Hasta yurak mehr toʻla yurakdan davo topadi...

50-yillar boshida, Almazov Moskvadagi birinchi tibbiyot oliygohining 4 kursida talaba sifatida taʼlim olayotgan yillari institut klinikasiga septik endokardit bilan kasallangan qiz kelib tushadi. Ushbu dahshatli kasallik hatto hozirgi kunda ham koʻp hollarda oʻlimga olib boradi. U davrlarni-ku aytmay qoʻyavering...

Qizning holatini umidsiz deya baholashardi. Qizning tana harorati muntazam ravishda 40 darajani koʻrsatar, yurak ishdan chiqib borardi. Uning tahlil natijalarini eng mashhur professorlar koʻrib chiqishardi. Amaliyotchilar orasida Almazovning kursdoshi,iqtidorli va eʼtiborli bir yigit ham bor edi.

Yoʻq, u qizni davolash boʻyicha yangicha usul yoki fikr taqdim etgani yoʻq. Shunchaki... qizni sevib qoldi. U har kuni qiz yotgan palataga bir quchoq gul koʻtarib kela boshladi, qiz ham tobora unga bogʻlanib qoldi. Shu tariqa nobud boʻlayotgan qiz asta-sekin oyoqqa turdi.

Ular turmush qurishdi. Koʻplab farzandlarni dunyoga keltirishdi, kumush toʻylari munosabati bilan uyushtirilgan kechaga esa qizni davolagan shifokorlarni ham taklif etdilar.

Vaqti kelgach, ayol ajali etib, qarilikdan oʻlim bilan yuzlashadigan boʻldi. Shunda oʻz yuragini Birinchi tibbiyot institutiga taqdim etishlarini soʻradi. Toki unutmasinlar: Hasta yurak faqatgina mehr toʻla yurakdan davo topadi...!

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



