Hashamatli qiyofa yaratishning ajoyib 6 usuli

Och va sokin ranglar oʻzaro uygʻunlashtirilgan holatda jozibador koʻrinish hosil qiladi. Shu bois ham bir necha turdagi och ranglarni moslashtirib, yangi obraz yaratishga harakat qilib koʻring. Och jigarrang, och pushti oq ranglar ham hashamatli qiyofa yaratishda qoʻl keladi.

Sumka, kamar, bosh kiyimlar va shunga oʻxshash boshqa aksessuarlarni harid qilish paytida narxiga uchmang. Dizaynerlarning aytishlariga koʻra, urfdan qolgan libosni ham did bilan tanlangan aksessuar trendga aylantira oladi. Yana bir muhim qoidani unutmang, unchalik ham mashxurlikka erishmagan brendning oʻrtamiyona narxdagi sifatli sumkasi “Shanel”ning soxtalashtirilgan aksessuaridan ustunroq turadi.

Toʻgʻri bichimli palto, sifatli materialdan yaratilgan “trench”, jinsi, bir nechta“vodolazka”, “qalam” bichimidagi yubka hech qachon urfdan qolmaydigan liboslar sirasiga kiradi. Ularga moda olamining shiddatli harakatiga taʼsir qila olmaydi. Ushbu liboslarga bir nechta aksessuar qoʻshish orqali esa klassik ust boshlarni zamonga moslashtirib olishingiz mumkin.

Siz qanchalar jiddiy uslubda kiyingan boʻlmang, oyoqlaringizda ajoyib poyabzal boʻlmas ekan, qilgan harakatlaringizning barchasi bekor. “Qayiqcha” uslubidagi poyabzal – u xoh bozordan sotib olingan boʻlsin, xoh qimmat doʻkondan – har qanday holatda ham juda chiroyli va hashamatli koʻrinadi.

Aksariyat ayollar oʻylagani kabi libos printlari obrazga bachkanalik bagʻishlamaydi. Aksincha ular ajoyib uslub hosil qilib berishi mumkin. Vaqt sinovlaridan omadli oʻtgan printlar- katak gullar, nuqtalar, yoʻl-yoʻl chiziqlar aynan shular jumlasidandir.

Moda olamida imkoniyatlar tushunchasining chegarasi yoʻq. Oʻzingizni maʼlum bir uslub bilan chegaralab qoʻymang. Garderobingizda sport uslubidagi liboslar, romantik koʻrinishga ega koʻylaklar, jiddiy kiyimlar ham boʻlishi kerak. Koko Shanel taʼkidlaganidek: “Betakror boʻlish uchun ayol kishi har kuni oʻzgarishi lozim!”.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



