Avto

Hurrem va sulton Sulaymonning biz bilan zamondosh boʻlgan avlodlari

Hurrem va sulton Sulaymonning biz bilan zamondosh boʻlgan avlodlari

Sulton Sulaymon va Hurremning avlodlari bugungi kunda Turkiya, Iordaniya, Siriya, Misr, Livan, shuningdek Yevropa va AQSH da yashab kelmoqdalar. Usmoniylar imperiyasi tugatilgandan keyin ular 30 yil davomida quvgʻinlikda yashaganlar.

Hurrem va sulton Sulaymonning biz bilan zamondosh boʻlgan avlodlari

Osman Ertugrul Osmanoʻglu hukmron Usmoniylar inperiyasining oxirgi shahzodasi boʻlgan. Sulton oilasini saroydan quvib chiqarganlarida u 12 yoshda edi. U AQSH va Avstriyada yashab yurdi, 68 yildan keyingina usmoniylarning bosh qarorgohiga qaytishga muvaffaq boʻldi.

Osman Ertugrul Osmanoʻglu 2009 yilda vatanida vafot etdi. Usmoniylar sulolasining boshqa avlodlari esa bir-birlari bilan muloqotda yashab kelmoqdalar. Ular “Muhtasham yuz yil” seriali haqida oʻz fikrlarini bildirganlar.

Hurrem va sulton Sulaymonning biz bilan zamondosh boʻlgan avlodlari

Sulton Murod V ning avlodi boʻlmish Osman Salohiddin Osmanoʻglu mashhur serial haqida fikr bildirar ekan, undagi koʻpgina syujetlar haqiqatdan ancha farq qilishini bildirib oʻtgan. “Bu tarixiy hujjatli film emas – serialdir. Shuning uchun unda tomoshabinni qiziqtirish uchun uydirmalar qoʻshilgan. Maʼlumki sulton 46 yil hukmronlik qilgan. Uning harbiy yurishlarda bosib oʻtgan masofasi 48 000 km ni tashkil etadi. Tabiiyki sulton buncha yoʻlni konditsionerli mersedes avtomobilida emas, ot ustida qiyin sharoitlarda bosib oʻtishiga toʻgʻri kelgan va bunga ancha-muncha vaqt sarflangan. Shunday ekan, Sulaymon oʻz haramida bunchalik koʻp vaqtni oʻtkaza olmas edi”.

Hurrem va sulton Sulaymonning biz bilan zamondosh boʻlgan avlodlari

Osmanning oʻgʻli shahzoda Orxan Murod hozir Angliyada yashab kelmoqda, u oilali ikki nafar oʻgʻlni oʻstirmoqda. Orxan investitsiya kompaniyasining egasi. U ham serial haqida oʻz fikrini bildirdi: “Bu film tufayli yuzlab insonlar oʻz oilalarining roʻzgʻorini tebratayaptilar. Bizga film yuoqadimi-yoʻqmi, birovning nonini tortib olib qoʻyishga haqqimiz yoʻq”.

Usmoniylar sulolasining malikalariga kelsak, ular serialga xolis baho berdilar. Tomirlarida sultonlar qoni oqishiga qaramasdan, ular ayol boʻlganliklari uchun serialda aks ettirilgan haram hayotini zavq bilan tomosha qildilar.

Hurrem va sulton Sulaymonning biz bilan zamondosh boʻlgan avlodlari

Usmoniylar imperiyasining eng mashhur ayollaridan biri Roksana Kunter – Abdul-Hamid II ning avlodidir. Roksana Turkiyada sport yangiliklarining boshlovchisi sifatida tanilgan. Film ijodkorlari Hurrem sulton rolini oʻynashni dastlab mana shu ayolga taklif qilishgan edi, ammo u rad javobini bergan. Uning fikricha, Meryem Uzerli bu vazifani aʼlo darajada bajargan.

Hurrem va sulton Sulaymonning biz bilan zamondosh boʻlgan avlodlari

Fotima Nozlishoh Osmanoʻglu sulton xonim – oxirgi usmoniy sulton Mahmud VI ning nabirasidir. U Usmoniylar imperiyasining parchalanishidan avval dunyoga kelgan. Uning bobosi Mahmud VI taxtdan qulatilgan keyin, saroyni tark etib, mamlakatdan chiqib ketishga majbur boʻlgan. Fotima Nozlishoh oʻshanda 4 yoshda edi. 1969 yilda u oʻz vataniga qaytishga muvaffaq boʻldi. 2009 yilda sulton xonim sulolaning eng keksa aʼzosi, deb eʼlon qilindi. Fotima Nozlishoh 2012 yilda vafot etdi, u Usmoniylar imperiyasi malikasi hamda Misr malikasi unvoniga, uning oʻgʻli Abbos Hilmi esa Misr shahzodasi unvoniga ega edilar.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar