamlar bir paytlar ushbu motankalar turli baxtsizliklardan saqlashiga ishonishganlar. Bugungi kunda esa u chiroyli bezak sifatida hizmat qilmoqda. Motankaning boshqa qoʻgʻirchoqlardan farqi yuz qismiga ega emasligidadir. Lekin bu umuman uning tashqi qiyofasini buzmaydi. Har bir qoʻgʻirchoq oʻziga yarasha goʻzallikka ega.

Soʻnggi paytlarda mato qoʻgʻirchoqlar tobora ommalashib bormoqda. Bunday oʻyinchoqlarni uy sharoitida yaratish mumkin.
Tilda shved dizayneri Toni Finnanger tomonidan yaratilgan. Bir marta u turli tuman matolar qoldiqlaridan qogʻirchoqning boshini yaratishi kerak boʻlgan. Oʻsha paytlarda Toni xonim keyinchalik qoʻgʻirchoqlari bu qadar mashxur boʻlib ketishini bilmagan boʻlsa ham kerak.
Bugungi kunda siz Tilda yasalish jarayoni yozilgan kitobni ham sotib olishingiz mumkin. Qoʻl mehnati asosida yaratilgan buyumlar sotiladigan doʻkondan har hildagi kichik taqinchoqlarni ham sotib olishingiz mumkin. Ular Tildaning koʻrkiga koʻrk qoʻshadi.

Marina Bichkovaning qoʻgʻirchoqlari taʼriflab boʻlmas goʻzalligi bilan ajralib turadi. U chinnidan yasaladi. Qoʻgʻirchoq hattoki eng kichik detallarigacha qoʻlda boʻyalgan. Bundan tashqari, qoʻgʻirchoqda burama boʻgʻinlar mavjud boʻlib, bu ularni harakatchan qiladi. Xozirgi kunda Marina Kanadada isteqomad qiladi va oʻzi sevgan ishi bilan shugʻullanadi. Takidlab oʻtish kerakki qoʻgʻirchoqlarning sochlari juda uzun va ularda kichik bezaklar ham bor.

Chaqaloq qoʻgʻirchoqlar dunyodagi eng chiroyli qoʻgʻirchoqlardir. Qizigʻi shundaki, 2012 yilgacha ular faqat shaxsiy toʻplamlar uchun qilingan. Qoʻgʻirchoqlar yuqori sifatli tabiiy matodan ishlangan va shuning uchun ham u bir oz qimmat turadi. Qizigʻi shundaki, har bir paketda chaqaloq qoʻgʻirchoqning balandligi,vazni va tugʻilgan sanasini koʻrsatadigan hujjat mavjud.

Dunyodagi eng chiroyli oʻyinchoqlardan birini Bratz qoʻgʻirchoqlari deb atash mumkin. Ularni 2016 yilga qadar 15 yil mobaynida ishlab chiqarishgan. 2016 –yilda esa ishlab chiqarilishi toʻxtagan. Qoʻgʻirchoqlarning har biri zamonaviy kiyingan, uzun sochli edi. Har birining koʻzlari katta , lablari esa shishgan. Zamonaviy olamda uni bezak sifatida harid qilishgan. Kolleksionerlarda yuzlab turli tuman qoʻgʻirchoqlarni koʻrishimiz mumkin. Ularning har biri oʻziga hos hususiyatga ega.
Bunday oʻyinchoqlarning narxi ancha yuqori, shuning uchun hamma ham ushbu qoʻgʻirchoqlarni sotib olishga qodir emas. Har bir qoʻgʻirchoqlar mijozning xohish istaklarini inobatga olgan holda buyurtma asosida tayyorlanadi.

Dunyodagi eng chiroyli qoʻgʻirchoqlar birining muallifi Diane Effnerdir. Uning qoʻgʻirchogʻi uzunligi 33 sm. U dastlab ushbu qoʻgʻirchoqlarini mehribonlik uyidagi qizchalarga atab yaratgan. 1990 yilda ayol qoʻgʻirchoqlar ishlab chiqaruvchi oʻz kompaniyasini ochdi. Qoʻgʻirchoqlarni bezatish esa uning dugonasi Djeri Uribening zimmasiga yuklatildi.
Oʻshandan buyon ushbu qoʻgʻirchoqning chiqarilishi toʻxtatilmagan. Bugun juda koʻp qizlar ushbu qoʻgʻirchoqni olishni orzu qiladi.

Barbiega oʻxshab ketadigan Fikon qoʻgʻirchogʻi oʻzida juda koʻplab zamonaviy kiyimlarni jamlagan. Bolalarga oʻz qoʻgʻirchoqlarining kiyimlarini almashtirish, ularning koʻp boʻlishi bir olam zavq bagʻishlaydi. Bundan tashqari Fikon qoʻgʻirchogʻining soch turmagini oʻgartirish mumkin.
Aslida shu kabi oʻziga xos hususiyatga ega goʻzal qoʻgʻirchoqlarning mingdan ortiq turi mavjud. Ushbu maqolada biz eng chiroyli qoʻgʻirchoqlarning faqatgina kichik qismini yoritdik xalos.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



