Har qanday insonni hayratlantira oluvchi tarihdagi eng noodatiy sovgʻalar

Erkaklar uchun noanʼanaviy va ayollar uchun nodir sovgʻalar talaygina. Insonning qiziqishlari va didini bilgan holda esa foydali va amaliy sovgʻa tanlash mumkin. Biroq, shunday sovgʻalar ham uchraydiki, ular nafaqat sovgʻa oluvchini hayratda solgan, balki butun dunyoni lol qoldirib, tarixga kirgan ham.

Maydoni 500 akrdan oshadigan bu kattakon orol koʻrinishidagi kichikgina sovgʻa oshiq boʻlib qolgan yunon multimilliarderi tomonidan oʻz maʼshuqasiga tuhfa qilingan edi. Abadiy romantik Aristotel Onanis bu Yerdagi jannatni bolaligidan orzu qilgan.
Balandlikdan qaraganda xavfli xashorat – chayonni eslatuvchi ushbu noyob orol toʻy oldi sovgʻasi sifatida Jaklin Kennedi – oshiq boʻlib qolgan milliarderning tanlagan yori, yaʼni AQSH prezidenti Jon Kennedining taniqli bevasiga tegdi. Bu juftlik toʻyi aynan shu orolda oʻtkazilgan. Biroq orol merosxoʻrlar mulki tarkibida qolmadi.
Milliarderning nabirasi Afina bobosining bu ajoyib sovgʻasini kim oshdi savdosiga qoʻyishga va uning uchun 1,5 mln AQSH dollarini tushirishga ijozat bergan edi.

Koʻchmas mulk ham koʻp hollarda sovgʻa qilish obyektiga aylanadi. Lekin Karl Borromeo oʻz sovgʻasi bilan sevimli xotini Izabellani hayratda qoldira oldi. U ayolga Italiyaning mittigina orolida joylashgan qalʼani tuhfa qildi. Qalʼaga juda serhasham ishlov berilgan va shuningdek unda ekzotik oʻsimliklar kolleksiyasi mujassam.

Qadimiy va juda goʻzal qalʼa koʻrinishidagi sovgʻa Ketrin Zeta-Jonsga ham nasib qildi. Bunday gʻayrioddiy sovgʻani unga uning eri, nafaqat taniqli Golivvud aktyori, balki mehribon, gʻamxoʻr er va tuzalmas romantik -Maykl Duglas tuxfa qilgan. Taniqli shajaraga oid bu goʻzal qalʼa mutaxassilar tomonidan besh million AQSH dollaridan ziyodga baholandi.

Bu nazokatli tuhfa xaqidagi afsonaga ikki ming yildan koʻp boʻldi. Mark Antonio mashxur sohibjamol Kleopatraning yuragini zabt etish maqsadida boʻysunmas va serviqor xoqon ayolni eng kutilmagan sovgʻalar bilan lol qoldirishga uringan.
Tarixga kirgan sovgʻa sevib qolgan yigit tomonidan vino bokalida taqdim etilgan. Xaqiqatda esa uning ichida dunyodagi eng katta marvarid yashiringan edi. Antonio agar sovgʻa taassurot baxshida etmagan boʻlsa malikaga uni dengizga vino bilan toʻkib tashlashni taklif qilgan edi.

Bu sovgʻa koʻproq hayrat va xijolatga qoʻyuvchi qiyofaga ega, agar Van Gogning ismi boʻlmaganda sovgʻasi ham juda mashxur boʻlib ketmas edi... Taniqli rassom behad gʻalati shaxs boʻlgan va tarixda nafaqat oʻzining mashxur suratlari bilan, balki telbalarcha qiliqlari bilan ham iz qoldirgan. U Rashel ismli ayolga dastroʻmolga ehtiyotkorlik bilan oʻralgan qulogʻini sovgʻa qilgan.
Bunday tentakona qiliqqa uni undagan narsa ayolning uning quloqlariga maftunligi toʻgʻrisida ehtiyotsizlik bilan aytgan gapi boʻldi. Bunday sovgʻadan uning qay tarzda taʼsirlanishini oldindan ham tasavvur qilish qiyin emas edi. U shu joyning oʻzida xushini yoʻqotdi, oʻziga kelganida esa shosha-pisha politsiyani chaqirdi.

Ozodlik xaykalini amerikaliklar oʻz qoʻllari bilan barpo qilgan emaslar, aslida, uni fransuzlardan sovgʻa sifatida qabul qilib olishgan. Bu Amerika mustaqilligining 100-yilligi sharafiga oʻziga xos doʻstona tortiq boʻlgan. Oxir-oqibat Amerikaning timsoliga aylangan xaykal muxandis Bertoldi tomonidan yaratilgan edi.
Bertoldi xaykalda oʻz onasining yuzidagi xushbichimlikni va sevgilisining qomatini aks ettirgan. Maʼshal ushlab turgan xaykal temir karkasda misdan tayyorlangan.

Zamondoshlarimiz ichida ham romantik va xayolparastlar talaygina. Ularning sovgʻalari savlati, serxashamligi yoki zebi-ziynatlarning qimmatligi bilan lol qoldirmasa-da, ammo nigoh va aqllarni hayratda qoldirishga qodir.
Mixail Gorbachevga uning doʻsti – bogʻbon Frankom Brandeburgom orxideyalarning yangi navini sovgʻa qilgan, yangi yaratilgan navni esa prezident sharafiga Maxillaria gorbaschowii deb nomlagan.

Qozogʻiston prezidenti Nursultan Nazarbaev oʻzining 73 yillik tugʻilgan kuniga qoʻl mehnati bilan toʻqilgan va 73 metr uzunlikka ega boʻlgan gilam koʻrinishidagi ajoyib sovgʻa olgan edi.

Jordj Bushning 89-chi tugʻilgan kuni sovgʻasiga yorqin tuslardagi yoʻl-yoʻl paypoqlar berilgan va aynan shu paypoqlar bayram tantanasi ishtirokchilarining barchasini lol qoldirgan edi.

Mashxur Rolling Stones guruhining solisti Mik Djager sovgʻa sifatida oltindan yasalgan eksklyuziv tish yuvish choʻtkasini olgan. Tahminan yigirma karatga ega boʻlgan bu sovgʻa uning muxlisasiga 4 ming AQSH dollariga tushgan.
Yuriy Galtsev esa Yangi Yilga doʻstlari tomonidan tuhfa etilgan oddiy telefon raqamiga ega boʻldi. Bu telefon raqami mashxur tikuvchi ayolga tegishli boʻlgan. Taniqli artist keyinchalik shu ayoldan yorqin sariq shim buyurtirgan va aynan shu shim artistning noodatiy garderobidan joy egallagan.
Oshiq boʻlgan romantiklar va beparvo xazilkashlarning xayol parvozlari sovgʻa tanlash jarayonidagi oʻzining noodatiy yondashuvlari bilan dunyoni hamon hayratga solib kelmoqda. Ehtimol, sovgʻa sifatida butun bir sayyoralarni tuhfa qiladigan vaqtlar ham kelib qolar.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



