Hozirgi zamonning 7 nafar eng mahoratli megaloyihalari

Dunyodagi eng uzun va chuqur tunnel Shveysariyadagi Alp togʻlari orasidan oʻtadi. Uning qurilishi deyarli 20 yil davom etgan, biroq uning ochilishi faqatgina 2016 yilda boʻlib oʻtdi. Bu Syurix bilan Milan oʻrtasida toʻgʻridan toʻgʻri yoʻnalishlarni (yoʻlovchilarva yuklar) ochish imkonini berdi. Endi bir shahardan ikkinchisiga atigi 2 soatu 50 daqiqada yetib olsa boʻladi. Tunelning uzunligi 57,1 kilometrni (xizmat va piyodalar yoʻlaklarini oʻz ichiga olgan holda — 153,4 kilometrni), togʻ choʻqqilaridan tunelning devorlarigacha masofa esa — 2280 metrni tashkil etadi.

Mashhur kanal 1914 yilda qazilgan boʻlsa u bu yerda nima qilyapti? Gap shundaki, sanoat ham bitta joyda turib qolgani yoʻq. 2016 yilda kanalning kengaytirish va uzunligini 6 kilometrdan koʻproqqa uzaytirish boʻyicha loyiha ishlab chiqarilgan. Natijada ulkan qurilish 4 400 000 kubometr betonni talab qildi, ammo, boshqa iloji yoʻq:oʻtgan asr davomida kemalarning oʻlchamlari oʻsib, ancha kattalashib ketgan.

Temir yoʻl — bu albatta poʻlat gʻildiraklarning rels tutashgan joylariga urilishidan taralayotgan gumburlashi emas. 2014 yilda Yaponiya ilk bor magnitolevitatsion temiryoʻlning qurilishini boshladi. Bu temir yoʻl Tokio, Nagoya va Osakani 2027 yilda bir-biri bilan bogʻlashi kerak. Dastlabki baholashlarga koʻra qurilishning umumiy qimati 57 milliard AQSH dollarini tashkil etadi — bu fantastik summa. Temir yoʻlining umumiy uzunligi 287 kilometrni tashkil qiladi va shu bilan birga poezd soatiga 500 kilometrgacha tezlikka erisha oladi. Natijada Tokiodan Nagoyaga atigi 40 daqiqada yetib olsa boʻladi. Asosiy yoʻnalish yer ostida va maxsus tunellarning ichidan oʻtadi.

Hozirgi paytda Qatar hududida umumiy nomi Doha Metro Line boʻlgan yirik loyihani amalga oshirish boʻyicha ishlar boshlangan. Umumiy uzunligi 210 kilometrdan ziyodroq boʻlgan temir yoʻl liniyasi 100 nafar temir yoʻl stantsiyalarini qamrab olishi (ulardan 60 nafari hozirning oʻzida qurilyapti) rejalashtirilgan. Loyiha doirasida avtopilotda yuradigan poezdlarning dunyodagi eng tezkorlari ishga tushiriladi va soatiga 100 kilometrgacha tezlikka erisha oladi. Yangi temir yoʻl tizimining ochilishi 2019 yilga rejalashtirilgan.

Atrof muhitni tozalash boʻyicha shunga sazovorligi tufayli dunyodagi eng yirik deb hisoblanadigan ushbu loyihaga hisobsiz milliardlab dollar miqdoridagi pul mablagʻlari sarflangan. 1943 yildan 1987 yilga qadar Vashingtonning janubiy-sharqiy qismida jahon yadroviy dasturi doirasidagi 9 ta yadro reaktori va plutoniyni qayta ishlash boʻyicha 5 ta majmua qurilgan. 1989 yilga kelib urush yillarining merosidan shoshilinch tarzda qutilishga toʻgʻri keldi – buning uchun esa tarkibida radioaktiv komponentlari boʻlgan suyuqlikning 241 million tonnasini tozalash kerak edi. Ushbu maqsadlar uchun 177 nafar yerosti havzalardan foydalanilgan, ularning ichiga havfli suyuqlik uzoq muddat saqlash uchun quyib qoʻyilgan.

Bu tunel yana La-Mansh ostidagi tunel sifatida ham tanilgan. Bu ikki jilgʻali temir yoʻli qitʼadagi Yevropani Buyuk Britaniya bilan bogʻlaydi. Uning uzunligi tahminan 51 kilometrga teng, ulardan 39 kilometri La-Mansh boʻgʻozi ostida oʻtadi. Olti yil davomida ishlab chiqarilgan loyiha diametri 7,6 metrgacha boʻlgan poezdlar uchun yilda 365 kun xizmat qiladigan ikkita tunel yaratilishini koʻzda tutgan. Xozirgi paytda Yevrotunel dengiz tubi sathidan 75 metr chuqurlikda joylashtirilgan dunyodagi eng uzun suvosti tuneli hisoblanadi.

Bu bahaybat qurilma 2012 yilda yaratilgan va uzoq vaqt mobaynida dunyodagi eng keng koʻprik va oʻlchamlari boʻyicha Shimoliy Amerikadagi ikkinchi koʻprik unvonini saqlab keldi. Mustahkam bogʻich moslamalarini yaratish uchun 288 nafar poʻlat troslardan foydalanilgan. Buning natijasida koʻprikning umumiy uzunligi 2093 metrni tashkil etgan.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



