Qiziqarli

Har bir ayolni yoshroq koʻrsatishi aniq boʻlgan 10 ta pardoz siri

Har bir ayolni yoshroq koʻrsatishi aniq boʻlgan 10 ta pardoz siri

Bugungi kunda terini yoshroq koʻrsatish uchun oʻylab topilgan pardoz turi mavjud boʻlib, unga gym-skin deya nom berilgan. Uning asosiy xususiyatiga shundaki, yaratilgan obraz avvalo musaffolikni oʻzida jamlaydi. Shuning uchun bu kabi pardoz turi bilan sport zali tomon yoʻl olish, doʻstlaringiz bilan birga raqs tushish uchun koʻngilochar maskanlarga borishingiz ham mumkin. Bu kabi pardoz jarayoni uchun sizga faqatgina xaytayler, yaltiroq sivorotka, krem rangli pudra va och rangli rumyana kerak boʻladi. Avvaliga teri ustiga namlantiruvchi krem surtiladi, uni uqalovchi harakatlar bilan surtib chiqsangiz, terida qon aylanishi yaxshilanib, toʻqimalar kislorod bilan toʻyinadi. Xaytayler asosan peshona, burun, iyak hamda qosh ostida surtib chiqiladi. Pardozning qolgan qismini esa istakdan kelib chiqib bajaraverasiz: istasangiz lablar va koʻzlarni butunlay boʻyamaslik ham mumkin. Romantik obraz yaratish uchun esa kipriklarga biroz oro berishning oʻzi yetarli boʻladi. 

Har bir ayolni yoshroq koʻrsatishi aniq boʻlgan 10 ta pardoz siri

Agar birinchi pardoz turi siz uchun qiyinroq tuyulgan boʻlsa uning osonroq usuliga ham diqqat qaratish mumkin. Terining yosh koʻrinishidagi asosiy sir - uni namlantirish ekanligidan xabaringiz bor, albatta. Bu haqida avvalgi boʻlimda ham aytib oʻtgandik. Bundan tashqari, aksariyat tonal kremlar odatda terini quritib yuboradi. Teringiz hamisha chiroyli va tekis koʻrinishga ega boʻlishini istasangiz, tarkibida namlantiruvchi moddalar boʻlgan tonal kremlariga diqqat qarating. Ushbu vositalar oʻz tarkibi tufayli teri ustiga tekis joylashadi va ajinlar bor yerlarda yigʻilib qolmaydi. Shuningdek, vaqtingiz boʻlganda yuzingizni tabiiy niqoblar bilan siylab turishni ham unutmang. 

Har bir ayolni yoshroq koʻrsatishi aniq boʻlgan 10 ta pardoz siri

Koʻz osti terisi juda nozik boʻlgani sababli u boshqa sohalarga nisbatan tezroq zararlanadi. Ammo bu narsa koʻz osti hududlariga konsilerni ayamay surtish uchun asos boʻlmasligi kerak. Ushbu vositaning koʻpi ham hunuk koʻrinadi, asta-sekin ajinlar ham bilinishni boshlaydi. Shu sababli koʻz osti sohasini pardoz qilishda korrektordan foydalanish va meʼyor tushunchasiga diqqat qaratish tavsiya etiladi. 

Har bir ayolni yoshroq koʻrsatishi aniq boʻlgan 10 ta pardoz siri

Ayol kishining yoshi kattalasha boshlagach, qoshlar yaqqolroq egiladi va ikki uchi siyraklasha boshladi. Ushbu muammoni hal qilish uchun qoshlarni tabiiy koʻrinishda saqlashga harakat qilish kerak xolos. Bundan tashqari, ularni boʻyash uchun imkon qadar tabiiy rangdagi boʻyoqlardan foydalaning. Qop-qora rangli boʻyoq ingichka qoshlarni ikki karra hunukroq koʻrsatishi bor gap.

Tabiiy boʻyoqlar tanlash esa muammoni osonlikcha hal qila oladi. Qoshlaringiz tabiatan qora rangda boʻlsa, ularni ten bilan boʻyamang, shunchaki qalam yordamida shakl berib, kerakli joylariga birozgina oro berilsa yetarlidir.

Har bir ayolni yoshroq koʻrsatishi aniq boʻlgan 10 ta pardoz siri

Koʻzlarning har bir tomonini qalin qilib boʻyashni stilistlar didsizlik belgisi sifatida taʼriflaydilar. Bu boradagi asosiy cheklov koʻzning pastki qismiga tegishli boʻlib, mazkur hududni boʻyash koʻzlarning juda kichik, toliqqan va notabiiy koʻrinishiga sabab boʻladi. Yoshingizni aslidan kattaroq qilib koʻrsatmaslik uchun ularni imkon  qadar tabiiy usulda boʻyang. Imkon boʻlsa koʻzning pastki tomonini boʻyashdan voz keching, oʻta zarur boʻlgan holatlarda jigarrang tendan ozroq foydalanish mumkin. Bundan tashqari, boʻyoq bilan koʻzning faqatgina tashqi burchaklariga oro berilishi ham nisbatan toʻgʻri tanlov. Bundan tashqari, ten tanlashda nafis ranglarga diqqat qaratish kerak.

Har bir ayolni yoshroq koʻrsatishi aniq boʻlgan 10 ta pardoz siri

Yuzga hunuk koʻrinish beruvchi jihatlarning yana biri qalin qilib boʻyalgan kipriklardir. Bir necha qavat tushdan iborat boʻlgan kipriklar pardozi yoshingizga yosh qoʻshib qoʻyishi aniq.

Kipriklar masalasiga toʻxtaladigan boʻlsak, ular ham qoshlar kabi yosh ulgʻayishi bilan asta-sekin siyraklashishni boshlaydi. Ammo, ularni tush bilan boʻyash orqali qalinroq koʻrsatish mumkin. Shuni eʼtiborga olingki, tush qoldiqlari qovoqning yuqori qismida qolib ketmasligi kerak. Bu kabi pala-partish izlar obrazning chiroyli boʻlishiga toʻsqinlik qiladi. 

Har bir ayolni yoshroq koʻrsatishi aniq boʻlgan 10 ta pardoz siri

Imkon topa olsangiz, kipriklarni tush yordamida boʻyash usuliga emas, zamonaviy kiprik ekish muolajalariga murojaat qiling. Agar tushdan foydalansangiz, tush bilan boʻyashdan avval kipriklarni qayirib oling. Tushning birinchi qavati toʻliq quriganidan keyin ikkinchi qavatni ham surtish mumkin boʻladi. Boʻyalgan kipriklar bir-biriga yopishib qolguday boʻlsa, ularni maxsus choʻtka yordamida ajratib chiqish mumkin. 

Har bir ayolni yoshroq koʻrsatishi aniq boʻlgan 10 ta pardoz siri

Aksariyat ayollar lablarni imkon qadar kattaroq koʻrsatish uchun lab chetini atayin kontur qalami bilan kattaroq qilib chizishga harakat qiladilar. Bu esa yakuniy koʻrinishning hunuk va notabiiy boʻlib chiqishiga olib keladi. Agar lablaringiz chiroyli koʻrinishini istasangiz, uning markaziy qismiga ochroq tusdagi boʻyoq surtish kifoya. Chiziqlarni aniq koʻrsatib qoʻyish shart emas, shuni unutmang.

Dudoqlarni toʻgʻri usulda boʻyash uchun ularning yuqori qismini oʻzaro kesishgan chiziqlar bilan pardozlash kerak. Pardoz avvalida lab boʻyoqlarining tabiiy rangdagi turlaridan tanlab oling. Och pushti, siyohrang, jigarrang, yorqin qizil rangli boʻyoqlar kundalik pardoz uchun aslo toʻgʻri kelmaydi.

Har bir ayolni yoshroq koʻrsatishi aniq boʻlgan 10 ta pardoz siri
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar