Erkaklar kiyimlarini togʻri dazmollashdagi kichik qoidalar

Yuvilishi. Bilamizki, klassik uslubdagi koʻylaklar alohida yuviladi. Bunda koʻylak yoqasi va yenglarini chotka bilan ishqalab tozalash kerak. Bordi-yu koʻylak ishqalab yuvilsa, yoqa va yeng matosi bukilib koʻrinishini yoʻqotadi. Yuvilgan koʻylak ilgakka ilingan holatda quritilishi kerak.
Dazmollash.
Koʻylakni toʻliq qurimasidan dazmollagan maʼqul. Yoqasini avval tashqi tarafdan dazmollash kerak. Soʻng ichkari tomoni dazmollanadi. Koʻylak yoqasi buklanib chizigʻi boʻylab dazmollanmaydi.
Koʻylakning yengi uzun boʻlsa, avval manjetini dazmollash kerak. Huddi yoqasini dazmollagandek avval tashqarisidan soʻng ichkarisidan dazmollanadi. Tugma tikilgan qismi koʻylak kiyilgandek koʻrinishga keltirilib, ustidan yengil dazmollanadi.

Old qismini. Oʻng tarafining pastki qismidan boshlab yuqoriga qarata dazmollang. Bunda matoning qalin yoki yupqaligiga koʻra tashqari va ichkarisidan dazmol bosiladi. Tugmali joyining orasiga koʻproq ahamiyat qarating. Soʻng chap tarafini ham pasdan yuqoriga qarab dazmollang.
Orqa qismi. Koʻylak orqa qismi keng bichimda boʻlgani bois dazmollash uchun qulay. Bunda ishni chap tarafdagi chok tushirilgan qismidan oʻng taraf boʻylab harakatlantiriladi. Dazmol harakatini koʻylak qismlari birlashtirilgan choklar usti boʻylab yurgizing.

Yuvilishi. Klassik uslubdagi shimni ivitib yuvish tavsiya etilmaydi. Bunda matoning asl koʻrinishiga zarar yetib, oʻz shaklini yoʻqotishi mumkin. Chiziq tushirilgan shimlarni namlangan choʻtka yordamida tozalagan maʼqul. Matosining qalin yoki yupqaligiga ahamiyat bering. Chunki yupqa matoda suv dogʻlari saqlanib qoladi. Shu bois uni orqa tarafdan tozalash lozim.
Shimni quritish uchun ilgichdan foydalaning. Shimning chizigʻini tekislab ilgichga iling-da, quriting. Matosini ochib kir osadigan arqonga yoymang.

Dazmollash
Klassik uslubdagi shimlarga oʻta ehtiyotkorlik bilan dazmol bosish kerak. Ayniqsa yupqa matolisini avval ichki tarafdan dazmollab, soʻng past bosimda usti dazmollanadi.
- Shim chizigini toʻgʻirlab, dazmol stoliga uzunasiga qoʻying;
- Agar tizza qismida matodan buklamlar boʻlsa, dastlab oʻsha qismiga dazmol bosing.
- Dazmolni shimning pastki qismidan boshlab, yuqoriga qarata yurgizing. Avval bir tarafining ust qismini dazmollab,soʻng buklangan ikkinchi tarafini dazmollang. Shu tartibda shimni boshqa tarafga oʻgirib ishni bajaring.
- Oʻrtasidagi chizigʻi tekis chiqishi uchun orqa tarafdan bilintirmay sovun bilan chiziq chizish mumkin. Chizilgan chiziq bilan avval teskari tarafdan, soʻng old tomonidan dazmollanadi. Dazmollangan shim oʻz koʻrinishini yoʻqotmasligi uchun ilgichga osing.

Tozalash. Iliq suvga chotkani namlab, kostyum matosining ustki qismidan yurgiziladi. Agar biror yerida dogʻ boʻlsa, yumshoq rangsiz matoni iliq suvda namlab, dogʻ qismi artiladi.
Nam shoʻtkada tozalaganingizdan soʻng, albatta, ilgakka ilib ochiq joyda quriting. Tozalagach, darxol kiyim javoniga qoʻysangiz, matosi yaxshi qurimay nam hidi oʻrnashib qoladi.

Dazmollash. Kostyum matosi yupqa boʻlsa, uni avval ichki tarafdan dazmollang. Qalin matoli kostyumlar esa osilgan holatda tozalab quritiladi.
Shuningdek:
-kostyumni oʻrta bosimda orqa qismning ichki tarafini dazmollashdan boshlang. Asosiy eʼtibor kostyumning pastki sohasiga qaratiladi.
-old qismini dazmollashda ham yuqoridagi usuldan foydalanish mumkin. Bunda oldi qismining yoqasi bilan tutashgan sohasiga diqqat qiling. Aynan mana shu qismida matodan mayda burmalar hosil boʻladi.
Yenglarini dazmollash uchun mahsus tirgakni yengichiga joylab soʻng dazmol bosing. Shunda matoga chiziq tushurmay tekis dazmollanadi.

Boʻyinbogʻ
Tozalash. Boʻyinbogʻ matosida dogʻ qolishini hisobgaolib, suvda yuvish tavsiya etilmaydi. Yaxshisi boʻyinbogʻning dogʻ tekkanqisminigina namlangan mato bilan artibquritish kerak.
Dazmollash:
- Agar galstuk matosi gʻijimlangan boʻlsa, bogʻlam qismini ichkariga qaratib oʻrang va yigʻilgan dumaloq oʻram shakliga keltiring. Shu koʻrinishda 15-20 daqiqa qoldiring.
- Galstukni dazmollashdan avval tagiga qattiqroq qogʻozni qoʻyib, ustiga namlangan dokani yoping va dazmollashni boshlashingiz mumkin.

Tozalash: jinsi matosining ham turli koʻrinishlari mavjud. Baʼzilarining rangi chiqadi, baʼzilariga esa suvning taʼsiri bilinmaydi. Jinsi matosidan ishlangan shimlarni yuvishda alohida idishga suv toʻldirib, iliq suvda ivitiladi. Kimdir suvga ozroq tuz solib rangi chiqishidan himoyalansa, yana kimlardir faqatgina choʻtka yordamida ishqalaydi.
Shimni quritish uchun shakliga taʼsir etmaydigan koʻrinishda ilinishiga ahamiyat bering.

Dazmollash. Jinsi matosini dazmollashda shimning teskarisini oʻgiring.
Dazmol stoliga shimning bir tarafini tekis yoyib choklarini toʻgʻirlang. Dazmolni shimning pastki qismidan boshlab, yuqoriga qarata yurgizing. Agar tizza qismida matoning tortilishi yoki kengayishi boʻlsa, oʻsha qimiga koʻproq dazmol ishlating.
Ikkala tarafini dazmollagach, choʻntaklarini ichki tarafidan tekislang. Endi shimning oʻngini oʻgʻirib, ustidan avvalgi harakatlaringizni takrorlang.
Djinsi matosi dagʻal boʻlgani bilan dazmol haroratida kuyib, rangi oʻzgarishi mumkin. Shu bois haroratni oʻrtacha boʻlishiga eʼtibor qarating.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



