Sayohat

Gavayi orollari toʻgʻrisida qiziqarli faktlar

Gavayi orollari toʻgʻrisida qiziqarli faktlar

Tinch okeanining shimoliy qismida Amerika Qoʻshma Shtatlarining 50-chi shtati joylashgan. Iliq tropik iqlim, okean urshovi, turli-tuman manzaralar – buning xammasi Gavayi orollarini turistlar va syorfingchilarning koʻnglini rom qiluvchi ajoyib maskanga aylantiradi.

Gavayi AQSHning Shimoliy Amerika qismiga kirmaydigan boʻlmagan yagona shtatidir.

Gavayi orollari toʻgʻrisida qiziqarli faktlar
Gavayi orollari toʻgʻrisida qiziqarli faktlar

Gavayining aholisi bir milliondan ortiq kishini tashkil etadi. Uning aksariyatini osiyoliklar (filippinliklar, xitoylar, yaponlar, koreyslar) tashkil etadilar. Mahalliy aholi bu yerda istiqomat qiluvchilarning bor-yoʻgʻi 5 foizni tashkil etgan.

Gavayi orollari toʻgʻrisida qiziqarli faktlar

Bu Tinch okeanining shimoliy qismidagi eng yirik orollar majmui boʻlib, ular bilan Sjimoliy Amerika oʻrtasida boshqa hech qanday orollar mavjud emas. Yaponiyagacha boʻlgan hududda esa faqat mittigina orolchalar uchrab turadi. Buning hammasi Gavayi orollarining muhim transportlik ahamiyatini belgilab bergan.

Gavayi orollari toʻgʻrisida qiziqarli faktlar

Kauai, Oaxu, Lanai, Molokai, Niixau, Kaxoolave, Maui, Gavayi – Gavayi orollari tarkib topgan 8 nafar asosiy orollar hisoblanadi. Shuningdek, uning tarkibida koʻplab kichik orollar ham mavjud.

Gavayi orollari toʻgʻrisida qiziqarli faktlar

Mauna-Kea togʻi shtatning eng yuqori nuqtasi boʻlib, u Gavayi orolida joylashgan. Togʻning balandligi 4205 metrga teng keladi. Agar togʻning balandligi okean tubida boshlab hisoblansa, uni 10200 metr deya qayd etish mumkin.

Gavayi orollari toʻgʻrisida qiziqarli faktlar

Gavayi orollarida atigi ikkita mavsum bor: quruq mavsum va yomgʻirlar mavsumi. Birinchisi may oyidan oktyabr oyiga qadar davom etadi, ikkinchisi esa oktyabrdan aprelgacha choʻziladi. Kunduzgi havoning oʻrtacha harorati Selsiy shkalasi boʻyicha - 31 gradus, tungisi esa - 24 gradusga tengdir. Qish paytida kunduzgi havoning oʻrtacha xarorati Selsiy boʻyicha - 28 gradusni, tungisi esa - 18 gradusni tashkil etadi.

Gavayi orollari toʻgʻrisida qiziqarli faktlar

Orollar majmui atigi 10 million yil avval paydo boʻlgan va quruqlik bilan hech qachon birlashmagan. Shuning uchun ham orollarda faqat shamol yoki toʻlqinlar olib kelgan jonzotlar yashashadi. Biroq Gavayi orollarida yoʻqolib ketish xavfi ostidagi jonzotlar AQSHning boshqa shtatlariga nisbatan koʻproq miqdorda istiqomat qiladilar. Eramizning 500-chi va 800-chi yillari orasida orollarga kelgan dastlabki polineziyaliklar bugungi kunga kelib umuman yoʻq boʻlib ketgan 70 ga yaqin qushlar turini aniqlashgan.

Gavayi orollari toʻgʻrisida qiziqarli faktlar

Bu yerdagi hududlarda koʻpincha toʻfondan keyin meduzani uchratish mumkin. Bunday toʻqnashuvning davomi juda achinarli boʻladi. Meduza bilan toʻqnash kelgan va kuygan teri qismiga maxsus vosita surtish kerak boʻladi. "Urina" nomi bilan tanilgan bu vositani faqatgina eng zarur paytlarda ishlatish lozim.

Akulalar hujumi ham juda kam boʻlsa-da, sodir boʻlib turadi. Hamlaning asosiy sababi shundaki, akula sizni oʻlja bilan adashtirib qoʻyishi mumkin. Aslida, Vaykikida mashina osti qolish xavfi akulaning yemishiga aylanish xavfidan balandroqdir.

Gavayi orollari toʻgʻrisida qiziqarli faktlar

AQSHning barcha shtatlari ichida Gavayi orollarda ishlayotgan ayollar sonining foiz koʻrsatkichi eng baland, yanʼi 60% dan ortiq.

Gavayi orollari toʻgʻrisida qiziqarli faktlar

AQSHdagi eng uzoq umr koʻruvchi insonlari aynan Gavayi orollarida yashaydilar. Umr davomiyligi koʻrsatkichi erkaklar orasida 75 yilni, ayollar orasida 80 yilni tashkil etadi.

Gavayi orollari toʻgʻrisida qiziqarli faktlar

Gavayi orollarining rasmiy tili – gavayi va ingliz tillari hisoblanadi. Gavayiliklarning 74% i uchun ingliz tili ona tili sanaladi.

Gavayi orollari toʻgʻrisida qiziqarli faktlar

Chunki buning zarurati yoʻq - axir yil davomida orollarda yoz hukm suradi.

Gavayi orollari toʻgʻrisida qiziqarli faktlar

Syorfing polineziyaliklar tomonidan taxminan ming yil avval oʻylab topilgan. Uning asl nomlanishi esa “heenalu”dir.

Gavayi orollari toʻgʻrisida qiziqarli faktlar

Gavayi orollari jilmayuvchi oʻrgimchak (Happy Face Spider), (Theridion grallator) ning istiqomat qilish muhitiga rosa mos keladi.

Gavayi orollari toʻgʻrisida qiziqarli faktlar

Gavayi AQSH ichidagi chegarasida birorta ham toʻgʻri chizigʻi boʻlmagan yagona shtatdir.

Gavayi orollari toʻgʻrisida qiziqarli faktlar

Shuning bilan birga, u monarx qutlanadigan yagona shtat ha hisoblanadi. Gavayiliklar 11 iюn kuni Kamexamexi Qiroli kunini nishonlaydilar (King Kamehameha Day). U orollarini birlashtira olganligi bilan mashhurlikka erishgan.

Gavayi orollari toʻgʻrisida qiziqarli faktlar

Qadimgi gavayiliklar semizlikni maftunkorlik deya hisoblaganlar.

Gavayi orollari toʻgʻrisida qiziqarli faktlar

Gavayi orollarining oʻz vaqt mintaqasi bor.

Gavayi orollari toʻgʻrisida qiziqarli faktlar

Oy va Marsga uchishga tayyorgarlik koʻrayotgan astronavtlar, Mauna-Loa (Mauna Loa) lavali dalalarida piyoda yurish bilan tayyorgarlik koʻradilar.

Gavayi orollari toʻgʻrisida qiziqarli faktlar

Gavayi orollaridagi odamlar umrining davomiylik koʻrsatkichi oʻrtacha 81,3 yoshni tashkil etadi.

Gavayi orollari toʻgʻrisida qiziqarli faktlar

Shunga qaramay gavayiliklar AQSH boʻyicha kishi boshiga eng koʻp konservalangan dudlangan goʻsht isteʼmol qiladilar.

Gavayi orollari toʻgʻrisida qiziqarli faktlar

Gavayida qancha vaqt yashaganingizdan qatʼiy nazar, agar siz Gavayi orollarida tugʻilmagan boʻlsangiz, siz gavayilik emas, "mahalliy" deb hisoblashadi.

Gavayi orollari toʻgʻrisida qiziqarli faktlar

AQSHda rasmiy til boʻlmaganiga qaramasdan Gavayi orollarida ikkita rasmiy til ingliz va gavay tillari mavjud.

Gavayi orollari toʻgʻrisida qiziqarli faktlar

Gavayi orollari hududlariga reklama taxtalarini oʻrnatish taʼqiqlangan.

Gavayi orollari toʻgʻrisida qiziqarli faktlar

Vulqonning doimiy faolligi tufayli katta orol yiliga 17 gektarga kengayadi.

Gavayi orollari toʻgʻrisida qiziqarli faktlar

Aslida, Kilauea Yerdagi eng faol vulqon hisoblanadi. Uning nomi "otiluvchan" deya tarjima qilinadi.

Gavayi orollari toʻgʻrisida qiziqarli faktlar

Qora marjon shtatning qimmatbaho toshi boʻlib, aslida u tosh emas, tirik jonzotdir. Bu qimmatbaho toshi maʼdandan iborat boʻlmagan dunyodagi yagona davlat sanaladi.

Gavayi orollari toʻgʻrisida qiziqarli faktlar

Katta orolning Sharqiy qismi dunyodagi eng koʻp yogʻingarchilik roʻy beradigan joy hisoblanadi. Uning gʻarbiy qismida esa yogʻingarchilik deyarli hech qachon boʻlmaydi.

Gavayi orollari toʻgʻrisida qiziqarli faktlar

Aslida, dunyodagi eng yomgʻirli joy - Kauai orolida joylashgan Vaialeale (Waialeale) togʻi sanaladi. Bu yerda har yili 11 684 millimetr yogʻin-sochin yomgʻir koʻrinishida yogʻadi.

Gavayi orollari toʻgʻrisida qiziqarli faktlar

Gavayi alifbosida atigi oʻn uchtagina harf bor.

Gavayi orollari toʻgʻrisida qiziqarli faktlar

Bu yerliklar tilidagi har bir soʻz unli harf bilan tugaydi. Shu bilan birga, har bir boʻgʻin unli harf ila yakunlanadi.

Gavayi orollari toʻgʻrisida qiziqarli faktlar

Gavayi sayyoramizdagi eng uzoq qismda joylashgan va alohida boʻlgan aholi yashash markazi hisoblanadi.

Gavayi orollari toʻgʻrisida qiziqarli faktlar

Gavayi orollarida aholi vakillari hamiga ozchilikni tashkil etib kelgan. Aslida, mahalliy aholining aksariyat qismi aralashgan etnik nasl-nasabga ega.

Gavayi orollari toʻgʻrisida qiziqarli faktlar

Orollarda ilonlarning yurishi taʼqiqlangan, hayvonot bogʻidan tashqari hududlarda, albatta.

Gavayi orollari toʻgʻrisida qiziqarli faktlar

Molokai orolida dunyodagi eng baland dengiz qoyalari joylashgan.

Gavayi orollari toʻgʻrisida qiziqarli faktlar

Gavayi orollari qahva, kakao va vanilli dukkaklar yetishtiriladigan AQSHning yagona shtati hamdir.

Gavayi orollari toʻgʻrisida qiziqarli faktlar

Orollarda atigi ikki nafar endemik sut emizuvchilar - gavayi rohib-tyuleni va kulrang paxmoqdum istiqomat qiladi.

Gavayi orollari toʻgʻrisida qiziqarli faktlar
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar