Qiziqarli

Eng yirik dollar kupyuralari, ular haqida bilarmidingiz?

Eng yirik dollar kupyuralari, ular haqida bilarmidingiz?

Quyida tariflangan va koʻrsatilgan kupyuralarning barchasi real – haqiqiy. Ushbu kupyuralar hech qachon umumiy muomalada aylanmagan, bulardan faqatgina federal zahira tizimidagi banklar oʻrtasidagi transaktsiyalarda foydalanilgan. Elektron pullar paydo boʻlgandan keyin pullar elektron tarzda oʻtkaziladigan boʻldi va bu kupyuralarga ehtiyoj qolmadi. Lekin shunga qaramasdan ularning baʼzilari bugungi kunda saqlanib qolingan.

Eng yirik dollar kupyuralari, ular haqida bilarmidingiz?

Ushbu kupyurada AQSHning 25 Prezidenti Uilyam Mak-Kinli tasvirlangan. Bunday pullar 1934 yildan to 1945 yilgacha muomalada boʻlgan. Bugungi kunda bunday kupyurani uchratish qiyin, ammo kollektsionerlarda topsa boʻladi. Shuningdek, bunday kupyurani valyuta ayirboshlash shohobchalariga taqdim qilsangiz, haqiqiy hisoblanadi.

Eng yirik dollar kupyuralari, ular haqida bilarmidingiz?

Bu kupyurada AQSHning 22 va 24 Prezidenti Stiven Grover Klivlend tasvirlangan. Amerika tarixida ikki marta Prezidentlikka saylangan yagona siyosatchi. Bu kupyura 1928 yilda muomalaga kiritilgan boʻlib,1969 yilda muomaladan chiqarildi. 

Eng yirik dollar kupyuralari, ular haqida bilarmidingiz?

Bu eng noyob kupyuralardan biri. 5000$ qiymatli kupyura hanuzgacha muomaladan chiqarilmadi. Bu kupyurani bankka depozitga qoʻyish yoki boʻlmasa uning evaziga kredit olish mumkin. Biroq hech kim bunday qilmaydi, chunki bu kupyura kamyob boʻlganligi sababli kollektsiya qilinadi va tabiiyki uning qiymati ancha yuqori boʻladi. Mazkur kupyurada AQSHning 4-Prezidenti Jeyms Medison tasvirlangan.

Eng yirik dollar kupyuralari, ular haqida bilarmidingiz?

Bu kupyurada AQSHda fuqarolar urushi davridagi davlat arbobi – Semon Portlend Cheyz tasvirlangan. Bu shaxs qullikka qarshi faol chiqishlar qilgan, boy odamlarning siyosiy nufuziga qarshi kurashgan va shu bilan birga AQSHning oliy bosh sudyasi boʻlgan.

Eng yirik dollar kupyuralari, ular haqida bilarmidingiz?

AQSHning 100 000$ lik kupyurasi hech qachon muomalada boʻlmagan. Ular faqatgina banklar oʻrtasidagi transaktsiyalar uchun foydalanilgan.

Eng yirik dollar kupyuralari, ular haqida bilarmidingiz?

Yana bir kupyura mavjud. Bu kupyuralar bor yoʻgʻi bir necha ekzemplyardagina chiqarilgan boʻlib, ularning har biri 1 million AQSH dollari qiymatiga ega. Mazkur kupyuraning himoya darajasi eng yuqori: yaʼni, maxsus qogʻoz, metallografik muxr, mikroshrift, mikronaqshlar, ultrabinafsha belgilar va hokazo.

Bu kupyura 1988 yilda chiqarilgan. Nima uchun shunday yirik kupyura chiqarilgan? Bir paytlar, 1987 yilning 20 aprelida Teri Styuard ismli shaxs Millionerlarning Xalqaro Assotsiatsiyasiga asos soladi. Bu tashkilot moliyaviy mustaqillikka erishish maqsadida barcha millionerlarni birlashtirishi kerak edi. Bu tashkilotga yoʻllanma sifatida Styuard ushbu kupyurani oʻylab topdi. 10 000$ lik kupyura bunga asos qilib olindi. 

Eng yirik dollar kupyuralari, ular haqida bilarmidingiz?

Boshqa yirik kupyuralardan farqli oʻlaroq bu kupyuraning narxi qiymatidan ancha past yuradi va “1 million dollar” degan yozuviga qaramasdan oddiygina suvenir hisoblanadi hamda kollektsiya buyumlari qatoridan joy oladi. Tashkilot parchalanib ketganidan keyin, mazkur kupyuralar auktsionlarda 100 dollar qiymatdan sotila boshlandi va asta-sekinlik bilan uning qiymati 9500 dollargacha koʻtarildi. Bugungi kunda bu kupyuraning qiymati qanchaligi nomaʼlum.

Ushbu yirik kupyuralardan tashqari 2$ lik kupyuralar ham bor. Bu kupyura hanuzgacha pul muomalasida bor va qiymati ham ikki dollarni tashkil etadi. Biroq baʼzi amerikaliklar 2 dollarlik kupyura omad keltiradi, deb ishonadilar, shu sababli ularni 50, baʼzan esa 100 dollar evaziga ham sotib olishga tayyorlar. 2$ lik kupyuralar juda kamyob, ularni muomalada uchratish juda qiyin. Shuning uchun ham koʻpchilik uni oʻziga esdalik uchun olib qoʻyadi. 

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar