Fantastik gʻoyasini roʻyobga chiqarish uchun u 36 yil sarfladi. Endilikda u haqida butun dunyo gapirmoqda!

Xitoyliklarda “Qari jinni togʻni joyidan koʻchirda” degan naql bor. Bu ideoma, albatta muvafaqiyatga olib keladigan, sarkash irodali boʻlgan odamni ajratish uchun foydalaniladi. U, Xitoyning Guychjou provinsiyasida yashovchi, Xunya Dafaga juda toʻgʻri keladi. U oʻz hayotining oʻttiz olti yilini, qishloqni suv bilan taʼminlovchi, kanalni qurish uchun sarfladi.
Kao Vang Ba qishlogʻI boshligʻI Xuan Dafa

Xozirda Kao Vang Ba koʻkatlarda choʻmmoqda, 1995 yilgacha esa, bu yerlarda suv juda kam boʻlgan. Qishloqning joylashuvi shunday ediki, u tez tez qurgʻoqchilikdan aziyat chekar edi. Bu esa, mahalliy aholi hayotini havf ostiga qoʻyar edi. Suv ishlatishning qatʼiy qoidalari mavjud edi, ammo suv tanqisligi aholining yashashiga havf solishni boshlaganida, biron bir qatʼiy choralar koʻrish kerak boʻlib qoldi. 1959 yili Xuan, roʻyobga chiqarish uchun 36 mashaqqatli mehnatni talab etgan yillar kerak boʻlgan, loyihani inisiasiya qildi. Loyiha, togʻda kanal oʻyib, qoʻshni qishloqdan suv olib kelishni koʻzda tutgan edi.
Kanal suvni uch togʻ ortida joylashgan, Ie Byao qishlogʻidan olishi kerak edi

Xuan oʻz loyihasini taqdim etganida, uni amalga oshirish mumkinligiga xech kim ishonmagan edi. Biroq, oʻsha vaqtda 23 yoshda boʻlgan, Xuan baʼzi odamlarni ishontira oldi va ular oʻz hayotlarini katta havf ostiga qoʻyib, ishni boshladilar. U birinchi boʻlib 300 metrlik qoyada oʻsayotgan daraxtga arqonni bogʻladi. Bu narsa jarlik yoqasida ishlash vaqtidagi sugʻurta edi. “Agarda men bu narsani qilmaganimda, mening ortimdan boorish uchun xech kim oʻzida jasorat topa olmagan boʻlar edi”.
Ogʻir mehnat va taʼlim

Birinchi oʻn yillikda Xuan oʻz odamlari bilan, buning uchun elementar anjomlarni ishlatib, tonnelning faqatgina 100 metrini qazib ola oldilar. Bundan soʻng togʻda 90 metrlik tonnel qilingan edi. Xuan va ishchilar, unda suv yoʻqligini koʻrib, juda xafa boʻldilar. Ularning sugʻorish haqidagi bilimlari nolga tengligi aniq boʻldi. Xuan, Fensyan shahrida oʻqishni boshlash uchun, qazish ishlarini toʻxtatishga qaror qildi.
Yangi reja

Toʻqsoninchi yillar boshida Xuan oʻz qishlogʻiga qaytdi va ishchilar jamoasini boshchiligida ishlarni yana boshladi. 1995 yili ishlar nihoyasiga etkazilgan edi. Uzunligi 7200 metrlik kanal qurilgan boʻlib, yana undan 2200 metrlik tarmoq ham ketar edi.

Oʻz yaratuvchisi sharafiga nomlangan, Dafa kanali xozir Kao Vang Ba qishlogʻining faqat oʻzigagina emas balki, shu tumandagi boshqa yana uch qishloqlarga ham suv olib keladi. Mahalliy aholi bundan juda katta foyda topishdi: guruch etishtirish miqdori 25 tonnadan 400 tonnagacha ortdi. Xozirda Xuan 80 yoshda boʻlsada, u kanalning holati yaxshiligiga ishonch hosil qilish uchun, tanlovli koʻtarilishlarni amalga oshirib turadi.

Xozir Xuan Dafa qishloqqa elektr energiyasi va yangi yoʻl qurish imkonini beruvchi ishlarga koordinatorlik qilmoqda.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



