Har bir inson foydali boʻlgan 15 psixologik layfxak

1.Birguruh insonlar umumiy narsa haqida kulayotgan paytlari har bir inson tabiiy tarzda oʻziga koʻproq yoqadigan, yaqin insonga aylanishni istaydigan yoki yaxshi koʻradigan odami tomonga qaraydi.

2.Jiddiy ishni boshlashingiz kerak boʻlsayu, asabiylik holatidan qutula olmasangiz, saqich chaynab oling. Bu insonning tinchlanishi uchun yordam beradi, ong tanovul paytida odamning xavfsiz holatda ekanligini qabul qiladi va asabiylik holati bartaraf etiladi.

3.Biror inson jahl va gʻazab holatida sizga qattiq ovoz bilan gapirib yuborsa, unga javob qaytarmang. Tinch holatni saqlang, balki bu suhbatdoshingizni yanada jazavaga tushirib qoʻyar, ammo tinchlanib olgach, tabiiy ravishda aybdorlik hissini tuyadi.

4.Agar suhbatdoshingizning biror javobi sizni qoniqtirmasa yoki savolingizga toʻliq javob bermaydigan boʻlsa ortiqcha savol bermang. Uning koʻzlariga diqqat bilan qarab turing, bunday vaziyatda u suhbatni davom ettirishga majbur boʻladi.

5.Ruhshunoslarning aytishlaricha, hissiyotlarimiz mimikaga taʼsir qilish bilan birga buning aksi ham boʻlishi mumkin ekan. Agar oʻzingizni baxtli his qilmoqchi boʻlsangiz, imkon qadar kulib turing. Oqibatda tabassumingiz samimiy kulguga aylanadi.

6."Menimcha" va "Oʻylashimcha" soʻzlarini gap boshida kamroq ishlating. Bu insonning oʻz soʻziga unchalik ham ishonmasligi, jumlaning shubha ostida ekanligini bildiradi.

7. Muhim uchrashuv oldidan suhbatdoshingizni eski doʻstingiz deya tasavvur qiling. Ana shunda oʻzingizni erkinroq his qilishingiz va kamroq havotirlanishingiz mumkin boʻladi.

8.Agar biror insonni koʻrgan paytda sal boʻlsa ham shod ekanliginingizni bildirib qoʻysangiz, vaqti kelib oʻsha odamni haqiqiy hursandchilik bilan kutib oladigan boʻlasiz.

9.Oʻzingizdagi taʼsirchanlikdan qutulish uchun harakatga kirishing. Ruhshunoslarning aytishlaricha, insondagi ortiqcha bezovtalikdan halos boʻlishni asta-sekinlik bilan oʻrganish va sunʼiy ravishda shakllantirish mumkin.

10.Stressning jismoniy belgilari koʻp jihatdan shodlik holatiga oʻxshaydi: nafasolishi ogʻirlashadi, yurak urishi tezlashadi va hokazo. Shu sababli ham ozroq harakat bilan stressning oʻrnini shodlikka almashtirish mumkin.

11.Odatda insonlar boshqa odamdagi oʻziga boʻlgan ishonch va biror ishni yaxshi bilish tajribasi farqini ajrata olishmaydi. Shu sababli sizni tanimagan inson tasavvurida oʻziga ishongan kishi qiyofasini gavdalantira olsangiz, u sizni boshqalardan tajribali va bilimli deb biladi.

12.Odamlar bilan ishlaydigan kasb egasi boʻlsangiz, ishxonangizga koʻzgu joylashtiring. Inson hamisha oʻz aksini chiroyli va xushmuolama qiyofada koʻrishni istaydi.

13.Majlis payti biror odam sizni tanqid qilishi haqida bilsangiz, unga yaqinroq oʻtirib oling. Bu kishilar orasida koʻrinmas iliqlik hosil qiladi, tanqidlar ham ayovsiz boʻlmaydi.

14.Ilk bor uchrashuvga chiqayotganda uning uchun chiroyli va yoqimli joy tanlang. Bunday maskan kishida ijobiy hissiyotlarni paydo qiladi, keyinchalik hududdagi ijobiy hissiyotlar sizning qiyofangizni gavdalantiradigan boʻladi.

15.Ilk bor biror inson bilan tanishgan paytda uning koʻzlariga qaraganda qorachiqlariga diqqat qiling. Koʻzlar toʻqnash kelganda, qarshingizdagi insonda sizga nisbatan ishonch hissi paydo boʻladi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



