Eng qimmat gʻildirakli uylar

Dunyodagi aql bovar qilmaydigan darajada qimmat 5 ta gʻildirakli uylar.

Sayohatga yoʻl olishni rad etadigan odamni topish qiyin boʻlsa kerak. Shu bilan birga uy qulayliklarini rad etadigan odam ham yoʻq. Baxtimizga, insoniyat allaqachon “gʻildirakli uylar”ni oʻylab topgan: treyler va furgonlar yovvoyi tabiatga sayohat vaqtida oʻzingizni asosiy qulayliklardan maxrum qilmaslik imkoniyatini beradi. Bugun gap, ana shunday treylerlarning 5 tasi haqida boradi. Ularni uy emas “gʻildirakli qasr”deb atasak ham boʻladi.

1. Country Coach Prevost

Ayni vaqtda bu dunyodagi eng qimmat gʻildirakli uylardan biridir. Uning narxi taxminan 1million AQSh dollariga barobar. Sayohatchilar uchun shinam mebel, koʻngilochar markaz, keng yotoqxona va xatto ishchi kabinet muntazirdir. Hammom va oshxona kabi boshqa qulayliklar ham unda albatta bor.

2. Foretravel IH-45

Yana bir avtobus-saroy, 1967 yildan beri lyuks sifatli gʻildirakli uylar ishlab chiqaruvchi kompaniya tomonidan yaratilgan! Shunga oʻxshash qolgan treylerdan farqi, unda shovqin oʻtkazmaslik darajasi juda baland va vibratsiya soʻndiri shxususiyatiga ega. Ichida boʻlsangiz transport harakatlanayotganini sezishingiz qiyin boʻladi.

Ushbu gʻildirakli uyning yana bir ajralib turuvchi xususiyati, bu uning suriluvchan devorlaridir. Transport toʻxtaganda devorlar tashqariga surilib, ichini yanada kengaytiradi. Ushbu treyler oʻziga oʻxshashlar orasida eng balandi hamdir. Bu goʻzallik 1.3 million dollarda baholangan.

3. Prevost H3-45 VIP

Oshxona, yotoqxona, hammom, xojatxona, dam olish va koʻngilochar zona, ishchi stol, kichik omborxona – bu hammasi 1.6 million dollar turuvchi Prevost H3-45 VIP. Ushbu gʻildirakli uy – uzoq masofali safarga ayni muddao. Balandligi boʻyicha ham top-5 treylerlar qatoriga kiradi. Sayohatchini unda isitiluvchi yogʻoch pol, shinam mebel va zamonaviy servis kutadi.

4. Featherlite Vantare Platinum Plus

2.5 million dollarga hozirgi kunda mavjud boʻlgan gʻildirakli uylarning eng hashamatlisini sotib olish mumkin. Uning har bir elementida hashamat bor. Uyda shift kristalli. Mebel Italiya marvarid terisi (dunyodagi eng qimmat) va ipakdan qilingan. Devor va pol marmardan yasalgan! Uyda 5 ta katta televizor va sport xonasi mavjud. Lekin hech narsa ushbu uyning sportkar uchun maxsus alohida garaji bilan tenglasha olmaydi.
5. Marchi Mobile Element Plazzo
Avstriyada loyihalashtirilgan va lyuks klasga tegishli eng hashamatli gʻildirakli uy. Eng katta, eng balandlardan biri va eng muhimi – eng funksiyalari koʻp gʻildirakli uy. Sayohatchi istaydigan deyarli hamma narsa unda bor. Togʻrisini aytganda, ushbu treyler xatto koʻp qimmat kvartiralardan ham yaxshiroqdir. Issiq pol, dinamik klimat boshqaruvi, eksklyuziv interyer – bu hali furgonning eng kichik qismi. Bu avtomobil – 3 million dollar turadi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



