Foydali

Garderobning universal libosi-kardigan haqida

Garderobning universal libosi-kardigan haqida

Agar uni kundalik libos sifatida sotib olsangiz, oʻzingizga qulay, toʻqilgan va tugmalar bilan bezatilgan turidan tanlaganingiz maʼqul. Biroq kalta kardiganlar boʻyi baland ayolarga yarashishi dargumon. Bunday kardigan past boʻyli honimlar qomatiga mos tushadi.

Garderobning universal libosi-kardigan haqida

Agar qomatingiz toʻladan kelgan boʻlsa, uzun kardiganlar tanlab, belingizga enli qayish yoki charm kamar yordamida urgʻu bering. Biroq kardigan tugmalarini qadasangiz, uning etagi qomatingizdagi kichik kamchiliklarni koʻzga tashlanishiga sabab boʻladi.

Garderobning universal libosi-kardigan haqida

Yorqin ranglarni hush koʻrsangiz, tizzagacha uzunlikdagi toʻqilgan kardiganni harir shifon koʻylak, toʻrli yoki gul tasviri tushirilgan libos bilan uygʻunlashtirish mumkin.

Garderobning universal libosi-kardigan haqida

Oʻrimli kardiganlar legginslar bilan juda ajoyib koʻrinish beradi, shim va qora kalgotkalar bilan juda mos tushadi.

Siz tanlagan kardigan yaltiroq iplardan ishlangan boʻlsa, oqshom libosi borasida tashvishlanmasligingiz mumkin.

Bu turdagi kardigan sotib olishda uning tugmali va ortiqcha detallarsiz boʻlishiga eʼtibor bering. Bunday kardigan bilan bashang koʻylak, uzun yubka yoki kombinezon  kiyish ham mumkin.

Garderobning universal libosi-kardigan haqida

Yopinchiq kardiganlar koʻrshapalak uslubida tikilgan yengga ega yoki yengsiz boʻlishi mumkin. Bunday kardigan yordamida yorqin oqshom uslubini yaratish ham mumkin. Yopinchiq kardigan qomatning yuqori qismiga hajm bergani tufayli, uni shim, leggings yoki qalin kalgotka bilan kiyish tavsiya etiladi.

Garderobning universal libosi-kardigan haqida
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar