Qiziqarli

Haddan tashqari qimmatligi bilan ajralib turuvchi 10 ta noyob xoʻl meva

Haddan tashqari qimmatligi bilan ajralib turuvchi 10 ta noyob xoʻl meva

Suvli shaftoli yoki karsillagan olmani yeyishni hamma yaxshi koʻradi. Biroq shunday mevalar ham bor ekanki, ularning qimmat narxi odamni choʻchitib yuboradi.

Yubari qovuni

Haddan tashqari qimmatligi bilan ajralib turuvchi 10 ta noyob xoʻl meva

Yubari qovuni Yaponiyaning Xokkaydo oroli issiqxonalarida yetishtiriladi. Bu dumaloq shakldagi qovunning taʼmi juda shirin. Uning oʻrtacha narxi $ 300, biroq 2 ta eng qimmati auktsionda $27 000 ga sotilgan.

Densuke qora tarvuzi

Haddan tashqari qimmatligi bilan ajralib turuvchi 10 ta noyob xoʻl meva

Oʻzgacha shirin taʼmi bilan ajralib turuvchi bu tarvuz Yaponiyaning Xokkaydo orolida yetishtiriladi. Bu tarvuzning poʻstlogʻi toʻq yashil rangda boʻlgani uchun qora tarvuz deb ataladi. Bu tarvuzning oʻrtacha narxi $ 250 turadi, biroq eng kattasi auktsionda $ 6 100 ga sotilgan.

Ruby Roman navli uzum

Haddan tashqari qimmatligi bilan ajralib turuvchi 10 ta noyob xoʻl meva

Yapon selektsiochilari tomonidan yetishtirilgan bu qizil uzum navi dunyodagi eng qimmat uzumdir. Har bir donachasining kattaligi ping-pong koptoʻgiga teng, mazasi esa oʻzgacha shirin. Bir bosh uzum narxi $ 65 turadi, biroq 2016 yilda 700 grammga teng boʻlgan bir bosh uzum $ 10 900 ga sotilgan.

“Quyosh tuxumi” nomli mango

Haddan tashqari qimmatligi bilan ajralib turuvchi 10 ta noyob xoʻl meva

Mangoning bu turi 350 grammga teng va mazasi juda shirin. Bu mangoning bir jufti Yaponiyada $ 3 000 ga sotilgan.

Kvadrat shaklidagi tarvuz

Haddan tashqari qimmatligi bilan ajralib turuvchi 10 ta noyob xoʻl meva

Bu tarvuzni Sikoku yapon orolining fermerlari yetishtirganlar. Bunday shaklga keltirish uchun ularni maxsus kub-konteynerlarga joylashtiradilar. Unday tarvuzlarni parvarishlash juda qiyin. Ular oxirigacha pishib yetilmasliklari mumkin. Shuning uchun kvadrat shaklidagi tarvuzlarni asosan dekoratsiya maqsadida sotib oladilar. Masalan vitrinalarni bezatish uchun. Ularning narxi $ 200 dan $ 800 gacha.

Mevali butik qulupnayi

Haddan tashqari qimmatligi bilan ajralib turuvchi 10 ta noyob xoʻl meva

Bir qarashda oddiy koʻringan bu qulupnay navi yuzlab boshqa navlar ichidan tanlab olingan. U ideal formasi bilan ajralib turadi. Bu qulupnay Tokioning hashamatli meva salonida sotiladi. 12 dona qulubnay qadoqlangan idish $ 69 turadi.

Sekai Ichi olmasi

Haddan tashqari qimmatligi bilan ajralib turuvchi 10 ta noyob xoʻl meva

Bu olma navi yapon selektsiochilarining faxridir. Bir olmaning ogʻirligi 2 kg gacha yetishi mumkin. Yaponlar bunday olmalarni noyob ozuqa deb hisoblaydilar va asosan bayram kunlari isteʼmol qiladilar. Har bir olma $ 21 turadi.

Dekopon

Haddan tashqari qimmatligi bilan ajralib turuvchi 10 ta noyob xoʻl meva

Dekopon ham Yaponiyada yetishtirilgan boʻlib, mandarin va apelsin gibrididir. Taʼkidlashlaricha, bu dunyodagi eng mazali sitrus – shirin, ozgina nordon va juda suvli. U $ 13 turadi.

Budda shaklidagi noklar

Haddan tashqari qimmatligi bilan ajralib turuvchi 10 ta noyob xoʻl meva

Kichik budda shaklidagi noklarni yetishtirishni Xitoy fermerlari oʻylab topdilar. Ular mevalarga plastik formalarni biriktirib chiqadilar va noklar yetilganda kichik skulptura shakliga kiradilar. Bunday noklarning har biri $ 9 turadi.

Gokusen banani

Haddan tashqari qimmatligi bilan ajralib turuvchi 10 ta noyob xoʻl meva

Gokusen banani dengiz sathidan 500 metr balandlikda boʻlgan Filipinlarning toza hududida oʻsadi. Bu banan navi yuzlab navlardan yetishtirilgan boʻlib, oddiy bananlardan shirinligi, yoqimli hidi va mayinligi bilan ajralib turadi. Shunday 1 ta banan 200 gramm ogʻirlikka ega boʻlib, $ 6 turadi.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar