Har bir ota-ona bilishi kerak boʻlgan eng muhim qoidalar

1. Bolangiz siz kabi boʻlishini kutib oʻtirmang. Aynan biror insonga oʻxshashini ham orzu qilmang. Uning oʻzligi bilan uygʻayishi va shaxs sifatida rivojlanishi uchun imkon bering. Kerak paytda qoʻllab-quvvatlang va zarur boʻlganda qatʼiylik ham koʻrsating.

2. Shaxsiy namuna kuchi haqida koʻp bor eshitgan boʻlsangiz kerak. Oʻzingiz tamaki shinavandasi boʻla turib, bolaga bu ish zarar ekanligini hech qachon tushuntira olmaysiz. Bolalar odatda maktab yoshida boʻlgan paytlari ota-onalarining ishlarini akrorlay boshlashadi. Oʻzingizni munosib tutsangiz, farzandingiz ham shunday boʻlib ulgʻayadi.

3.Taʼqiqlardan uzoqroq boʻling. Shuni unutmangki, taʼqiqlangan narsalar hamisha qiziqarli boʻladi. Yaxshisi farzandingizga bu ishning nima uchun taʼqiqlanganini tushuntirib bering hamda oqibatlari haqida soʻzlang.

4.Chegaralar doimiy boʻlishi kerak. Bugun mumkin boʻlmagan narsaga kun oʻtgach ruxsat bermang. Talablaringiz va chegaralar hech qachon oʻzgarmasin. Bu bolalarning hayoli va shakllanayotgan tushunchalarini mutlaqo chalgʻitibyuboradi.

5. Bolani "Omadsiz" , "Ahmoq " , "Qoʻpol " deya haqorat qilmang. U asta-sekin oʻzining aynan shunday ekanligini qabul qilib, kelajakda ham shunday inson boʻlib oʻsadi. Uyingizda bolalar tarbiyalanar ekan, har bir harakatingiz, har bir soʻzingiz va har ishingizda ehtiyotkor boʻling. Ularning qalbi juda nozik boʻladi!

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



