Garri Potter haqida qiziqarli faktlar

Aladakidavra!!!
Barchamiz Garri Potter sarguzashtlarini maza qilib tomosha qilganmiz va keyinchalik ham qayta koʻrishimiz aniq. Lekin sahna ortida qanday ajoyib va kichik sirlar yashiringanini hamma ham bilavermaydi. Quyida siz uchun qiziqarli boʻlishi mumkin boʻlgan Joan Rouling asari asosida suratga olingan Garri Potter koʻp qisimli filmi haqida baʼzi faktlarni keltirib oʻtmoqchimiz.
Tasodifmi?

Garri Potterning tugʻilgan kuni 1980 yil, 31 Iyul. Joan Roulingning ham tugʻilgan kuni 31 Iyul, faqat 1966 yil.
Qari, lekin yosh

“Garri Potter va sirli xona” qismidagi Yigʻloqi Mirtel rolini ijro etgan aktrisa 37 yoshda boʻlgan. Hogvarts studentlarini ijro etganlar orasida eng yoshi kattasi.
@#*!

Roulingning asarida Ron Vizli personaji juda koʻp soʻkinardi, lekin nashriyotchi bunday tusda soʻzlashishni yosh oʻquvchilar uchun nooʻrin deb topdi.
J.K. – Just Kidding! (shunchaki hazil)

Erkak oʻquvchilarni jalb qilish uchun Roulingning nashriyoti unga haqiqiy ismi oʻrniga initsiallarini qoʻyishni taklif etdi. U J.K. ni tanladi – “K” uni buvisining ismi, Ketlin. Shunga qaramasdan “Ketlin” yoki “K” uning qonuniy ismi emas.
Spoyler xabar

Faqatgina Proffessor Sneypni oʻynagan aktyor Alan Rikman, oʻz obrazining keyingi taqdirini bilgan, chunki Rouling unga aytib qoʻygan.
Harakat qilibdiku!

Tom Felton boshida Garri Potter va Ron Vizli rollariga nomzodlik qilgan, lekin uni Draco Malfoy roliga olishgan.
Hayratlanarli

Garri Potter haqidagi faktlar orasida eng lol qoldiradigani, J. Rouling kitob yozish orqasidan milliarder (dollarda) boʻlib ketgan birinchi inson.

Garri Potterning ikkinchi filmida ishlatilgan uchar avtomobil, rekvizitlar orasidan oʻgʻirlab ketilgan. Uni 7 oydan keyin, politsiyaga qilingan anonim qoʻngʻiroqdan soʻng qayerdaligi topilgan.
Haqiqiy omadsizlik

Garri va Ron medalyonni sindirishni eplay olmagan va bu sahnada rolini toʻgʻri oʻynolmaganligi sababli Salazar Slizerin medalyonini 40 marta qayta yasashga toʻgʻri kelgan.
Rolga kirishish

Filmning asosiy uch qahramoni bilan yaqindan tanishish maqsadida, film direktori Aldonso Cuaron har biriga oʻzi haqida insho yozishni topshirgan. Oʻzlarining obrazlariga mos ravishda, Emma Watson 16 varroqli insho, Daniel Radcliffe oddiy bir betli insho yozgan. Rupert Grint esa, xatto, urinib ham koʻrmagan. Mana buni haqiqiy kasting desa boʻladi!
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



