Qiziqarli

Turli millatlardagi goʻzallikning ajoyib tushunchalari

Turli millatlardagi goʻzallikning ajoyib tushunchalari

Butun dunyo goʻzal tabassumning siri sadafdek tekis tishlarda deya sanagan bir paytda yaponlar bunga mutlaqo boshqacha qarashadi. Ular tishi egri boʻlishi uchunhattoki tish shifokorlariga ham murojat etishadi. U yerda bunday odamlar juda yoqimli va jozibali deb hisoblanadilar.

Turli millatlardagi goʻzallikning ajoyib tushunchalari

Afrikalik ayrim millat vakillari bugun ham yara izlari yordamida tanaga turli xil naqshlarni qoʻllaydilar. Ular bu ishni yanada jozibador boʻlish uchun qiladilar.

Koreyslar chindan ham yurak shaklidagi qiyofani yaxshi koʻradilar. Shuning uchun ham bu mamlakatda yuzga yurak shaklidagi plastik jarrohlik amaliyoti qilish ayniqsa keng tarqalgan. SHuni ham aytib oʻtish kerakki, bu jarayon murakkab va juda ogʻriqli, chunki operatsiya paytida ularning jagʻ suyaklarini sindirishadi.

Turli millatlardagi goʻzallikning ajoyib tushunchalari

Toʻla honimlar xafa boʻlmasliklari kerak. Ular ham juda jozibalidirlar. Masalan, Mavritaniyada zaif jinsning barcha vakillari mahsus "fermalarda" boqiladi, bu yerda ular har kuni 16 ming kaloriya miqdorini olishlari kerak. U yerda toʻla ayollar erkaklar eʼtiborida boʻlishadi va jozibali sanalishadi.

Turli millatlardagi goʻzallikning ajoyib tushunchalari

Eronda odamlar mukammal tekis burunni goʻzallik deya sanashadi. Biroq, bunday qimmat operatsiyani hamma ham qila olmaydi. Shu bois, diqqatni jalb qilish uchun ular bemaʼni yolgʻonga murojaat qilishadi:  burunlariga plastir yopishtirib goʻyoki rinoplastikani boshidan kechirgandek qilib koʻrsatadilar.

Turli millatlardagi goʻzallikning ajoyib tushunchalari

Bu Osiyoda yashaydigan odamlar uchun goʻzallik standartidir. Shuning uchun aksariyat  terini parvarish qilish kosmetikasi oqartiruvchi tarkibiy qismga ega. Plyajga borayotganda ham badanlarini quyosh nuri taʼsiridan himoya qiladigan eng yopiq choʻmilish kostyumlarini kiyishadi. Bundan tashqari, deyarli  barcha osiyoliklar kunduzi yuzlarini quyoshdan yashirib niqob kiyishadi.

Burma sharqidagi ayollar boʻyinlarini iloji boricha uzunroq qilish uchun har narsa qilishadi. Har yili ular boʻyniga yangi bronza halqani taqib oladilar, bu esa kerakli natijaga erishishga imkon beradi.

Turli millatlardagi goʻzallikning ajoyib tushunchalari
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar