Foydali maslahatlar: Qora nuqtalarga qarshi 4 ta SUPER NIQOB



1 osh qoshiq suli yormasini maydalab, ustiga pichoq uchida soda qoʻshiladi. Borat kislotasidan 2-3 tomchi qoʻshib, soʻng qatiq bilan aralashtiriladi.
Tayyorlanayotgan niqob smetana koʻrishida boʻlishi lozim. Yuzning qaysi qismida qora nuqtalar bolsa, niqobni oʻsha yerga surtib, 15 daqiqadan soʻng yuviladi.

Bir pachka xamirturushga 3 % li vodorod peroksidini aralashtirib, boʻtqasimon massa hosil qilinadi. Tayyor niqobni yuzga aylanma harakatlar bilan surtib chiqiladi va 10 daqiqaga qoldiriladi. Niqobni iliq suvda yuvgach, muz boʻlakchalari bilan yuz artiladi. Soʻng, paxmoq sochiqqa teridagi namlikni singdirib, namlantiruvchi va oziqlantiruvchi krem surtiladi.

Bitta tuxum oqiga bir choy qoshiqdan limon hamda aloe sharbati qoshiladi. Aralashtirib, yuzning muammoli qismiga (yuzning hamma yeriga surtish tavsiya etilmaydi!) surtib chiqiladi. 15 daqiqadan soʻng, yuz iliq suvda yuviladi.

Bu niqob yuz terisida toshmalari hamda bezovtaligi boʻlmaganlarga tavsiya etiladi. Quritilgan bodyaga oʻsimligini talqon qilib, vodorod peroksidi bilan aralashtiriladi. Boʻtqasimon massa hosil bolishi lozim.
Niqobni yuzga surtib, 10 daqiqaga qoldiriladi.
Yuzni iliq suvda yuvib boʻlgach, albatta, krem surtishni unutmang.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



