Qiziqarli

Qaysi qoʻshiq? Endigina 100 yoshga toʻldim!

Qaysi qoʻshiq? Endigina 100 yoshga toʻldim!

Jizel DʼAli van Uotershut van der Graxt uzoq 1912 yilda tavallud topgan. Yuz yil umri davomida xali hamon oshxonada ovqat pishirishni bilmagan, xattoki tuxum qovurish yoki kartoshka qaynatishni ham.

Qaysi qoʻshiq? Endigina 100 yoshga toʻldim!

Uning otasi, maʼlumoti boʻyicha geolog, 1920 yillarda Shtatda Royall Shellda ishlagan. Uning oyligi va merosi butun avstriya qasrini boqishga yetardi.Hashamat va toʻqchilikka koʻmilgan Jizel kelajak haqida oʻylamasdi. Toki, 18 yoshida otasi unga: - Balki gulkarom boʻlib yotish yetar? Oʻzingni topish vaqti keldi, - demagunicha.

Jizel oʻylab koʻrdi va uning koʻngli sanʼatga tortayotganini tushundi. Shunday qilib u Parijga rassomchilikka oʻqigani ketdi. Shundan beri bir asr davomida u moʻyqalamni qoʻlidan tushurgani yoʻq. Oʻz asrida u qayerlarda boʻlmadi! Lekin xotirjamlikni Amsterdam markazidagi tomga chiqishi bor bahaybat kvartirada topdi.

Omdali rassom boʻlish bilan birga, Jizelning turmush qurishda ham omadi yurishdi. U Amsterdamning avvalgi meriga turmushga chiqdi. Biroq bu baxtli turmush 8 yilgina davom etdi. Erining bevaqt oʻlimidan soʻng Jizel mustaqil ijod qildi va pul toʻpladi – uning ijodi mashxur va boy kishilarga yoqar edi. Oʻzining ijod namunalarini sotishdan tushgan pulga, Jizel koʻp qavatli uyni sotib oldi. Lekin u oxirgi qavatda yashashni afzal koʻrdi. Oynalari har tomonga qaragan kvartirada yashash maroqli.

Unda janub yoʻnalishida rassomlik ustaxonasini tashkil qilish mumkin.

Toza havodan nafas olish uchun esa, xatto uydan chiqishning ham keragi yoʻq.

Qaysi qoʻshiq? Endigina 100 yoshga toʻldim!

Pishirishni bilmagani uchun oshxonaga zina tagidan kichkinagina joy ajratilgan. Lekin uzoq umrning sirlari bu yerda emas.

Qaysi qoʻshiq? Endigina 100 yoshga toʻldim!

Bu qari ayol, koʻrinishiga qaraganda faqat quyosh nurlariyu, ijodiy ilhom bilan oziqlangan.

Qaysi qoʻshiq? Endigina 100 yoshga toʻldim!

Yana u yosh bir yerga borib qolganiga qaramasdan uy gullariga qarab, parvarish qilishga ham kuchi yetgan.

Qaysi qoʻshiq? Endigina 100 yoshga toʻldim!

Qushlarga ham qaragan.

Qaysi qoʻshiq? Endigina 100 yoshga toʻldim!

Jizel koʻp oʻqigan.

Qaysi qoʻshiq? Endigina 100 yoshga toʻldim!

Interyerda yoqtirgan rangi – oq.

Qaysi qoʻshiq? Endigina 100 yoshga toʻldim!

Jizelning skulpturali portreti.

Qaysi qoʻshiq? Endigina 100 yoshga toʻldim!

Dugona-kampirlar bilan poker oʻynash mumkin boʻlgan mehmonxona.

Qaysi qoʻshiq? Endigina 100 yoshga toʻldim!

Yotoqxona.

Qaysi qoʻshiq? Endigina 100 yoshga toʻldim!

Jizel DʼAli van Uotershot van der Graxt 2013 yilning may oyida 100 yoshida oʻzining ustaxonasida vafot etgan. Oq shift, oq devorlar, koʻp quyosh va koʻchada mashinalarning tovushi – uning baxti uchun kerak boʻlgan narsalar.

Jizel barchamizga yuz yoshga yetish uchun “Hali yoshmanku!” degan fikr bilan yashashni oʻrgatishga harakat qildi.

Qaysi qoʻshiq? Endigina 100 yoshga toʻldim!
Qaysi qoʻshiq? Endigina 100 yoshga toʻldim!
Qaysi qoʻshiq? Endigina 100 yoshga toʻldim!
Qaysi qoʻshiq? Endigina 100 yoshga toʻldim!
Qaysi qoʻshiq? Endigina 100 yoshga toʻldim!
Qaysi qoʻshiq? Endigina 100 yoshga toʻldim!
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar