Eplasang tutib ol: noodatiy baliq ovi uchun 10ta joy

Shotlandiya – golf, viski va losos baligʻiningvatanidir. Losos baliqlar qiroli hisoblanadi. Uni tutish uchun ham tvid(Shotlandiya milliy libosi) kiyib, qirollardek koʻrinishga ega boʻlish kerak.Shotlandiyada Spey va Tvid daryolari baliq ovi uchun juda qulay joydir.

Irlandiya – baliq ovi uchun Evropadagi qulay joylardanbiridir. Bu yerdagi daryo va dengiz suvlari turli xil baliq navlariga boydir:losos, olabugʻa (okun), gulmohi (forel), pikshi va hokazo. Irlandiyaliklarningmehmondoʻstligi tahsinga sazovordir. Ovingiz baroridan kelsa, uni siz bilannishonlash uchun hamisha odam topiladi.

Sloveniya nimasi bilandir Shotlandiyaga oʻxshaydi:katta boʻlmagan togʻli yer, daryolari forelga toʻla. Baliq ovlovchilarningasosiy maqsadi – Sloveniya faxri boʻlmish marmar lososni tutish.

Islandiya – yolgʻizlikda baliq ovlash uchun ajoyibmaskandir. Yoqimli manzara qurshovida Atlantika lososi va forel baliqlariningovi sizda katta taassurot qoldiradi. Osmondagi bulutlar, yarim tundagiyorugʻlik – bunday manzara hamma joyda ham uchrayvermaydi.

Janubiy Karolina (AQSH) dagi Hilton-Xed orolida akulaovi avj olgan. Orol atrofidagi suvlarda yirtqich baliqlar juda koʻp. Nahanglarsoni boʻyicha bu yer yuqori koʻrsatgichga ega. Ularning turli tumanliginiaytmaysizmi.

Avstraliya chuchuk suv havzalartida baramundi baligʻlari bor. Bu baliq botqoqlik loylarida oʻynashni yaxshi koʻradi. Baliq ovidanoʻzgacha zavq olishni istagan baliqchilar uchun bu ayni muddaodir. Faqat timsohlardan ehtiyot boʻlish zarur.

Viks – Puerto-Rikoning sharqidagi tropik oroldir,tarpon va albula baliqlarining klassik ovi uchun ajoyib maskandir. Odamlar ham bu yerda koʻp emas.

Mekong degan joyda baliqlarning turi juda koʻp. Yirikskat, marlin, tunets, dorado. Bu yerning afzalligi – baliq ovini plyajdagi hordiqbilan birgalikda olib borish mumkin.

Texasda olabugʻa baligʻining ovi anʼanadir. Bu baliqniMeksika chegarasi yaqinidagi Amistad koʻlida tutish mumkin.

Kubada marlin baliqlarini ovlar ekansiz, buyuk adibErnest Hemingueyni eslab oʻtmaslikning ilojisi yoʻq. U ham baliq oviningshaydolaridan biri boʻlgan. “Qariya vadengiz” asarida qari baliqchi bilan yirik marlin baligʻining olishuvinitasvirlagan. Adib xotirasiga bagʻishlab har yili karnaval va baliq ovi turniri boʻlib oʻtadi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



